Anguage and literature


OGAHIY IJOD MAKTABI TASHKIL ETILADI



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65
uzb-2019 3-son

OGAHIY IJOD MAKTABI TASHKIL ETILADI
Joriy yilning 20-martida Vazirlar Mahkamasining “Muham
-
mad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini 
nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tash-
kil etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra Ogahiy nomidagi ona tili 
va adabiyot fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan hamda xorijiy til-
larga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi. 
Xiva shahrida bunday ijod maktabining ochilishi iste’dodli 
yoshlarga keng imkoniyatlar yaratadi. Yangi o‘quv yilida mak-
tabning 5-, 6-, 7- va 8-sinflariga hamda 2020–2021-o‘quv 
yilidan boshlab 5-sinfga 30 nafardan o‘quvchi tanlov asosida 
qabul qilinishi rejalashtirilgan.
M.DO‘STMUXAMEDOVA tayyorladi.
Alisher Navoiy nomidagi 
Toshkent davlat o‘zbek tili va 
adabiyoti universiteti Xorijiy 
tillar kafedrasi tashab 
busi 
bilan “Chet el ada 
biyotini 
o‘rganamiz” shiori ostida ta-
labalarning xorijiy til fanidan 
olgan bilimla 
rini namoyish 
etuvchi ada biy-ma’rifiy tad
-
bir bo‘lib o‘tdi. 
Bugungi kunda 2–3 tilni mukammal biladigan, zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan xa bardor, ma’nan yetuk, dunyoqa-
rashi keng filologlarga talab oshmoqda. Shuningdek, 
filolog-talabalar oldida xorijiy tilda yaratilgan asarlarni 
asl nusxada o‘qiy bilish masalasi ko‘ndalang turibdi. 
Tadbirda ingliz tilida yaratilgan dunyoga mashhur 
asarlar va ularning mualliflari haqida qiziqarli ma’lu
-
motlar berilib, sahna ko‘rinishlari orqali talabalarning 
ingliz tilini naqadar puxta o‘zlashtirayotganliklari jonli 
tarzda namoyish etildi.
“CHET EL ADABIYOTINI O‘RGANAMIZ”


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
3
навбатчи
OBRAZLARDAN IBORAT OLAM
– Xalq ijodiyotini ulkan xazinaga qiyoslash mumkin. 
Xalq tilidan aytilgan afsona va rivoyatlar, dostonlar, 
askiya-yu latifalar zamirida tagdor ma’no mujassam. 
Xalq badiiy tafakkuri nimadan oziqlanadi? Boshqacha 
qilib aytganda, uning tafakkur manbayi nima? 
– Xalq ijodi namunalarining kuch-quvvati, avvalo,
ularning soddaligida. Biroq sodda bo‘lgani bilan jo‘n 
emas. Bu ikki tushuncha o‘rtasida katta farq bor. Folk-
lorning yaratuvchisi – xalq. Avloddan avlodga o‘tadigan 
bu hodisada an’ana asosiy rol o‘ynaydi. An’ananing 
ildizi esa ulkan bilimda. Ulkan bilim nima? Ulkan bilim 
– butun olamdagi ilmlar majmuasi. Xalqning birlashgan 
bilimi, ommaviy ongi, folklorning falsafasi ana shu bilim-
ga bog‘langan. Folklor va xalq san’atining barcha turlari 
asosini tutib turuvchi an’analar ham ulkan bilim hosilasi. 
Tabiat va tiriklikning yashash manbayi ana shu narsa 
bilan bog‘liq. Tiriklikning oliy namunasi inson bo‘lsa, 
u ning eng go‘zal yaratig‘i folklordir.
Dunyoning turli qit’alarida turlicha ob-havo hukm-
ronlik qiladi. Qayerdadir yil-o‘n ikki oy jazirama quyosh, 
boshqa yerda qishin-yozin yog‘ingarchilik. O‘zbeklar 
esa qadimdan to‘rt fasli bir mezonda kechadigan za-
minda yashagan. Tamaddun belgilari azaldan ikki dar yo 
oraliqlari yoki ulkan daryolarning quyilish joylari – de l-
talarda ko‘zga tashlangan. Amu va Sir daryosi etaklari 
ham qadimdan tamaddun o‘choqlaridan hisoblangan. 
O‘zbeklar insoniyatning butun sivilizatsiyalari chor-
rahasida umrguzaronlik qilishgan. Shu sabab ham 
xalqimiz genida insoniyatning barcha bilimlari mag‘zi 
bor. Mana shu mag‘iz qondan qonga o‘tib kelaveradi. 
Bu ko‘hna zaminda ko‘plab avliyo-yu allomalar tug‘ilib 
voyaga yetgani sababi ham balki shundandir. 
O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga kirishini yaxshi bilamiz. 
Tili yo‘qolgan xalqning o‘zi ham yer yuzidan yo‘qolib 
boraveradi. Tili bo‘lmagan xalqning folklori ham o‘ladi. 
O‘zbek xalqida mumtoz adabiyot tili, bugungi adabiy 
til va folklor tili bor. Xalqimiz etnik tarkibi turkiy qar-
dosh xalqlardan farqli o‘laroq, uchta katta etnik birlik-
dan tashkil topgan. O‘g‘uzlar, qipchoqlar, qarluqlardan 
iborat bu birlikda o‘g‘uzlar orqali turkmanlar, turklar, 
qirg‘iz, qoraqalpoqlarga, qarluqlar tarafdan esa uyg‘ur-
larga bog‘lanamiz. Bir so‘z bilan aytganda, butun turkiy 
dunyoning markazidamiz. Bu narsa adabiyot va san’at, 
folklorimizda o‘z aksini topgan. Shuning uchun ham 
xalq ijodiyoti boy. U quroq holatida yaralmagan. Balki 
asrlar davomida sintezlashib, keyingi XX – XXI asrlarda 
yaxlit holatga keldi. Buni noyob hodisa sifatida e’tirof 
etish mumkin. Xalqimizning “Alpomish” va “Go‘ro‘g‘li” 
kabi ikki yirik eposi bor. “Alpomish” dostoni bilan qip-
choq, “Go‘ro‘g‘li” dostoni orqali esa o‘g‘uz guruhlarga 
bog‘lanamiz. Har ikki holatdagi epik an’analar yana biz-
da davom etyapti. “Alpomish” dostonining o‘ttizdan ortiq 
varianti bor. “Go‘ro‘g‘li”ni esa qirq, ba’zan yetmish ikki 
doston ham deyishadi. Bu ikki dostonning eng mum-
toz varianti ham bizda. “Alpomish” dostoni variantlari 
ichida Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tomonidan aytilgan varianti 
eng mumtoz namuna hisoblanadi. Tog‘ning cho‘qqisi 
kabi xalq ijodiyotining go‘zal va ramziy ifodaga ega eng 
yuksak namunalari mumtoz xususiyatga ega hisobla-
nadi. Unda xalqning ma’naviy quvvati-yu qudrati mujas-
sam bo‘ladi. Bunday mukammallikdan hayratga tush-
may iloj yo‘q. Xalqona ifodaning tag-zamini juda katta 
ma’no-mazmun kasb etadi. Og‘zaki ijod namunalari-
ning oddiy va sodda so‘zlari, aytilish usuliga qarab 
unga yuzaki baho bermaslik kerak. 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabi-
yoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori,
folklorshunos olim Shomirza Turdimov folklorga oid ikki yuzga yaqin 
ilmiy maqolalar, “Etnos va etos”, “Go‘ro‘g‘li” dostonlarining genesizi 
va tadrijiy bosqichlari” nomli kitoblar muallifi sifatida ko‘pchilikka ta-
nish. Xalq ijodiyotidagi ramz va timsollarni o‘zida mujassamlashtir-
gan “Yo‘l bo‘lsin” filmi ssenariysi uchun Davlat mukofotiga sazovor 
bo‘lgan.
Tomirida baxshilar qoni oqayotgan, uzoq yillardan beri xalq 
og‘zaki ijodini tadqiq va targ‘ib qilib kelayotgan jonkuyar ustoz bilan 
suhbatimiz xalq ijodiyoti, folklorga xos ramziy obrazlar mohiyati va 
xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyadagi roli haqida bo‘ldi.
Aziz va yagonamsan, jonajon
O‘zbekistonim!


4
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Xalqimiz xazina bilan to‘lib-toshgan sandiqning 
ustida o‘tirgan odamdek katta ma’naviy boylikka ega. 
Faqat bu sandiqni ochish, undan foydalanish, sintezlab 
ko‘ngildan o‘tkazib yangi holatga olib o‘tish kerak. Bu 
xazinaning tomoshabini bo‘lib o‘tirish yaramaydi. Xalq 
ijodiyotining sabog‘i ham, hikmati ham ko‘p. Uning yara-
tiqlarida o‘tmish, bugun, kelajakning mohiyati yashirin. 
Uning boqiyligi siri ham shunda.
– Xalqning hayotiy tajribasi va turmush tarzida 
shakl 
langan qarashlar asosida “Xalq pedagogikasi” 
tushunchasi vujudga kelgan. Bu tushuncha o‘quvchini 
urf-odat, udum, xulq-odob, marosim, an’ana, badiiy ijod 
va uning mazmun-mohiyatiga singdirilgan go‘zal fazi-
latlar orqali tarbiyalashni anglatadi. Zamonaviy ta’lim 
tizimidagi metodlar bilan xalq pedagogikasini solishtir-
ganda, qaysi taraf ko‘proq “tosh bosadi”? 
– O‘zbek xalq pedagogikasining mazmun-mohiyati 
folklor bilan chambarchas bog‘liq. Bolaga go‘dakligidan 
alla aytiladi. U allaning ma’nosini tushunmasa-da, on-
giga alla ohangi singadi. Bu xalqona ohang uning 
musiqiy olamni idrok etishi uchun zamin yaratadi. Har 
bir xalqning o‘z ohangi bor. Go‘dak olamni ohang va 
ranglardan iborat deb o‘ylaydi. Bolaga aytiladigan er-
tak, aslida ermak emas. Ertaklarda katta ramziy ma’no 
va bilim kodlari yashirin. Deylik, kompyuter klaviaturasi-
dagi belgilar ma’lum dasturni ishga tushirishga mo‘ljal-
langan bo‘lsa, ertakdagi har bir obraz va motivlar inson 
miyasini faollashtiradigan kodlarni ishga tushiradi. To-
pishmoqlar ham obrazlardan iborat bo‘lib, ular bolaga 
olamni obrazlashgan tarzda anglashga yordam bera-
di. Ilm-fanda katta yutuqlarga erishgan, ayniqsa, aniq 
fanlar bo‘yicha yetuk mutaxassis sanalgan olimlarning 
fikrlash tarzini o‘rgangan tadqiqotchilar ularning fikrlash 
tarzi obrazlashgan holda bo‘lishini aytishgan. Aslida, 
har bir fan o‘zining obrazi – simvoliga ega. Ana shu 
simvollarga dunyoni anglash mohiyati singdirilgan. 
Shuning uchun ham bolani go‘daklik vaqtidan obraz-
li fikrlashga o‘rgatish lozim. Mana shu jarayonda esa 
xalq og‘zaki ijodi muhim rol o‘ynaydi. Negaki, xalq ijodi-
yoti asosini timsollar, ramzlar, bir so‘z bilan aytganda, 
obrazlar tashkil etadi. Xalq pedagogikasida o‘yinlar-
ning ham alohida o‘rni bor. Bola bu o‘yinlarni shuncha-
ki o‘ynamaydi. U hayotni shu o‘yinlar orqali o‘rganadi. 
O‘yinlar bolalar uchun jamiyatga aralashish maktabi 
vazifasini bajaradi. Hozirgi ta’lim texnologiyalariga na-
zar solsangiz, aksariyatida bolani zeriktiradigan usullar-
ni ko‘rasiz. Shu sabab ham bolalar dars qilishdan ko‘ra, 
kompyuter o‘ynashni ma’qul ko‘rishadi. Chunki o‘yin 
uni zeriktirmaydi. Ammo kompyuter o‘yinlari bola aqlini 
faollashtirmaydi. Bola kompyuter qarshisida faqat to-
moshabin rolini bajaradi. Xalq o‘yinlarida esa bolaning 
o‘zi ishtirok etadi, uning ruhi ham jismi kabi faol bo‘ladi. 
Shuning uchun o‘qish va o‘qitish tizimini o‘quvchilar-
ga moslashtirish kerak. XXI asr bolasining o‘tgan asr 
bolasidan ko‘ra ongi rivojlangan. Bugungi kun bolasiga 
beriladigan ta’lim-tarbiya usullari esa eskirgan. Qadi-
miy xalqlardan biri Shumerlar davrida ham bolalarning 
o‘qishga bo‘lgan qiziqishi yo‘qolib borayotgani aytilgan 
ekan. Tarixga yuzlansangiz, bu jihat har bir avlod taqdi-
rida takrorlanganiga guvoh bo‘lasiz. 
Aksariyat ota-onalar farzandi timsolida o‘zining or-
zusini ko‘rishni istaydi. Lekin bola ota-onaning emas, o‘z 
orzu-istaklari olamida yashashni istaydi. Pedagog har 
bir bolaga individual yondashib, darsni tashkil etishda 
o‘quvchining intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydigan, rivoj-
lantiradigan usullarni topishi kerak. Xalq pedagogikasi 
markazida shu narsa turadi. “Bola – poshsho”, deydi 
xalqimiz. Shunga ko‘ra bolani besh yoshigacha ko‘ngli-
ni sindirmay, ruhini tushirmay tarbiyalashgan. Besh 
yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha esa tarbiyaga qattiqqo‘llik 
bilan yondashishgan. O‘n to‘rt yoshdan keyin esa unga 
do‘stdek munosabatda bo‘lish lozimligini aytishadi. 
Mana shu jihat o‘zbek xalq pedagogikasining o‘zak 
qismi hisoblanadi. Daraxtning o‘zagi ildizdagi ozuqani 
barglarga yetkazib berishda muhim hisoblanadi. Xalq 
pedagogikasi o‘zagi ham shu asosga qurilgan. Rivojlan-
gan davlatlarning ta’lim tizimini o‘zlashtirib, xuddi o‘sha 
tamoyillarni hayotimizga olib kirish bilan ish bitmaydi. 
Taqlid odamning shaxsini yo‘qotadi. Pedagogikamiz 
o‘zimizning ildizimizga qaytishga xizmat qili shi zarur. 
Xalqaro tajribani o‘rganish yaxshi, albatta. Lekin bu de
-
gani uni qanday bo‘lsa, shunday amaliyotga ko‘chirish 
degani emas. Ilg‘or texnologiya va g‘oyalarni moslash-
tirish, o‘zimizniki bilan uyg‘unlashtirish kerak. Shunda 
o‘zligimiz, mentalitetimizni yo‘qotmaymiz. Agar o‘z qi-
yofamizni unuta boshlasak, xalq degan yaxlit tushun-
cha ham yemirila boshlaydi. Ishni, avvalo, o‘zimizni, 
ildizimizni, tariximizni o‘rganishdan boshlash kerak. 
– Bugun yoshlar jon qulog‘i bilan eshitadigan 
qo‘shiqlardan tortib kiprik qoqmay tomosha qiladigan 
filmlarning umri ko‘pi bilan bir oyga boradi yoki yo‘q. 
Ammo xalq ijodi asosida yaralgan asarlar “xit” dara-
jasiga ko‘tarilmasa-da, asrlar dovonidan bezavol o‘tib 
kelaveradi. Bu o‘lmas ijod namunalari boqiyligining siri 
nimada?
– Birgina “Alpomish” dostonidan misol keltirsak, 
dostonni o‘qigan o‘quvchiga dastavval voqealar jo‘n 
hodisadek tuyulishi mumkin. Asar sujeti va talqini O‘rta 
Osiyoda yashagan xalq va bu hududdagi davlatchilik 
taqdiriga o‘xshash tarzda yaratilgan. Shuning uchun 
ham doston sujeti eskirmasdan nafaqat bugun, balki 
kelajak uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Nega-
ki, doston xalqning yuksalishiga, tanazzuliga xizmat 
qila digan tiplar va obrazlarni o‘zida mujassamlashtir-
gan. Shu sabab u hamma davrlar talabiga javob beradi. 
Xalq tomonidan yaratilgan qo‘shiqlar, ertak va 
afsonalar xalqning ko‘nglidan chiqqan. Jaloliddin Rumiy 
“Ko‘ngildan ko‘ngilga darcha bor” deganidek, ko‘ngildan 
chiqqani, albatta, ko‘ngillarga yetib boradi. Bugun yara-
tilayotgan film va qo‘shiqlarning bir kunlik bo‘lib qolayot
-
ganiga sabab ko‘ngilga yo‘l topa olmayotganidan. Gap 
uni qaysi ko‘rinish yoki usulda aytishda emas, nimani va 
qanday aytish-da! Adabiyot va san’atning bitta maqsa
-
di bor – ezgulikka xizmat qilish. Adabiyot insonni inson 
sifatida ulug‘lashi kerak. Bu g‘oyadan teskari har qan-
day g‘oya tanazzulga uchraydi. Negaki, har narsaning 
oxirida nur bo‘lishi kerak. Xalq ertaklarida qahramonlar, 
albatta, yakunda murod-maqsadlariga yetadi. Badiiy 
adabiyot kabi folklor ham so‘z san’ati. Lekin ikkisining 
o‘rtasida katta farq bor. Folklor ijro etiladi. Har bir ijro-
si o‘ziga xos variant hisoblanadi va jarayonning o‘zida 
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
5
навбатчи
Vazira IBROHIMOVA suhbatlashdi.
qayta yaratilishi ham mumkin. Adabiyot esa bir marta 
yoziladi. Folklor – an’analar san’ati. Lekin adabiyotda 
bir ijodkorning an’anasi xalq an’anasi darajasiga chiqa 
olmaydi. Qachonki, folklor o‘zining usullari bilan adabi-
yotga kirmoqchi bo‘lsa, bu harakat o‘zini oqlamaydi. 
Xuddi shuningdek, adabiyot ham folklor usullari bilan 
aralashsa, ijobiy natijaga erishmaydi. Har birining o‘z 
yo‘li va taqdiri bo‘lishi kerak. 
– Maktab o‘quvchilarini xalq ijodini o‘qish va o‘rga-
nishga qiziqtirish uchun pedagog qanday usullardan 
foydalanishi kerak, deb o‘ylaysiz?
– Bu jarayonda ishni xalq ijodi namunalaridagi har 
bitta ramz va obrazlarni xuddi birinchi sinf o‘quvchisiga 
alifboni o‘rgatgan kabi tushuntirishdan boshlash kerak. 
Oq olma, qizil olma pishmas ekan,
Ikki yaxshi bir yerga tushmas ekan.
Ikki yaxshi bir yerga tushganida,
Umrining o‘tganin bilmas ekan.
Bu yerda o‘quvchi oq va qizil olmani moddiy ma’no-
da tushunmasligi kerak. Unga oq olma – yigit, qizil 
olma – qiz obrazi ekanini, har bir satr qatida xuddi 
kosa tagida nimkosa yashiringani kabi o‘zga ma’no 
borligini tushuntirish lozim. Folklorda ma’nolar qatlami 
juda keng. Har bir qatlamda o‘quvchi yangidan yangi 
mazmun va mohiyatni anglab boraveradi. O‘qituvchi 
xalq qo‘shiqlari, o‘yinlarida ifodalangan ma’noni ipidan 
ignasigacha tushuntirib berolsa, o‘quvchida qiziqish 
paydo bo‘ladi. “Eng daho o‘qituvchi o‘z o‘quvchisini 
ilhomlantira olganidir”, deydi Konfutsiy. Har bir shaxs 
individual. Unda cheklanmagan imkoniyatlar bor. Faqat 
uni uyg‘onishi, unib-o‘sishi uchun ilhomlantirish kerak. 
– Afsona va dostonlar, rivoyat yoki ertaklar asosida 
suratga olinayotgan tarixiy filmlar, multfilmlardan mux
-
lislar ko‘ngli to‘lmayotgandek, nazarimda. Biror tarixiy 
film taqdimotidan so‘ng aksariyat hollarda ko‘pchilikda 
tanqidiy munosabatlar uyg‘onadi. Tomoshabinning bun-
day asarlardan ko‘ngli to‘lmayotgani sababi nimada? 
– Tomoshabin hamisha solishtirish imkoniyatiga 
ega. Bizda yaratilgan filmni ko‘rish asnosida u aynan 
shunday obraz yoki tipdagi qahramonlar boshqa xalqlar 
ijodkorlari tomonidan qanday yaratilayot-
gani, sujetga qay usulda yondashilayot-
ganini ham kuzatib boradi. Tarixiy filmlarni 
suratga olish masalasi, avvalo, mablag‘ga 
taqaladi. Ikkinchi masala esa mavjud ma-
terialni qayta jonlantirishda. Har sohaning 
yetuk mutaxassisi bo‘lishi kerak. Mutaxas-
sisda esa o‘zi amalga oshirayotgan ishga 
nisbatan kuchli muhabbat va ishtiyoq bo‘li-
shi shart. Film ijodkori o‘zi yaratayotgan 
asarni ko‘nglidan o‘tkazib taqdim qila olsa, 
ko‘zlagan maqsadiga erisha 
di. Tanqidiy 
munosabatlarga nisbatan tomoshabinni 
film g‘oyasini tushunmaganlikda ayblash 
ham noto‘g‘ri. “Uch kishidan biri – Hizr”, 
deydi xalqimiz. Ya’ni uch kishidan hech 
bo‘lmaganda bittasi mohiyatni bilguv chidir. 
Xalqqa g‘oyani u tushunadigan ifoda usul-
lari orqali yetkazish kerak, deb o‘ylayman. 
– Azaldan turkiy xalqlarda yil boshining 
kelishi bayram sifatida nishonlangan. Navro‘z bayrami 
bilan bog‘liq tushuncha va qarashlar qanday shakllan-
gan, udum va marosimlardagi mohiyat nimada?
– Yil boshlanishi va yakunlanishi, shuningdek, fasl-
lar bilan bog‘liq marosim va udumlar xalqning qadi-
miyligidan dalolat beradi. Aslida, har bir xalq qadimiylik 
xususiyatiga ega. Har bir insonning taqdir yo‘li bo‘lak 
bo‘lgani kabi xalqlar taqdiri ham o‘zgacha. Lekin vaqt
-
ni anglash, fasllarni ajratish barcha xalqlar uchun ya-
shashning o‘ziga xos shakli hisoblangan. Yoz – yoyilish 
degani. Ya’ni bu faslda kun uzayadi. Qish esa siqilmoq 
– quyoshli kunlarning qisqarishini anglatgan. Ikkalasi-
ning teng keladigan kuni esa yilda ikki bor kuzatilgan. 
Birinchisi – 21-mart, bahor faslining boshlanishida, 
ikkinchisi – 21-sentabr, kuz va pishiqchilik pallasida 
ro‘y bergan. Qishki va yozgi mavsumning teng kunligi 
mezon sifatida olingan. 21-martda tuproqqa tushgan 
urug‘ unib chiqqan bo‘lsa, 21-sentabrda yetishtiril-
gan hosildan urug‘ yig‘ib olingan. Shuning uchun ham 
ko‘klamning timsoli – gul. Ya’ni u urug‘ning unishini 
ang latadi. Qishning timsoli esa urug‘. Ko‘klamning tao-
mi yangi o‘sib chiqqan urug‘dan, qishning taomi urug‘ 
yanchilishidan tayyorlangan. Ko‘klam ko‘kini yoyib ke-
lishi bilan odamzod yangi bo‘sag‘aga qadam qo‘ygan. 
Dala-dashtda ekin-tekin ishlarini boshlab yuborgan. 
Urug‘ ekib, hosil yig‘ganda esa yana bir bo‘sag‘adan 
xatla gan. Ana shu bilim va qarashlar qo‘shiqlar, maro-
simlarda aks etgan.
– Jurnalimizning an’anaviy savoli: sizga bir soatlik 
adabiyot darsini o‘tib berish taklif qilinsa, qaysi mavzu 
va qanday usulda darsni tashkil etgan bo‘lardingiz? 
– Adabiyot fanidan dars o‘tganimda, birinchi navbat-
da, o‘quvchilarga ramzlar va ularning mohiyatini tu-
shuntirgan bo‘lardim. Olam obrazlardan iborat dedik. 
Mana shu obrazlar mohiyatini anglashlarini istardim. 
Aslini olganda, insonning o‘zi katta ramz. U barcha 
davr va zamonlar uchun ham o‘rganish obyekti bo‘lib 
qolaveradi. 
– Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur!
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!


6
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Har erta bahor ikki bog‘lam binafsha ko‘tarib, 
o‘
zbekning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim haykali qoshi
-
ga borar ekanmiz, beixtiyor qalbga yaqin misralar yod-
ga tushadi:

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin