46
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Kichik tadqiqot
Halqa-halqa,tarqoqsumbulsoch,
Zap qiyilgan bir juft qalam qosh.
Kulasan-u,ko‘zlaringdayosh...
Toshlon to‘rt yil Oysuluv suratini muhabbat, oila, no-
mus, or sifatida ko‘ksida olib yurdi. Bu surat u uchun iro-
da va matonat ramzi edi. Urushdan qaytgan Toshlonni
matonatli ayoli emas, xiyonat kutib turardi. Toshlonni
o‘ldiga chiqargan Oysuluv
farzandini olib boshqa tur-
mush qilib ketadi. Nomus boshini xam qilgan yigit endi
bu go‘zalning vasliga intilmaydi, uni ortiq ko‘rgisi ham
yo‘q:
Ham nafratim, ham ayanchim bor,
Yurak – ikki dardga mubtalo.
G‘amzalar...oh,bekor-ku,bekor...
Qayta og‘ir bo‘ldi bu balo!
Toshlon ichki olamida kechayotgan muhabbat va
nafrat kurashi hamda muhabbatning “qo‘li baland”roq
kelayotgani asar samimiyatini ta’min etadi. Yigitning
aqli xiyonatkor ayolni sevish erlik g‘ururining poymoli
ekanini tushunsa-da, Oysuluv bilan muhabbatni tani-
gan yuragi hamon orziqaveradi:
Ko‘rmay desam, ko‘zim ko‘r emas,
Yurmay desam, oyog‘im butun.
Ammo yurak ortiq jo‘r emas,
Xayollarda bo‘laman tutqun.
Goh sevgi, goh nafrat hapriqayotgan ko‘ngil kayfi
-
yati bilan dostonning yana bir bobi yakun topadi. “Xat”
qismida Toshlon Oysuluvdan maktub oladi:
Xating, jonon, obdan beta’sir,
Uzilgan ip nechuk bog‘lanur?
O‘zing axir, saqlayapsan sir,
O‘z aybingdan qalbing dog‘lanur.
Maktubda o‘zining
begunohligini aytib, munosabat-
larini tiklamoq uchun sog‘inchini pesh etgan ayolga
Toshlon ishonmaydi. Unga iztirobli savollar yog‘diradi:
Bazmlarning guli bo‘lganing –
Yolg‘onbo‘lsa,boq-chiko‘zimga.
Maqtovlarning quli bo‘lganing –
Yolg‘onbo‘lsa,ayt-chi,o‘zimga!
Tunlari bedor o‘tayotgan Oysuluvni vijdon azobi qiy-
naydi. U kunduzlari singlisidan Toshlonni surishtirsa,
tunlar Toshlonning she’riy kitobidan butun bobni yod
olardi. Ular endi xayolan tunda ham, kunda ham yana
birga. Ammo yuraklar firoq o‘tida mangu yonmoqda.
Endi visolning rohlari xiyonatning muzli xarsanglari bi
-
lan abadiy to‘silgan.
Har qanday ko‘ngil jarohati vaqt tobida sekin-asta
bitib boradi. Lekin shunday g‘amlar borki, vaqt o‘tgan
sari og‘rig‘i kuchayaveradi. Bu vijdon azobidir:
Yana bahor, shovullar anhor,
Boshlaringda nega yo‘q chambar?
Yana bog‘da kezasan tanho,
To‘lib-to‘libyig‘laysanmagar.
Jangdan omon qaytib, xiyonat o‘qidan yaralangan
Toshlon boshqa oila quradi. O‘g‘illik ham bo‘ladi. Hayot
yana o‘z o‘zanida oqaveradi. Kunlarning birida to‘rt yil
hijron tunlarida uni ovutgan, yor diydoriga, hayotga
ishon tirgan o‘sha surat Toshlon qo‘liga tushib qoladi:
Qaydan chiqdi bu balo surat,
Balolarga mubtalo surat.
Xotirimga tushdi yigitlik,
Kayfimoldiajdahosurat...
Dilda ko‘milib yotgan muhabbat va nafratning
cho‘g‘lari epkin olgan kabi yana bozillab kuydiraverdi:
So‘ldi butun ishqim bog‘lari,
Yigitlikning bahor chog‘lari.
Sen yonasan, men o‘rtanaman,
Dilda qoldi hijron dog‘lari...
Butun sujet davomida Toshlon o‘tmish yillariga
nazar tashlar,
Oysuluvni ayblar, unga ta’nalar qilar
ekan uning nafratlarida muhabbat bo‘y ko‘rsatavera-
di. Nomusli er sifatida xiyonatni kechirolmagan qalbda
Oysuluv obraziga hech so‘nmas ishq yashaydi. Muallif
xiyonatning nechog‘li tuban va bitmas zahmat ekanini
ko‘rsatib beradi. Unga ko‘ra: muhabbatni hijron ham
o‘ldirolmaydi. Muhabbatning birgina dushmani bor ─
xiyonat. Hech qanday buyuk muhabbat xiyonatni afv
etishga qodir emas.
Mirtemirning “Surat” dostonida Ayol xilqatining
go‘zal portreti yaratilgan. Taassufki, bu xiyonatkor
ayolning suratidir.
Ayni damda, o‘zbek adabiyotida
qalbimizga taskin beradigan, o‘zbek ayolining sha’nini
qutqaradigan yana bir portret bor. Abdulla Oripovning
“Ayol” qasidasi, shubhasiz, ayol sadoqatiga qo‘yilgan
mangu haykaldir.
Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlarfiroqdachekkandayohu.
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
O‘n to‘qqiz yoshida beva qoldi u.
She’r muqaddimasi ortiqcha pafoslardan xoli, ammo
shoir unda shunday so‘zlarni tanlaganki, o‘quvchi ilk
to‘rtlikdayoq, frontda
jon olib, jon berayotgan askarlar,
olis janub o‘lkalarida, oila va ro‘zg‘or zahmatini pisand
qilmasdan, yor yo‘liga ko‘z tikkan yosh ayollar hayotini
xayolda jonlantira biladi.
Uning ham panohi qaytmadi jangdan…
Ushbu satrdagi “panoh” so‘zi uning o‘rnida kelishi
mumkin bo‘lgan so‘zlarning eng mukammal variantidir.
O‘n to‘qqiz yoshli kelinchak, birgina chaqaloq bi-
lan o‘z ayollik olamida yolg‘iz qoldi. Urush kelinchakni
panohidan ayirdi. Kelinchak boshqa turmush qurmadi:
Abadiyfiroqnihayhot,do‘stlarim,
Abadiy visol deb bildi kelinchak
.