Foydalanilgan adabiyotlar 1. A.Oripov. Yillar armoni. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1984.
2. Mirtemir. To‘rt jildlik. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1980−1983.
1965-yilda yozilgan ushbu she’rning sujeti biografik
xarakterga ega.
Men Abdulla Oripov tavallud topgan Neko‘z qish-
log‘ida tug‘ilganman. Abdulla akaning amakivachcha
opasi Rahima xola va singlisi Oysara opa bilan qish-
loqda baqamti yashar edik. Ulardan shoirning ko‘plab
she’rlarining yozilish tarixi va shoir yaratgan obrazlar-
ning hayotdagi prototipi haqida ko‘p hikoyalar eshit-
ganman. Ayni “Ayol” qasidasidagi beva ayol shoirning
o‘z yangasi edi. Orif bobo (A.Oripovning otasi)ning
ukasi Shermamat aka urushda halok bo‘ladi. Uning
ayoli Oybuvi bu paytda o‘n to‘qqiz yoshda birgina qizi
Rahimani bag‘riga bosgancha bo‘zlab qoladi. Oybuvi
urushdan qoraxat kelgan askarlarning hammasi ham
o‘lmagan, degan umid bilan umrining oxirigacha tur-
mush qilmasdan panohi Shermamatni kutadi. Orif bobo
hayotlik chog‘ida kelini va jiyani Rahimaga o‘zi vasiylik
qiladi. Orif bobodan keyin esa endi oilali va hatto nevara-
li ham bo‘lgan Rahima xoladan shoir va uning boshqa
jigarlari xabardor bo‘lib turishdi. Umrining so‘ngida og‘ir
xastalikka chalingan Rahima xolani farzandlari qatorida
so‘nggi yo‘lga kuzatishdi. Bu ardoqning birgina boisi –
akalari Shermamat xotirasi bilan yashab o‘tgan Oybuvi
yanganing vafodor qismatiga Oripovlar oilasining hur-
mati edi.
Qaqragan lablarda olovli nafas, Kechalar kechmishin ayladi ko‘mir. Demak, bu lablar ishqqa, muhabbatga tashna,
“olovli nafas” ayolni sel qilayotgan ehtiros emas, uning
qiyomatga qadar uzilmas umidi edi. Tunning sarhadsiz
kechmishida ayol shu ulug‘ ilinj bilan yashab o‘tardi.
Parishon sochlari yor ko‘ksi emas, Muzdayin bolishda qoldi bir umr. Rahima xolaning sochlari tim qora edi. U kishi:
“Onamning sochlari shunday qora, qalin, uzun bo‘lgan.
Mening sochimga qirqdan o‘tib ham oq oralamaganini
ko‘rgan onam, sochimga un sepib irimlar ham o‘tkaz-
gan edi”, – deb aytib bergan edilar. Oybuvi yanga qizi-
ning sochi qoraligini o‘z erining g‘ami deb tushungan,
qabul qilgan ekan. Shoir esa ayolning latofatli chehra-
sini parishon sochlar tasviri bilan ko‘z o‘ngimizda yaq-
qol namoyon etadi.
Yillar ham o‘tdilar hamon u yolg‘iz, Mung‘ayib termular botguvchi kunga. Umid bilan yashash qanchalik oson bo‘lsa, shuncha-
lik qiyin ham. Yor yo‘liga mushtoq ko‘zlar tongni qanday
xush saodat xabari bilan qarshilasa, zavolga yuz tutgan
hijron kunini shunday qayg‘u bilan kuzatib qo‘yadi.
Ey nomard tabiat, bormi senda his, Qaytadan baxt bersang bo‘lmasmi unga?! Shoir nozik jussaga solgan ulkan matonati sabab
tabiatni yozg‘iradi.
Nahot ishq qismati shuncha berahm, Bunchalar buyuksan vafo shevasi. Sengadirhurmatim,sengasharafim, Qahramon jangchining sodiq bevasi! Bu shoirning faqat yangasiga emas, Ayol zotiga
ehtiromi, Sadoqat tuyg‘usiga hurmatidir. Keyingi band-
larda shoir chuchmal tuyg‘ulariga sadoqatsizlikni pesh
etib yurguvchilarni hushyorlantiradi. Aslida, qalbingda
shu buyuk sadoqatga arzirli his bormi, deya so‘roqqa
tutadi. Ayol zotining biroz inja, biroz erka tabiatini xolis
taftish etadi:
Ba’zida tirnoqlar bezagi uchun Sahardan shomgacha qilursiz toqat. Gap ayolning panohi xususida ketar ekan barcha
erkaliklar abas bo‘ladi:
Biroq yoringizni kutgani nechun
Topilmas tirnoqcha sabr-u qanoat?
Ha, ayol faqat panohi qoshida o‘z ayolligini iroda eta-
di. O‘z jinsiga xos noz-u adolar etadi. Magarki, panohi
qaytmaslik manziliga ravona ekanmi ayol bu qismatga
tiriklik chog‘ida eriga egilgan kabi bo‘ysunadi. Ilohiy qis-
matga taslim bo‘lgan qalbni faqat muhabbatgina emas,
komil iymon ham munavvar etib turibdi:
Nazokat paytimas yaqinroq keling, Buyuk zot qoshida aylangiz salom. Shu sodiq bevaga sajdalar qiling, Shu sodiq bevaga aylang ehtirom. O‘zbek adabiyotining ikki hassos asarini baholi
qudrat tahlil etdik. Qarshimizda ikki haykal qad ko‘tardi.
Biri ahd-u vafolariga sodiq qololmagan, toqati yetma-
gan Oysuluv haykali, yana biri yorining tasodif bilan tirik
qolganiga ishonib, uni mangu kutayotgan Oybuvi yan-
ga haykali.
Muhabbat – Allohning insonga ato etgan ilohiy
ne’mati. Chin muhabbatning sinovi hijron, sharti sa-
doqatdir. Muhabbatni poymol etganga kechirim yo‘q!
Demak, vafo muhabbatdan ham buyukroq tuyg‘u.
Badiiy poetik uslubi, til mahorati bir-biridan kam bo‘lma-
gan bu ikki asarda ayol vafosi shu qadar ulug‘langanki,
bu avlodlar tarbiyasida ham katta ahamiyat kasb etadi.
48 e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Kichik tadqiqot
Qadim zamonlarda, balki bizning hozirgi zamonlarda,
biz yashayotgan tomonlarda “Til” atalmish ilmlar elida, “Gap
bo‘laklari” belida, tilshunoslar dilida Hol momo davrini surib,
oshini suzib yashar ekan. Ja haddili momo ekan. Bu momo-
ning oltita alp o‘g‘li bor ekan. O‘g‘illarining bari nomdor, bilimli,
madaniyatli alplar ekan.
Ularning to‘ng‘ichi