Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   118
Uchinchi bosqichda
tanlangan testlarni tekshirish va nazorat qilish 
bosqichi. Asosiy maqsad tanlangan metodikalar qanchalik faoliyat natijasini 
prognoz qila olishini aniqlashdir. 
To‘rtinchi bosqichda
kasbiy tanlovni o‘tkazish jarayonidir. Kasbiy tanlovni 
o‘tkazishning muhim sharti standartlik hisoblanadi. Tadqiqot sharoiti ya’ni test, 


150 
ko‘rsatmalar, blankalar, natijalarni qayta ishlash barcha nomzodlar uchun bir xil 
bo‘lishi lozim. Testdan foydalanish tajribasining ko‘rsatishicha, ko‘rsatmalarning 
ozgina bo‘lsa ham o‘zgarishi tadqiqot natijalariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 
Nomzodning o‘zi tadqiqot natijalariga motivasiyalashganligi ham muhim. Shu 
boisdan, tadqiqot o‘tkaziladigan muhit do‘stona, samimiy bo‘lishi kerak. Natijalar 
tahlili standart bo‘lishi lozim. Natijada barcha nomzodlarning natijalari muayyan 
guruxga birlashadi.
Ko‘pincha kasb tanlashda quyidagi tasnif qo‘llaniladi: 
-mutlaqo yaroqli; 
-shartli ravishda yaroqli
-yaroqsiz. 
Shaxsga kasb, kasbiy soha, mutaxassislik tanlanadi, bu ko‘proq uning 
individual psixologik xususiyatiga mos keladi, buning natijasida u o‘zining to‘liq 
imkoniyatini mehnat faoliyatiga tadbiq etadi. Kasbiy o‘quv muassasalarda kasbiy 
tanlov va kasbiy saralash mehnat ekspertizaning alohida shakli sifatida namoyon 
bo‘ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, espertizaning birinchi va ikkinchi shaklini 
sifatli o‘tkazish uchun asosiy vazifalar belgilangan: 
-bu ishga kirish imkoniyati bo‘lmagan insonlarni ishga olishining oldini olish 
(yoshini to‘g‘ri kelmasligi, sog‘ligi, ma’lumoti, psixofiziologik ko‘rsatkichlari); 
mavjud kasbga ishchan mehnatni o‘z sog‘ligiga zarar yetkazmasdan bajaradigan 
insonlarni olish; 
-inson kasbining qaysi turiga qobiliyatli ekanligini aniqlash hamda faoliyatga 
tavsiya qilish. 
Agar kasbiy tanlovda ikkita vazifa hal qilinsa kasbiy saralashning uchinchi 
bosqichi asosiy hisoblanadi 
Psixologik kasbiy tanlovda quyidagi shartlar bajarilsa, samarali va maqsadga 
muvofiq bo‘ladi: 
-obektiv ijtimoiy-iqtisodiy zaruratning mavjudligi; 
-aniq kasbiy sohaning mavjudligi bunda ishchining kasbiy layoqati, yaroqliligi, 


151 
mehnat samaradorligining ortishda katta ahamiyatga ega; 
-ishlab chiqilgan va tekshirib ko‘rilgan tanlov tizimi diagnostik metodikalarning 
bajarilishining ishonchliligi; 
-kasbiy tanlovni o‘tkazish uchun tayyorlangan mutaxassislar ular kasbiy tanlovni 
o‘tkazish va tashkillashtirishda amaliy tajribaga ega

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin