KESIM ota yashaydigan “Bitishuv yo‘li” qishlog‘i orqali o‘tilarkan.
Kesim bobosi unga hamisha dehqonchilikni o‘rgatar ekan:
–
Yig‘lab-yig‘lab marza olsang,
o‘ynab-o‘ynab sug‘orasan,
– deb o‘rgatar ekan.
Nuriddin O‘KTAMOV, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi 37-umumta’lim
maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
HOL MOMO VA UNING O‘G‘ILLARI HAQIDA ERTAK (“Hol va uning ma’no turlari” mavzusini o‘rgatishda ertak
usulidan foydalanish)
Ravish polvon bobosining so‘zlarini
diqqat bilan tinglar-
kan.
Oilaning har bir ishini Hol momo alp o‘g‘illariga bo‘lib ber-
ganligi uchun hisob-kitob ishlarini to‘rtinchi o‘g‘li
DARAJA polvon yuritarkan. Aka-ukalar uning haqqoniy hisob-kitob
qilaverganidan ba’zan Miqdorboy deb qiynashar ekan.
Daraja-Miqdorboy Hol momoga har kun ro‘zg‘orda qan-
cha xarajat bo‘lganini, nechta qo‘y olinib-sotilganini, necha
marta bozorga borganini, ro‘zg‘ordagi oziq-ovqatlar zaxira-
sining qay darajada ekanligini bildirib turmasa, ko‘ngli o‘rniga
tushmaskan.
U aka-ukalariga guruchni qopi bilan olishganini, ombor-
dan uch marta yog‘ olib chiqishganini aytar va ortiq bunday
qilmasliklarini, albatta, yetti o‘lchab, bir kesishlari kerakligini
tinmay tushuntirarkan.
Og‘alar bo‘lsa Daraja-Miqdorboyga qarab:
– Shu gaplarni bir kunda
necha marta takrorlaysan? –
deb dakki berisharkan.
Daraja-Miqdorboy og‘a-inilari kabi chavandoz ham, ku-
rashchi ham emaskan. U ko‘proq sonlar, miqdor ravishlari,
marta qatnashgan birikmalar bilan do‘st bo‘lib yurarkan, hi-
sob-kitobga og‘aman, deb turarkan.
Hol momoning beshinchi o‘g‘li boshqa alp inilari kabi be-
sabab biror ish qilmaskan. U hamisha qiladigan ishini “nima-
ga?”, “nima uchun?”, “nima sababdan?”, “nima sababli?”
qilayotganini avvaldan chamalab olarkan. Uning ismini Hol
momo ham