153
S.Djoshli o‘zining ijtimoiy tadqiqotlarida Rim aholisining kasbiy sifatlari va
mavqeini
tahlil qilib, shunday xulosaga kelgan: kasbiy sifatlar faoliyat bilan
bog‘liq bo‘lib, kasbning rasmiy va norasmiy mavqeining o‘zaro muvofiqligi
asosida shakllanadi. Faoliyat haqidagi mavjud tasavvurlar bilan muvofiq kasb
nomlari o‘ziga yarasha me’yoriy talablarga egadir va shuning uchun ham o‘z-
o‘zidan shaxsga ma’lum ma’noda ta’sir o‘tkazadi. Faoliyat mazmunidan tashqari
kasbiy sifatlarga munosabatlar tizimi, insonning boshqalar bilan o‘zaro hamkorligi
ham ta’sir qiladi.
K.Mak-Goven va L.Xartlar asosiy urg‘uni o‘z
tarkibiga kasbiy rollarni
amalga oshirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini
rivojlanishi uchun talab etiladigan maxsus bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni
qamrab oluvchi ijtimoiy o‘rganish jarayoniga qaratadilar.
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g‘oyasi
“psixoijtimoiy sifatlar” tushunchasida to‘laligicha aks ettirilgan bo‘lib, u kasbiy
taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog‘liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu
bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli
alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning
ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so‘ng ommalashib ketdi. Faoliyat va
o‘zaro hamkorlikni o‘zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar
guruhining o‘zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta’sir
o‘tkazadi.
Kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishda kasbiy muhit ta’sirida inson
o‘zining verbal va noverbal xatti-harakatini qayta qurish vaziyatlari batafsil
yoritilgan adabiyotlarga e’tibor qaratish lozim.
Shunday qilib, inson xulq-
atvorining faoliyat va mehnat jamoasi talablari bilan muvofiqligini tadqiq qilish
Dj.Xollandning tipologik nazariyasi, faoliyatga yaroqlilik nazariyalarida o‘z aksini
topdi. Bu yondashuvlar doirasida faoliyat va ijtimoiy muhitning mehnat natijasi va
mehnattdan qoniqqanlikka, individual salomatlik va boshqalarga ta’sirining turli
aspektlari o‘rganilgan.
154
A.Mishel va S.Vortning bank xodimlarida
olib borgan tadqiqotlarida
kuzatishimiz mumkin. Bunda mualliflar umumiy faoliyatdagi hamkasblarning
qiziqishlari qanday qilib yangi kasbiy sifatlarning yuzaga kelishi, shaxsning
individual sifatlari va kognitiv jarayonlari o‘zgarishiga ta’sir qilishini ko‘rsatib
berganlar. Mualliflar “Men”ni tushuntirish uchun kognitiv yoki ijtimoiy madaniy
omillarni qo‘llash lozimligini ta’kidlaydilar. Ularning
ishlarida kasbiy sifatlar
guruh madaniyatining tashkiliy darajasiga o‘zaro ta’sir qiluvchi u yoki bu
omillarning ta’siri ostida shakllanadi.
Kasbiy sifatlar boshqa insonlar bilan suhbat jarayonida namoyon bo‘ladi va
sub’ektlarning muloqotchanlik harakteriga bog‘liq bo‘ladi.
Boshqa nuqtai nazarga ko‘ra kasbiy sifatlar – bu dinamik, shu bilan bir qatorda
muvozanatlilik jarayonidir. Har bir davrda ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlar ta’sirida
inson o‘ziga nisbatan turlicha munosabatda bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda inson
ba’zida tarixdagi voqeliklarni inkor eta olmaydi. Amerikalik sotsiologlar P.Berger
va T.Lukmanlarning ta’kidlashicha, kelajakda barcha
ijtimoiylashgan insonlar
“o‘zlariga hiyonat” qiladilar. Shaxsiy xoinlik aynan “Men”ni u yoki bu vaziyatda
qanday bo‘lganligiga bog‘liq.
O‘zining yangi sifatlarini qabul qilish va kasbiy sifatlarini qayta qurish
uchun ma’lum vaqt talab qilinadi. P.Vaynrich o‘zining tadqiqotlarida Dj.Kellining
shaxs tuzilishi testining zamonaviy interpretatsiyasini qo‘llab, repertuarlar
yacheykasi texnikasi yordamida kasbiy sifatlar tuzilishini tahlil qilib beradi.
Kasbiy sifatlar tuzilishi o‘zida asosiy uchta blokni mujassamlashtiradi: elementlar
tizimi, o‘zaro ta’sir holatlari tizimi va mavjud faoliyatlar tizimi; birinchi va
uchinchi tizimlar kasbiy sifatlar tuzilishining asosiy komponenti hisoblanadi.
Shaxs tuzilishi normativ madaniy ahamiyatlilik darajasidan
kelib chiqqan holda
sodir bo‘lib, u individual biografiya bilan shartlangan muhim xususiyatga egadir.
Shuning uchun ham shaxs konsepsiyasi va faoliyatida ijtimoiy va predmetlar
olamini eksperimental tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy ustanovkalar
namoyon bo‘ladi.
Shaxsiy taraqqiyot va kasbiy shakllanishning ijtimoiy kontekstini
155
muvofiqligi muammosi kasbiy sifatlarni tadqiq qiluvchi jahon olimlarining
ishlarida ham o‘z aksini topgan.
L.B.Shneyder asos solgan kasbiy sifatlarni
tadbiq qilishning zamonaviy
yo‘nalishida ushbu fenomen kasbiy o‘z-o‘zini anglash sifatida ko‘rib chiqiladi,
bunda shaxs o‘zini muayyan bir kasb va mehnat jamoasining vakili sifatida
anglaydi, o‘z menining kognitiv emotsional hulq – atvor jihatidan tavsiflashda
o‘zini ishini boshqalardan farqli ekanligini aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: