Anguage and literature



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
uzb-2019 3-son

Kapitan Kayshovskiy! – yo‘qlaydi general. – 
Kayshovskiy deyman! 
(17-bet) 
– 
Umarxon eshon, janobi oliylari, Umarxon eshon! – 
deydi. 
(17-bet) 
– Dehqonqul! – deydi otamiz. – Yuviqsizlar huku
-
mati­desang-da­bo‘ladi,­Sho‘rolar­hukumati­desang-da­
bo‘ladi!
(26-bet) 
Tasdiqlash, ma’qullash ma’nolarini ifodalashda: 
– 
Ajab qilasiz, janobi oliylari, xo‘p ajab qilasiz!
(17-bet)
Hayratlanishni ifodalashda: 
– Ana tuproq, mana tuproq! – deydi. – Bo‘rsildoq 
tuproq,­ mag‘izdor­ tuproq,­ hosildor­ tuproq!­ Tuproqmi-
san-tuproq!­
(21-bet)
Imperativ konstruksiyaning asosiy punktuatsion bel-
gisi undov belgisi bo‘lib, badiiy nutqda undovning bir 
o‘zi (undov (!) belgisi) ham, kombinatsiyali ko‘rinishlari 
(undov/so‘roq (!?), undov/ko‘p nuqta (!..), ketma-ket ikki 
(!!) yoki uch undov (!!!) belgisi) ham ayni ma’noni real
-
lashtirishda qo‘llanilishi mumkin. 
Badiiy nutqda undov belgisi va uning kombinatsiya-
li ko‘rinishlari qo‘llanilganligi uchun bunday konstruk-
siyalarni aniqlash nisbatan qulay hisoblanadi. Tog‘ay 
Murod asarlarida quyidagi tinish belgilari bilan shakl-
langan imperativ konstruksiyalar qo‘llanilgan: 
1. Undov belgisi yolg‘iz holda qo‘llaniladi: 
– Yeganing burningdan chiqqurlar! – deydi. – Men 
senlar uchun byuroda gap eshitdim! O‘rtoq Mavlonov 
byuro ahli oldida izza qildi! Yo‘q, men senlar uchun izza 
bo‘lmayman!
(53-bet) 
2. Undov belgisi kombinatsiyali qo‘llaniladi: 
– Ena, ena!.. – deyman. Men yuzlarimni onamiz 
qo‘llariga­bosib-bosib­hiqillayman.­–­Ketdi,­otam­ketdi!..­
(37-bet) 
– Bilasanmi sen kimsan? Sen – bosmachisan, bos
-
machi!!!
(55-bet) 
– 
O‘l-e,­bor-e,­yot-e!!
(68-bet)
O‘zbek adabiyotida o‘z uslubiga ega bo‘lgan yozuv-
chilar ko‘p. Shunday yozuvchilardan biri Isajon Sulton 
asarlarida imperativlarning turli ko‘rinishlarini kuzatish 
mumkin. Ayniqsa, yozuvchining “Onaizorim” nomli qis-
sasida ona nutqidagi imperativ mazmunini ifodalovchi 
vaziyatlarda imperativlikni ko‘rsatuvchi tinish belgilari-
dan foydalanmaydi. Buni matn mazmunidan anglashi-
miz mumkin. Yozuvchi ona tilidan bolaga uqtirilayotgan 
odob-axloq me’yorlarini buyruq maylida ifodalasa ham, 
ona ruhiyatidagi bolajonlik, mehr-shafqat va yumshoq-
likni hisobga olib undov belgilarini ishlatmaydi. Natija-
da buyruqning ona tiliga xos shakli namoyon bo‘lgan: 

Otang kelganida “Assalomu alaykum”, deb qo‘lingni 
ko‘ksingga­ qo‘yib,­ burro-burro­ qilib­ salom­ berasan,­
– deb qulog‘iga quyadi ona. – Salom berganingda 
baqrayib qarab turmaysan, darrov qaytib, ishingga uri
-
nasan. 
Sen qiz bolasan, tengdoshlaringga salom berma
-
sang ham bo‘laveradi, lekin kattalarga, albatta, salom 
berasan.
Kattalar senga salom berishsa, alik olmaysan, xuddi 
eshitmaganday, shoshib o‘zing salom berasan
”. (I.Sul-
ton)
Monologik va dialogik nutqda imperativ konstruksi-
yalarning badiiy-estetik imkoniyatlari yanada kengroq 
namoyon bo‘ladi. Dialogik nutqda imperativ ba’zan 
interrogativ konstruksiya bilan birga keladi va bunday 
vaziyatda ekspressivlik nihoyatda kuchli ifodalana-
di. Quyidagi parchada qahramon nutqidagi dastlabki 
buyruqning mazmuni va sababi interrogativ jumla orqali 
izohlangan: 
“O‘rnidan­ turib,­ qovog‘ini­ soldi-da,­ to‘sat-
dan sheriklariga qarab dedi:
– Tur o‘rningdan, o‘tiraverasanmi? Bittangni qadr 
-qimmating­o‘sha­qizchalik­emas,­g‘iybat­qilib­gap­so-
tishingni qara! – Keyin qo‘shib qo‘ydi: – Yaxshisi, jo‘na 
hammang­uyingga,­bola-chaqangni­oldiga!”­
(I.Sulton)
Badiiy nutqda, his-tuyg‘u, hayrat, ajablanish va ichki 
hayajonni yuqori darajada ifodalashda imperativ kon-
struksiyalardan keng foydalaniladi. Bunday holatlarda 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
45
навбатчи
Tadqiqotlar
qahramon ruhiyatidagi kechinmalar yorqin namoyon 
bo‘ladi. Masalan: “−
 Iya, anavini qara! 

 dedi bir mahal 
orzumand bekorchi hayajonlanib.
Hammalari bosh burib qarashdi.
Yo‘l chetidan ajoyib bir go‘zal shu tomonga kelar edi.
Yuzi sutday oq, qoshi qaldirg‘och qanotiday, ko‘zi 
yulduzday,­qomati­tippa-tik,­xullas,­har­qanday­kishini­
lol qoldirib qo‘yadigan darajada suluv edi.
–­Voh-voh!­

 deb yubordi orzumand bekorchi, hatto 
o‘rnidan turib ketayozdi. 

­­Uni­qara-ya!
– Kimga nasib qilgan ekan bunaqa parivash? 

 dedi 
hazin ovozda bunisi. 

­Bironta­boygadir-da,­

 dedi narigisi. 

 Cho‘ntaging
-
da hemiring yo‘q, bunaqa go‘zallarni allaqachon boylar 
egallab olishadi
”. (I.Sulton)
Mazkur parchada qo‘llanilgan imperativlar mazmu-
nidan matnlararo aloqadorlikni ham ilg‘ash mumkin. 
O‘spirinlarning “
har­qanday­kishini­lol­qoldirib­qo‘yadi-
gan darajadagi suluv
”ga havas va hayrat bilan boqish-
lari, umidsizlik ichida hatto orzu qilishga ham botina 
olmasliklari, “...
cho‘ntagingda hemiring yo‘q, bunaqa 
go‘zallarni allaqachon boylar egallab olishadi
” qabili-
dagi chorasiz shikoyatlar Cho‘lponning mashhur “Qor 
qo‘ynida lola” hikoyasini yodga soladi. 
Xulosa qilib aytganda, badiiy matnda buyruq-istak 
mazmunli birliklarning alohida o‘rni bor. Badiiy asarda 
ishlatiladigan buyruq shakllarini o‘rganish orqali milliy 
madaniyatning muhim bir qirrasini tasavvur etish mum-
kin bo‘ladi. Mazkur hodisaning badiiy matndagi qo‘lla-
nish tarzini o‘rganish esa ana shunday maqsadlarga 
xizmat qiladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin