Darsning mavzusi: Ernest Se
-
ton-Tompsonning “Yovvoyi yo‘rg‘a”
asari tahlili. (7-sinf, IV chorak)
Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilar-
ni asar matni bilan tanishtirish orqali
ularning dunyoqarashini boyitish,
asarni tahlil qilishga o‘rgatish;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchi-
lar qalbida tabiatga mehr uyg‘otish
barobarida jonivorlarni sevish, ular-
ni o‘rganish, asrab-avaylash hissini
o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmala-
rini rivojlantirish, mustaqil tahlil, erkin
fikrlash qobiliyati, estetik didini o‘sti
-
rish, badiiy asarni o‘rganishda fan-
lararo uzviylikni ta’minlash.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Ernest Se
-
ton-Tompsonning “Yovvoyi yo‘rg‘a” asari, tarqatmalar,
testlar, rasmlar, slaydlar.
Darsda foydalaniladigan usullar: “Bu kimning tas-
viri?”, “Baliq skeleti”, “T” chizmasi, savol-javob.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashilib, davomat aniqlanadi,
sinf xonasi va o‘quvchilarning darsga tayyorligi ko‘zdan
kechiriladi.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash .
O‘tilgan mavzu, ya’ni Ernest Seton-Tompsonning
hayoti va ijodi yuzasidan o‘quvchilarga quyidagi tarqat-
malar beriladi:
1-tarqatma. Adibning hayot yo‘li haqida gapirib be-
ring.
2-tarqatma. Seton-Tompsonning qanday asarlarini
bilasiz?
3-tarqatma. Adib muvaffaqiyati va mashhurligining
boisi nimada deb o‘ylaysiz?
4-tarqatma. Seton-Tompson qanday mukofotlarga
sazovor bo‘lgan?
O‘quvchilarning javoblari umumlashtirilib, o‘qituv-
chi tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Savol-javobda faol ishtirok etgan o‘quvchilar ot rasmi
tushirilgan rag‘bat kartochkasini qo‘lga kiritadilar.