Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118
QIZIQISHLAR XARITASI 
Maqsad
talabalarning kasbiy qiziqishlari, qobiliyatlarini aniqlashga
mo‘ljallangan bo‘lib, maktab psixologining kasbiy proforientatsion
yo‘nalishda ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Mashg‘ulotning borishi: 
Qiziqishlaringiz sohasi va yo‘nalishi aniqlashga 
qaratilgan quyidagi savollarning har birini diqqat bilan o‘qing va mumkin qadar 
aniq javob berishga harakat qiling. Agar savolda so‘ralgan mazmun, sizga, har 
tomonlama ma’qul tushsa va juda yoqsa, unda javob varaqasining tegishli 
katakchasiga ikkita plyus (++) belgisini qo‘yasiz.Agar savol mazmuni shunchaki 
yoqsa, unda bitta plyus (+), agar yoqish-yoqmasligini bilmasangiz yoki
ikkilansangiz unda, nol (0) qo‘yasiz. Agar savol mazmuni sizga ma’qul bo‘lmasa, 
minus ( — ), agar juda yoqmasa, ya’ni bu faoliyatni yomon ko‘rsangiz, unda ikkita 
minus ( — — ) belgisini qo‘yasiz. Vaqt chegaralanmagan, lekin diqqat bilan, 
savollarni tushirib qoldirmay, tez-tez o‘ylab javob bering.
Diqqat boshladik! 


200 
Quyidagi faoliyatlar bilan shug‘ullanishni yoqtirasizmi? Havas qilasizmi? 
Istaysizmi?
1. O‘simliklar va hayvonlarning hayoti bilan shug‘ullanish, tanishish.
2. Muhandislik darsligi, muhandislikga oid kitoblarni o‘qish 
3. Texnik ekspeditsiyalar haqidagi badiiy yoki ilmiy - ommabop adabiyotlar 
o‘qish.
4. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi darslari va shu sohaga oid darsliklar, 
kitoblarni o‘qish.
5. Uy-ro‘zg‘or darslari yoki ro‘zg‘or ishlariga taalluqli vazifalar.
6. Fizikadagi yangi kashfiyotlar va buyuk fiziklarning hayoti, ijodi haqidagi 
ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘qish.
7. Ximiya fanidagi yangi ixtirolar yoki buyuk ximiklarning hayoti va ijodi 
haqida o‘qish.
8. Texnika sohasiga tegishli jurnallar o‘qish
9. Ilmiy-ommabop jurnallardagi elektronika va radiotexnika bo‘yicha yutuqlar 
va yangiliklar haqida maqolalar o‘qish.
10. Har xil metallar va ularning xususiyatlari bilan tanishish.
11. Yog‘ochlarning har xil turlari va ularni amalda qo‘llash haqida bilish. 
12. Qurilish sohasidagi yutuqlarni bilish.
13. Har xil turdagi transport (avtomobil, temiryo‘l) haydovchilari haqida 
kitoblar o‘qish, filmlar ko‘rish).
14. Uchuvchi va kosmonavtlar haqida kitoblar o‘qish, filmlar ko‘rish.
15. Harbiy texnika bilan tanishish
16. Tarixiy voqealar va tarixiy arboblar haqidagi kitoblar o‘qish.
17. O‘zbek va jahon adabiyoti klassiklarini o‘qish.
18. Gazeta va jurnallarning maqola va ocherklarini muhokama qilish.
19. Guruhda va OTMda bo‘layotgan ishlar va voqealarni muhokama qilish.
20. OTM hayoti (professor-o‘qituvchi, sardorlarning faoliyati) haqida kitoblar 
o‘qish.
21. Muhandislik faoliyati haqida filmlar ko‘rish, kitob o‘qish.


201 
22. O‘qiyotgan, ishlayotgan yoki yashayottan joyingizni chiroyli qilib bezash, 
narsalarni saranjomlash, tartibga keltirish.
23. "Qiziqarli matematika", "boshqotirmalar" haqidagi maqola va kitoblar 
o‘qish. 
24. Iqtisodiy texnik va texnologik taraqqiyotni o‘rganish.
25. Chet tili mashg‘ulotlari.
26. Buyuk rassomlar hayoti, tasviriy san’atning rivojlanish tarixi bilan 
tanishish.
27. Mashhur sahna va kino artistlarining hayoti bilan tanishish, ular bilan 
uchrashish, fotosuratlarini yig‘ish.
28. Mashhur musiqachilarning hayoti va ijodi bilan, musiqa san’ati 
nazariyasiga doir masalalar bilan tanishish va o‘rganish.
29. Sport va buyuk sportchilar haqida jurnal, gazeta, kitoblar o‘qish
30. Biologiya, botanika, zoologiyani o‘rganish.
31. Geografik ixtirolar va ma’lumotlar orqali har xil mamlakatlar bilan 
tanishish. 
33. Odamlar qanday qilib kasalliklar bilan kurashishlarini o‘rganganlari 
haqida, tibbiyot sohasidagi yutuqlar haqida o‘qish.
34. Yengil sanoat korxonalariga ekskursiyaga borish.
35. "Fiziklar hazillashadilar", "Qiziqarli fizika sohasida kitoblar o‘qish.
36. Tabiatdagi ximiyaviy hodisalarni kuzatish, ximiyadan tajribalar 
o‘tkazish, ximik reaksiyalarning borishini kuzatish.
37. Mediatexnologiyaning hamda zamonaviy texnikaning eng so‘nggi 
yutuqlari bilan tanishish.
38. Radiotexnika to‘garaklariga qatnashish yoki elektriklarning ishi bilan 
tanishish.
39. Metallarga ishlov berishda ishlatiladigan har xil o‘lchov asboblari bilan 
tanishish. Ular bilan ishlash.
40. Yog‘ochdan uy jihozlari tayyorlash jarayonini kuzatish, mebellarning 
yangi namunalarini o‘rganish.
41. Quruvchilar bilan uchrashish, ularning faoliyatini kuzatish.
42. Yo‘l xarakati vositalari haqida ommabop adabiyotlapni o‘qish.


202 
43. Dengizchilar haqida kitoblar o‘qish, filmlar ko‘rish.
44. Harbiy mazmundagi filmlarni ko‘rish, kitob o‘qish, katta to‘qnashuvlar 
va janglar tarixi bilan tanishish.
45. O‘zimizda va chet el miqyosida bo‘layottan, siyosiy voqealarni 
muhokama etish.
46. Adabiy-tanqidiy maqolalarni o‘qish.
47. Radio va televizordan har hil yangiliklar va axborot ko‘rsatuvlarini 
eshitish va ko‘rish.
48. Tuman, shahar, respublikada bo‘layotgan kundalik voqealardan xabardor 
bo‘lish.
49. O‘rtoqlaringizga dars mashg‘ulotlarini bajarishda yordam berish va 
tushuntirish ishlarini olib borish (agar o‘zlari qila olmasalar).
50. Do‘stlarning, tanishlarning yoki adabiy qahramonlarning qilmishlarini 
to‘g‘ri va haqqoniy tahlil etish va baholash.
51. Oilaning oziq-ovqat bilan ta’minlanishiga ahamiyat berish, sayohatlar 
chog‘ida hamma uchun ovqatlanishni tashkil etish.
52. Matematika sohasidagi kashfiyotlar, buyuk matematiklar hayoti va 
faoliyati haqida ilmiy ommabop adabiyotlarni o‘qish.
53. Xalq xo‘jaligi rejalarining bajarilishi bilan qiziqish.
54. Xorijiy tilda badiiy adabiyotlarni o‘qish. 
55. Xorijiy tilda gazetalarni o‘qish. 
56. Drama teatri va yosh tomoshabinlar teatriga borish.
57. Opera yoki simfonik musiqalarni eshitish.
58. Sport musobaqalarini tomosha qilish, sportga doir radio va 
teleko‘rsatuvlarni eshitish, ko‘rish.
59. Yosh muhandislar to‘garagiga qatnashish.
60. Kasbim-faxrim to‘garagida shug‘ullanish.
61. Yerdagi minerallarning geografik tarqalishi haqida tasvirlar, ma’lumotlar 
yig‘ish va xaritalar tuzish.
62. Odam organizmi xislatlarini, kasallikning paydo bo‘lish sabablari va 
da’volash usullarini o‘rgatish.
63. Pazandalik to‘garagiga qatnashish, uyda ovqat tayyorlash.


203 
64. Fizikadan tajribalar o‘tkazish. 
65. Eritmalarni tayyorlash reaktivlarning og‘irligini o‘lchash.
66. Hap xil mexanizm (soat, dazmol)larni yig‘ish, tuzatish.
67. Aniq o‘lchov asboblari (ossillograf, ampermetr, voltmetr)ni ishlatish, 
ular yordamida har xil hisoblarni olib borish.
68. Metaldan har xil detallar va buyumlar yasash.
69. Yog‘ochdan har xil qismlar va ashyolar yasash yoki yog‘ochni badiiy 
bezash (o‘ymakorlik, kuydirish, naqsh berish).
70. Har xil imoratlarning eskizlarini, qurilishlarning chizmalarini bajarish.
71. Yosh temiryo‘lchilar yoki avtohavaskorlar to‘garagiga qatnashish.
72. Parashyutchilar seksiyasida, aviamodelchilar to‘garagida ishtirok etish 
yoki aviaklub ishida qatnashish.
73. O‘q-yoy otish to‘gapagida shug‘ullanish.
74. Har xil xalqlar va mamlakatlarning kelib chiqish tarixini o‘rganish.
75. Matematika fanidan qiziqarli masalalar yechish.
76. O‘zga odamlarning harakatlari, xylqi va hayotini kuzatish.
77. Jamoat topshiriqlarini, biron bir ishni bajarish, tashkil etish uchun 
o‘rtoqlarini uyushtirish, birlashtirish.
78. Texnik konstrutorlarga ko‘maklashish.
79. OTMda o‘rnatilgan tartib va intizomga rioya etish.
80. Sotuvchi, oshpaz, ofitsiantlarning faoliyatini kuzatish
81. Matematika to‘garagida shug‘ullanish.
82. Ishlab chiqarishning rivojlanish masalalarini o‘rganish, ishlab chiqarish 
korxonalarida hisob-kitob va rejalash borasidagi yutuqlar haqida bilish.
83. Xorijiy tilidagi lug‘atlar bilan ishlash, yaxshi tanish bo‘lmagan tilda 
o‘ziga xos murakkab nutq xycyciyatlarini tahlil qilish.
84. Muzey va badiiy ko‘rgazmalarga borish.
85. Tomoshabinlar oldida, sahnada badiiy faoliyat ko‘rsatish.
86. Biron bir musiqiy asbobda o‘ynash.
87. Sport o‘yinlarini o‘ynash.


204 
88. O‘simlik va hayvonlarning rivojlanishini kuzatib, yozib borish.
89. Mustaqil ravishda geografik xaritalarni tuzish, har xil geografik 
ma’lumotlarni to‘plash.
90. Geologiya muzeylari uchun ko‘rgazma materiallar, minerallar to‘plami 
yig‘ish.
91. Vrach, hamshira, dorishunoslarning faoliyati bilan tanishish.
92. Bichish va tikish to‘garagiga qatnashish, o‘zingizga va oila 
a’zolaringizga tikish.
93. Fizika to‘garagida shug‘ullanish, yoki fizika bo‘yicha qo‘shimcha 
mashg‘ulotlarga qatnashish.
94. Ximiya to‘garagida shug‘ullanish yoki ximiya bo‘yicha qo‘shimcha 
mashg‘ulotlarga borish.
95. Texnika to‘garaklaridan birida shug‘ullanish (samolyot, dengiz kemalari 
va boshqa inshootlarning modelini yasash).
96. Elektr asboblari, apparatlari va hap xil elektr mashinalarining tuzilishi 
bilan tanishish, ishini kuzatish har xil radiouskuna va o‘lchov asboblari bilan 
shug‘ullanish.
97. Metallga ishlov berish ustaxonasida shug‘ullanish.
98. "Mohir qo‘llar" yoki yog‘ochga ishlov berish to‘garagida shug‘ullanish.
99. Qurilishda bo‘lish, qurilish jarayoni va bezash ishlarini kuzatish.
100. Transport va yo‘lovchilarning yo‘l harakati qoidalarini bajarishlarini 
kuzatish.
101. Eshkak eshuvchi, yelkanli qayiqchi, akvalangchi (g‘avvoslar) 
to‘garaklarida va suvda cho‘kayotganlarni qutqarish brigadasida qatnashish.
102. Harbiy (masalan, "shunqorlar") o‘yinlarida ishtirok etish. 
103. Tarix muzeylariga borish, madaniy obidalar va yodgorliklar bilan 
tanishish.
104. Badiiy to‘garaklarida shug‘ullanish.
105. Shaxsiy kundalik tutish.
106. Xalqaro ahvol haqida guruhda axborot berish.
107. Guruh ishlarini bajapish.


205 
108. 0damlarning xatti-harakatlari va odatda yashiradigan ba’zi bir 
xulqlarining sabablarini ochish, aniqlash.
109. Do‘konda xaridorlarga kerakli buyumlarni tanlashda yordam berish.
110. Matematikadan qiyin masalalarni yechish.
111. Pullik kirim-chiqimlarning aniq hisob-kitobini olib borish.
112. Xorijiy tili to‘garaklarida shug‘ullanish yoki xorijiy tilidan qo‘shimcha 
darslarga qatnashish.
113. Badiiy to‘garaklarda shug‘ullanish.
114. Badiiy-havaskorlik ko‘riklarida ishtirok etish.
115. Xorda ashula aytish yoki musiqa to‘garaklarida qatnashish.
116. Sport seksiyalarining birida shug‘ullanish.
117. Fan olimpiadalarida qatnashish yoki o‘simliklar va hayvonlar 
ko‘rgazmasini tayyorlash.
118. Amaliy ekspeditsiyada qatnashish.
119. Amaliy geologik ekspeditsiyada qatnashish.
120. Kasallarning ahvolini kuzatish, g‘amxo‘rlik qilish, tegishli yordam 
berish, ahvollarini yengillashtirish choralarini ko‘rish.
121. Oshpazlik va qandolatchilik ko‘rgazmalariga qatnashish yoki borish.
122. Fizika olimpiadasida qatnashish.
123. Ximiyadan qiyin masalalar yechish, olimpiadalarda qatnashish.
124. Texnik sxema va chizmalarni tahlil qilish, ularni mustaqil ravishda 
tuzish.
125. Murakkab radiosxemalarni tahlil qilish.
126. Ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyaga borish, uskunalar va 
dastgohlarning yangi turlari bilan tanishish, ularda ishlash yoki ta’mirlash ishlarini 
kuzatish.
127. O‘z qo‘li bilan yog‘ochdan biror narsa yasash.
128. Qurilish ishlarida imkon darajada yordamlashish.
129. Avtomobilda xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarida baholi qudrat 
qatnashish.


206 
130. Har qanday ob-havo sharoitida ham "tez yordam" samolyotda uchish 
yoki katta tezlik bilan uchuvchi samolyotlarni boshqarish.
131. Qat’iy o‘rnatilgan tartib bo‘yicha yashash, kun tartibiga qat’iy rioya 
qilish.
132. Tarix to‘garagida shug‘ullanish, tarixiy ma’lumotlarni to‘plash, 
ma’ruzalar qilish.
133. Adabiyot manbaalari bilan ishlash, o‘qiganlarim haqida taassurotlarimni 
kundalikka yozib borish.
134. Munozaralarda va kitobxonlar konferensiyalarida qatnashish.
135. Guruh jamoatchiligi yig‘ilishi yoki majlislarini tayyorlash va o‘tkazish.
136. Guruh muammolarini guruh bilan muhokama qilish.
137. TTJ ishiga yordam berish, “TTJ” to‘garagiga a’zo bo‘lish.
138. Doim har xil odamlar bilan muloqotda, aloqada 6o‘lish.
139. Matematika olipiadalarida qatnashish.
140. Tovarlar va ular narxining kelib chiqishini bilish, oylik maosh, mehnatni 
tashkillashtirishni tushunishga harakat qilish.
141. Do‘stlarim bilan xorijiy tilda gaplashish.
142. Tasviriy san’at ko‘rgazmalarida qatnashish.
143. Teatr to‘garagiga borish.
144. Teatr ko‘rik-tanlovlariga qatnashish.
145. Sport musobaqalarida qatnashish.
146. Bog‘da yoki tomorqada o‘simliklarni o‘stirish, hayvonlarni tarbiyalash 
va parvarish qilish.
147. Joylarni xaritaviy (topografik) ko‘rinishda suratlarini chizish. 
148. Berilgan dastur bo‘yicha murakkab va jiddiy topshiriqlarni bajarishga 
to‘g‘ri keladigan qiyin va uzoq muddatli sayohatlarga borish.
149. Shifoxona, poliklinika yoki dorixonada ishlash.
150. Oziq ovqat yoki yengil sanoat korxonasida mutaxassis bo‘lib ishlash 
(tikuvchi, bichuvchi, qandolatchi).
151. Fizikadan qiyin masalalar yechish.
152. Ximiyaviy ishlab chiqarish korxonasida ishlash.


207 
153. Texnik ijodiyot ko‘rgazmasida ishtirok etish.
154. Elektroenergetika yoki radioelektronika sohasida ishlash. 
155. Dastgoh, (stanok)da ishlash, har xil detallar, buyumlar tayyorlash.
156. Chizmalar asosida modellar, yog‘ochsozlik ishlarini bajarish.
157. Qurilish brigadasida ishlash. 
158. Yo‘lovchi yoki yuklarni tashish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya 
qalish.
159. Bo‘ronli ob-havoda katta daryo yoki ochiq dengizda ishlash.
160. Xarbiy injener yoki qo‘mondon bo‘lish.
161. Ona diyorning tarixiy obidalariga sayohat qilish.
162. Hikoyalar yozish, she’r va masal tuzish.
163. Devoriy gazeta yoki davriy matbuot uchun maqola yoki ocherklar 
yozish.
164. Mehnat shanbaligida brigadaga boshchilik qilish.
165.Talabalar uchun bayramlar tashkil etish.
166.Yuridik tashkilotlarda ishlash (sud, prokuratura, advokatura huquqiy 
maslahatxonalarda).
167. Odamlarga har xil katta va kichik xizmatlar ko‘rsatish.
168. Har doim matematik bilimlar talab qiladigan ishlarni bajarish.
169. Xalq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodi, rejalashtirilishi va moliyaviy 
ta’minlanishi sohasida ishlash.
170. Xorijiy tildan olimpiada, tanlov va konferensiyalarda qatnashish.
171. Tasviriy san’at ko‘rgazmalarida ishtirok etish.
172. Sahnada yoki kinoda o‘ynash.
173. Musiqachi, musiqiy rejissyor yoki musiqa darsidan o‘qituvchi bo‘lish.
174. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yoki treneri bo‘lish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin