MAKTAB KUTUBXONASI ZAMON TALABIDA Xalq ta’limi vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi 110-umum-
ta’lim maktabida shahrimizning 11 ta tuman xalq ta’limi bo‘limi
mudirlari, Axborot-resurs markazlari rahbarlari hamda 303 ta
umumta’lim maktablarining kutubxonachilari uchun “Maktab
kutubxonalarini zamon talablari asosida jihozlash va kutub-
xona ish hujjatlarini yuritish” mavzusida o‘quv-seminari o‘tka-
zildi.
Tadbirda mutaxassislar Prezidentimiz tashabbusi bilan va-
zirlik, idora, tashkilot va muassasa rahbarlari tomonidan o‘zi
o‘qigan maktabga sovg‘a qilinayotgan kitoblarni kirim qilishga
alohida e’tibor qaratish, kitobxonlar formulyarlarini to‘ldirish
va kutubxona ish hujjatlarini yuritish, o‘quvchilarni kitob mu-
tolaasiga qiziqtirishning innovatsion uslublarini yo‘lga qo‘yish,
sovg‘a qilinayotgan kitoblarni o‘quvchilar orasida targ‘ib qilish
yuzasidan fikrlar bildirildi.
“QIZLARJON” O‘QUVCHI-QIZLAR SAMMITI Samarqand shahrida “Ilm-fan – kelajak poydevori” shiori
ostida “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti bo‘lib o‘tdi. Maz-
kur tadbirda mamlakatimizning barcha hududlaridan 14–18
yoshdagi jami 140 nafar, jumladan, “Qizlarjon” klubi koordi-
natorlari, xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari,
hunarmandlik, AKT sohasi bilan shug‘ullanayotgan o‘quv-
chi-qizlar, innovatsion g‘oyalar mualliflari, mehribonlik uylari
tarbiyalanuv chilari, Yoshlar ittifoqi sardorlari qatnashdilar.
Dasturga ko‘ra ular jamoada muloqot qilish (Soft skills)
ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy AKT imkoniyatlari va
ularni hayotga tatbiq etish usullari, innovatsion menejment va
marketing bo‘yicha bilimlarini boyitdilar.
Shuningdek, ishtirokchilar sammit doirasida guruhlarga
bo‘lingan holda mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan tash-
kil etilgan psixologik treninglar, mahorat darslari, hunarmand
o‘quvchi-qizlar mahsulotlari savdo-yarmarkasida qatnashdi-
lar.