Feruza ABDUSALOMOVA, Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi
3-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim
maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
OZODLIK TIMSOLI III. Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchi: Avvalgi dars-
da Seton-Tompsonning hayoti
va ijodini o‘rganish barobari-
da adibning darslikda berilgan
“Yovvoyi yo‘rg‘a” asarini
ham o‘qib kelish topshiriq sifa-
tida berilgan edi. O‘ylayman-
ki, barchangiz ushbu asar bi-
lan tanishib chiqqansiz.
Hozir
“Kimning tasviri?” usulidan
foydalanib qahramonlarni to-
pishingiz kerak bo‘ladi.
1) “Shu to‘rg‘ani ushlab ol-
masam odam emasman”, – deb
ming‘irladi. U tadbirkor edi.
2) Juda uddaburon odam.
U yaylovda zoti yaxshilangan
uy hayvonlari boqilsa, kirim
ko‘payishini yaxshi biladi. “La’nati yo‘rg‘aga duch kel
-
sangiz, ayamay oting”, – deydi.
3) Ustamon odam edi. Ixtiyorida 20 ta oti bilan 5 ta
chavandozi bor edi. Shu ot menga baxt keltiradi, deb
o‘ylaydi.
4) Turgan turmushi xazina... O‘pkasi to‘lib ketdi,
o‘ksik zarbidan a’zoyi badani zir-zir qaltiradi, yuzlaridan
marjon-marjon yoshlar oqdi.
5) U shu ayg‘irni kim aravaga bosib olib kelsa, ming
dollar beradi.
Javoblar: 1. Oshpaz Kurka Iz.
2. Ferma sohibi Foster.
3. Kovboy Jo Kalon.
4. Yovvoyi yo‘rg‘a.
5. Fermer chol Montgomer.
O‘quvchilarning javoblari tinglangach, o‘qituvchi to-
monidan asar va uning qahramonlari haqida qo‘shim-
cha ma’lumotlar beriladi, topqir o‘quvchilar rag‘batlan-
tiriladi.
O‘qituvchi: Adabiy asarni o‘qib, uni mukammal
tu shunishimiz uchun boshqa fanlardan olgan bilimla-
rimiz qo‘l keladi. Bugungi darsimizda o‘rganilayotgan
“Yovvoyi yo‘rg‘a” asari tahlilida ham matematika, bio-
logiya, geografiya fanlaridan olgan bilimlarimiz bizga
yordamga keladi.
Doskaga quyidagi o‘lchov birliklari yozib qo‘yiladi:
Dars
muqaddas
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
9 навбатчи
Dars – muqaddas