156
o‘zini mutaxassis
sifatida qabul qilishi, o‘zining kasbiy vazifalarini a’lo darajada
va boshqalar uchun foydali tarzda amalga oshirish bilan belgilanadi.
Ye.N.Kiryanova kasbiy sifatlarni o‘zgaruvchan kasbiy sharoitlarda ko‘nikma
va malakalarni shakllanganlik darajasi va keyinchalik kasbiy o‘sish bilan
shartlangan, muayyan bir bosqichda sub’ektning kasbiy mahorat darajasiga
erishishni ta’minlovchi individual belgi, kasbiy shartlar va kasb mazmunining
barqaror muvofiqligi sifatida tavsiflaydi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, kasbiy sifatlar integral xarakterga
ega va mutaxassislarning
o‘zgacha madaniyat doirasidagi kasbiy faoliyatga moslashishlarini universal asosi
hisoblanadi. Bu sifatlarning ko‘p komponentli ekanligi haqidagi xulosani keltirib
chiqaradi. Kasbiy mahoratning yuqori darajasi bilan bir qatorda yangicha
sharoitdagi ish joyida ko‘nikma va malakalarni qo‘llash qobiliyati tarkibiga
kommunikativ qobiliyatlar, emotsional-irodaviy sohaning shakllanganligi, faollik,
sobitqadamlik, keskinlik, stressga barqarorlik, qolaversa,
mehnat jamoasining
axloqiy normalariga amal qilish kiradi.
Professiogenez
konsepsiyasining
muallifi
Ye.P.Ermolaevaning
ta’kidlashicha, kasbiy sifatlar-ijtimoiy sharoitlarga bog‘liq bo‘lgan shaxsiy va
kasbiy taraqqiyotning mahsulidir. Muallif kasbiy sifatlar faqatgina kasbni yuqori
darajadagi mahorat bilan boshqarish orqali shakllanadi va faoliyat jarayonining
asosiy elementlarini barqaror muvofiqligi sifatida namoyon bo‘ladi, degan
g‘oyadan kelib chiqadi. Kasbni egallash bosqichi va shunga muvofiq kasbiy
sifatlar darajasini tahlil qilish sub’ektning o‘zi bilan kasbni identifikatsiya qilish
darajasi kasbiy sifatlar funksiyasni amalga
oshirish imkonini aniqlash
mumkinligini ko‘rsatdi. Kasbiy sifatlar muvofiqlashtiruvchi va qayta tashkil
qiluvchi funksiyalarini boshqaradi, ijro etadi: bu funksiyalarning o‘zaro
muvofiqligi kasbiy o‘z-o‘zini anglash va kasbiy taraqqiyotni ta’minlaydi.
Kasbiy sifatlarning muvofiqlashtiruvchi funksiyasi kasbiy sentrizm va
barqaror kasbiy-mintaqaviy pozitsiyani zaruriy darajasini ta’minlash bilan
belgilanib, u quyidagi mezonlarni o‘z ichiga oladi: konstantlik (o‘zgarishlarga
qarshilik ko‘rsatish qobiliyati), moslashuvchanlik (noadekvat kasbiy steriotiplarni
157
yengib o‘tishga qodirlik), distantlik (ish joyi haqidagi semantik, informatsion,
madaniy tasavvurlarga ega bo‘lish). Qayta tashkil
qiluvchi funksiya kasbiy
pozitsiyani rivojlantirish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, kasbiy muhim
sifatlar va shaxsning kasb bilan identifikatsiyasi diapozonini o‘zgarishi, o‘z kasbini
boshqa kasblardan ajratish, kasbiy sifatlar tizimidagi tartiblilik yoki “tarqoqlik”
dan iborat. Professiogenez negizida qayta quruvchi, muvofiqlashtiruvchi va amalga
oshiruvchi komponentlarning davriy dinamikasi yotadi. Muvofiqlashtiruvchi baza
bilan bir qatorda qayta quruvchi potensialga ega bo‘lgandagina shaxsni kasbiy
sifatlarga ega deb hisoblash mumkin.
K.A.Abulxanova-Slavskaya tomonidan hayot yo‘li tuzilishi (hayotiy
pozitsiya, hayotiy chiziq, hayot mazmuni)ga asoslangan murakkab kasbiy sifatlar
tipologiyasi ishlab chiqildi. Muallif shaxsning kasbiy faoliyatda o‘zini namoyon
qilish xususiyatlariga muvofiq quyidagi kasbiy sifatlar
tipologiyasini ajratib
ko‘rsatadi:
1.Shaxs xarakteriga maksimal darajada yaqin bo‘lgan kasblarni tanlash orqali
o‘zligini namoyon qilish sodir bo‘ladi. Bu holatda hayotiy imkoniyatlar shaxs
o‘zining imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirishiga sharoit yaratuvchi vaziyatlarni
qaytarish bilan bog‘liq bo‘ladi.
2.Shaxsga kasbiy mahorat pillapoyalaridan ko‘tarilish imkonini beruvchi kasb
tanlanadi. Bu holatda kasbiy pozitsiyaning sifatli o‘zgarishi bilan bir qatorda
imkoniyatlarning ortishiga olib keluvchi harakat sodir bo‘ladi. Kasbiy yuksalish
negizida mehnat faoliyatining
talablari va vazifalari, shu bilan bir qatorda shaxs
qobiliyatlarining rivojlanishi yotadi.
3.Kasbiy faoliyatda o‘zligini namoyon qilish o‘z ustida ishlash hamda shaxsiy sifat
va qobiliyatlarini rivojlantirish orqali amalga oshadi. Kasb potensial holatidagi
shaxs qobiliyatlarini faollashtiradi, shaxs taraqqiyoti uchun imkoniyatlar ochib
beradi.
4.Shaxsning o‘zligini namoyon qilish qobiliyatlari, o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z-
o‘zini tahlil qilishni rivojlantirish hamda ijodiy faollikni rejalashtirishga
158
asoslangan bo‘ladi: bu holatda shaxs kasbiy o‘sish va rivojlanishga, qolaversa,
shaxsiy qobiliyatlarini amalga oshirish maqsadida mehnat sharoitini qayta qurishga
qodir bo‘ladi.
Aytish joizki, ko‘pgina tadqiqotlarda ijtimoiy tomonga og‘ishishlar
kuzatiladi. Masalan, L.B.Shneyder kasbiy sifatlarning ikkita muhim aspektlarini
ajratib ko‘rsatadi: shaxsning o‘zini aniq bir kasb va mehnat jamoasi vakili sifatida
anglashi.
Kasbiy sifatlarni o‘rganishning qiyin tomoni, birinchidan u shaxsning aynan
o‘ziga, ikkinchidan esa muayyan bir guruh a’zolariga tegishlidir. Muayyan bir
ijtimoiy kategoriyalarga shaxsiy daxldorlikni idrok qilishning identifikatsiya
jarayoni shunga muvofiq qadriyatlar tizimining shakllanishi bilan hamohang tarzda
kechadi. Kasbiy shakllanish jarayonida sub’ekt o‘zini o‘z kasbi vakili, u yoki bu
kasbiy sifat sohibi yoxud muayyan bir taraqqiyot bosqichidagi mutaxassis sifatida
identifikatsiyalaydi. Shuning uchun ham “shaxsiy-ijtimoiy” kontiniumdagi kasbiy
sifatlar baribir ham ijtimoiy chegaraga yaqinroqdir va ijtimoiy sifatlarga egalik
qiladi (ijtimoiy guruhlardagi o‘z-o‘zini anglash, guruh tarkibiga qo‘shilish,
guruhlararo diskriminatsiya samarasi va boshqalar).
Dostları ilə paylaş: