28-Mavzu: Rivojlanayotgan mamlakatlarda demografik siyosat



Yüklə 78,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü78,44 Kb.
#195361
  1   2   3
Lecture - 28



28-Mavzu: Rivojlanayotgan mamlakatlarda demografik siyosat 
Reja: 
1.
Aholi ko’payishiga ta’sir etuvchi omillar 
2.
Aholi takror barpo bo’lishi turlari 
3.
Rivojlanayotgan mamlakatlar demografik siyosati 
Jamiyatda insonlarning ko’payib, yangilanib turishini ta’minlovchi tug’ilish, 
o’lim va tabiiy o’sish jarayonlarining yig’indisi aholining takror barpo bo’lishi 
deyiladi. Aslida tug’ilish, o’lim, tabiiy o’sish asosan biologik jarayonlar bo’lsada, 
lekin ular qator ijtimoiy, iqtisodiy, tabiiy-biologik va demografik omillar ta’sirida 
shakllanadi. Mazkur omillarning xar biri o’z navbatida ijtimoiy xayotning turli 
qirralarini qamrab oladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
omillar

ishlab 
chiqarish 
munosabatlarining 
xususiyatlari, ishlab chikaruvchi kuchlarning rivojlanishi, aholining turmush tarzi, 
ma’lumotlilik va madaniyat darajasi, ayollarning ijtimoiy xayotda to’tgano’rni, 
bandligi, din, urf-odat va qadriyatlar. 
Tabiiy-biologik omillar
: tabiiy sharoit, tabiiy ofatlar, erkak va ayol 
organizmining tashqi muxitga moslashish darajasi, iqlim va uning jinsiy etuklikka, 
farzand ko’rish davriga, turli epidemiya va kasalliklarga ta’siri. 
Demografik omillar
: aholining yosh-jinsiy tarkibi, nikox va ajralish 
jarayonlari. Agar aholi tarkibida yoshlar salmog’i yuqori va jinsiy mutanosiblik 
bo’lsa, nikoxga kirish, ya’ni oilalar paydo bo’lishi uchun demografik imkoniyat 
mavjuddir. Bu xol, o’z navbatida tutilishga ijobiy ta’sir etadi. Aksincha, aholi 
tarkibida kariyalar salmogi yuqoribo’lsa, tug’ilish kamayib, o’lim xollari 
ko’payadi.
Aholi takror barpo bo’lishining ikki turi mavjud


tur - aholi takror barpo bo’lishining kiskargan turi. Bu turdagi avlodlar 
almashinuvi jarayonida aholi soni kupaymaydi, chunki tug’ilganlarga nisbatan 
o’lganlar soni yuqoribo’ladi. 


II 
tur - aholi takror barpo bo’lishining kengaygan turi, bunday aksincha, 
tug’ilganlar soni o’lganlar sonidan yuqoribo’ladi va natijada keyingi avlod 
vakillarining soni oldingi avlod vakillari sonidan ko’p bo’ladi. Bunday holda aholi 
muntazam ko’payib boradi. 
Jamiyatda avlodlar almashinuvi, aholi sonidagi o’zgarishlar tug’ilish va 
o’lim jarayonlariga bevosita bog’liqdir. Tug’ilish va o’limning o’zaro farqi esa 
aholining tabiiy o’sishini belgilaydi. 
Yuqorida kayd etilganidek, keyingi 20-30 yil davomida dunyo aholisining 
kupayish sur’ati anchagina sekinlashdi. Bu jarayonniig asosiy sababi 
sayyoramizdagi qator davlatlarda tug’ilishning kamayib borishidir va u tarixiy 
jarayon bo’lib, xar bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy taqqiyot darajasi bilan bog’liq. 
Ma’lumki, insoniyat o’z taqqiyoti davomida bir necha ijtimoiy-iqtisodiy 
bosqichlarni bosib o’tgan. 
Tug’ilish darajasi jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham bir xil 
bo’lavermagan. Kapitalistik formatsiyagacha mavjud bo’lgan davrlarda tug’ilish 
biologik xarakterga ega bo’lgan, ya’ni cheklanmagan. Ko’pbolalik holati jamiyat 
tomonidan quvvatlangan. Buni xozirgi jamiyat taraqqiyoti bosqichida yashab 
tasavvur qilish qiyin. Masalaning tub moxiyatiga nazar tashlansa, bu o’tmish 
zamonlardagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bevosita bog’liqdir. Quldorlik 
davrida ham, feodalizmda ham ko’pbolalikdan xar bir oila va shu bilan birga 
jamiyat ham manfaatdor edi. Nega shunday? Eng avval oilada bolaning iqtisodiy 
o’rni nisbatan yuqori edi. Kupgina mamlakatlarda oila yumushlarida, 
xunarmandchilikda, dexkonchilikda va chorvachilikda bolalar mehnatidan 
foydalanilgan. Oilada iqtisodiy daromadining bir qismi bevosita bolalarning 
mehnati orkali yaratilgan. Demak, bola mehnati milliy daromadning ma’lum 
ulushini tashqil etgani sababli, u jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlangan. Xatto, 
ba’zi davlatlarda, masalan, Rossiyada dexqonlarga ishlash uchun beriladigan er 
ham bolalar soniga qarab taqsimlanardi. Bunday sharoitdafarzand tug’ishda 
iqtisodiy taraqqiyotbo’lmaydi. Shunday holatlar ham tug’ilishning kamayib 
ketishnga olib keladi. Umuman olganda, kakitalistik munosabatlarniig keng 


tarkalishi va rivojlanishi onlaning farzandlarga bo’lgan ham iqtisodiy, ham 
ma’naviy extiyojini pasaytirib yuboradi Fikrimizning dalili sifatida rivojlangan 
kapitalistik davlatlardan biri AQSh oilalaridagi tug’ilish kursatkkchlariga murojaat 
qilsak. Agar 1950 yil xar bir Amerika oilaridao’rtacha 3-4 tadan bola tug’ilgan 
bo’lsa, 1970 yil bu kursagkich 3 tagakamaydi. Keyingi vaqtlarda AKShda 
farzandsiz oilalarko’payib bormoqda. Bu davlatda o’tkazilgantadqiqotlar 
ko’rsatishicha, ko’pchilik oilalarda faqat bittadan farzand bo’lgan, ularning 44 % 
kutilmaganda, 15% esa hohlamagan xolda tug’ilgan ekan. Mutaxassislar bu 
axvolni "Amerika oilasida inqiroz" deb atashmokda. Bu inqiroz Amerika Qo’shma 
Shtatlari uchun muammomi, yukmi? U ni shu davlat axolisining taraqqiyot 
tarixidan kelib chiqib aniqlamok lozim. 
Shunday qilib, biz yuqorida jahon mamlakatlari oilalarida tug’ilish 
jarayondagio’zgarshilar bilan tanishib chikdik. Ma’lum bo’ldiki, xozirgi vaqtda er 
yuzasi xalklarning tug’ilish jarasni bir xil emas ekan. Bir toifa mamlakatlarda 
oilalarni, tug’lishi juda kamayib ketgan bo’lsa, ikkinchi toifa xilida judayuqori. Bu 
xol yuqorida ayttshganldek, turli ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog’liq. 
Dunyo aholisi sonining o’zgarishida o’lim ham asosiy omilhisoblanadi. 
Aholi o’limi jamiyat rivojlanishi davomida katta ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida 
sodir bo’lib kelgan. Moddiy shart-sharoitlarning yaxshilanib borishi o’lim 
xollarining kamayishiga, aksi esa kupayishiga sabab bo’lgan.Sog’liqni saklash 
tizimining rivojlanishi, aholiga tibbiy xizmatko’rsatish darajasining oshib borishi 
ham o’limga bevosita ta’sir etuvchi omillardandir. Shuningdek, tug’ilish biologik 
imkoniyat darajasida bo’lganda, ko’pbolalilik an’analari rivojlangan davrlarda 
tug’ilgan farzandlar orasidagi davr, muddat (protogenetik davr: nikoxga kirgandan 
birinchi farzand tug’ilguniga qadar o’tgan vakt; intergentik davr: birinchi va 
ikkinchi, ikkichi uchinchi, uchinchi va to’rtinchi va x.k. farzandlar tug’ilishi 
orasidagi davr) qisqa (1,2-2 yil) bo’lgan xollarda ham go’daklar, onalar o’limi 
yuqoribo’ladi. 
XX asr 50-yillariga qadar dunyoning barcha xududlarida hamo’limyuqori 
darajada edi. Ushbu davrga qadar aholi o’limidako’proq ekzogen (tashqi muxit 


ta’siridagi omillar: urushlar, epidemiyalar, baxtsiz xodisalar, tabiiy ofatlar) omillar 
sabab bo’lgan. Aholining juda ko’p qismi, ayniqsa Osiyo, Afrika xududlarida 
yuqumli infektsion kasalliklardan bolalik davrida ko’z yumishgan. Kadimda er 
sharidago’daklar va ayollar o’limi ayniksa, yuqoribo’lgan. Ko’pchilik ayollar 
farzand ko’rish davrlarida turli kasalliklar ayniksa,qon yo’qotish tufayli xalok 
bo’lganlar. Markaziy Osiyo davlatlarida XIX asr oxiri XX asr boshlarida xar 1000 
ta tug’ilgan chaqaloqlardan bir yoshgacha bo’lgan davrda 300-400 tasi, ba’zi 
davrlarda esa 500-600 tasi nobud bo’lgan. Kadimda aholi o’limining yuqoriligi, 
kayd 
etilganidek, 
aholining 
turmush 
darajasiga, 
tibbiy 
xizmatlarning 
etishmasligiga, aholining ma’lumotlik darajasining pastligiga, farzandlar 
tug’ilishining yuqoriligi va farzandlar tug’ilishi orasidagi davrning nisbatan 
qiskaligi kabi omillar bilan bog’liq edi. 
Umuman, sayyoramiz aholisida oilalardafarzanddar soni o’rtacha 4,1 dan to 
7,0 gacha, ba’zi xollarda esa undan ham yuqoribo’lgan. Tug’ilishi eng yuqori 
sanalgan davlatlar Afg’oniston, Gvineya-Bisau va Niger bo’lib, ularda 
tug’ilishningyig’indi koeffitsient 7.1-7,7 ni va Yamanda 6,7 ni, Mali va Kongoda 
6,2 ni tashkil etadi. Ushbu davlatlardagi oilalarda tug’ilish darajasining bunday 
yuqoribo’lishiga olib keluvchi qator omillar mavjuddir. Ulardan asosiylarn 
kuyidagilar: yukorida aytib o’tilgandavlatlar, asosan, iqtisodiy jixatdan 
rivojlanayotgan davlatlarbo’lib, ayniksa,

ayollarning malumotlilik darajasi nisbatan past;

ko’p bolalashni qo’llab-quvvatlovchi ananalar ko’proqsaqlanib 
kolgan;

ayollar ijtimoiy ishlab chiqarishda kam ishtiroqetgan; 

shahar turmush tarzining shakllanishn sust; 

tug’ilishni cheklash xaqida tushunchalar va ung’a kerakli tibbiy 
vositalar keng tarqalmagan. 
Ta’kidlab o’tish lozimki, tug’ilish darajasining yuqoriligi, bazi demografik 
oqibatlarni keltirib chikardi. Jumladan, aholining soni tez kupaya borib, ko’plab 
yangi oilalar vujudga keladi. Aholi tarkibida bolalar soni yuqori bo’ladi. Bu 


demografik oqibatlar esa o’z o’rnida qator ijtimoiy-iqtisodiy muammmolarga 
sabab bo’ladi. 
Tug’ilishi yuqori bo’lgan davlatlarda keyingi 15-20 yil ichida aholi soni 
yiliga 2,5-3,2 foizdan ko’payib bormokda. Bugungi kunda 40 dan ortik davlatda 
tug’ilishning yig’indi koeffitsienti 4,1-7.5 tashkish etmokda. Shuni alohida qayd 
etish lozimki, keyingi 10 yil ichida dunyodagi tug’ilish yuqori bo’lgan davlatlar 
soni kamaydi. 1989 yili bunday davlatlar goni 79 ni tashkil etganbo’lsa, 2015 yili 
ularning soni 27 taga kamaydi va 42 tani tashkiletdi. Agar 1989 yili ushbu 
davlatlarda istiqomat etuvchi aholi salmog’i dunyo aholisining 23 foizini tashkil 
etgan bo’lsa, 2015 yilga kelib, bu ko’rsatkich deyarli 14 foizni tashkil etdi. 
Ba’zi joylarda davlat tomonidan olib borilayotgak tug’ilishni cheklashga 
karattgan demografik siyosat ham tug’ilishning kamayishiga olib kelmokda. Buni 
Osiyoning eng yirik davlatlari - Xitoy va Xindiston misolida ko’rish mumkin. 
Xitoyda oiladagi bolalar sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. 1970 
yillardan boshlab, aholi o’rtasida tug’ilishni kamaytirish uchun qator tadbirlar 
qo’llana boshlandi, natijada Xitoyda tug’ilish keskin kamaydi. BMT 
ma’lumotlariga qo’ra ,1970-1974 yilllardahar bir ayol o’zining farzand ko’rish 
davrida o’rtacha 4,8 farzand ko’rgan bo’lsa, 1986-1990 yillarda 2,1, 2005 yili 1,7 
tadan farzand ko’rishgan. 
Hindistonda ham tug’ilish davlat tomonidan nazorat qilinadi. Oilada bolalar 
sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. Bu masala yuzasidan bir qancha 
tashqilotlar maxsus tadqiqot olib boradilar. Ular jumlasiga oilani rejalashtirish 
assotsiatsiyasi, Xindiston tibbiyot assotsiatsiyasi, Xindiston Kdzsh yarim oy 
jamiyati kabi tashqilotlar kiradi. 
Xindistonda tug’ilishning kamayishiga aholi savodlilik darajasining oshishi ham 
ta’sir etmokda. Masalan, 1971 yili Xindiston aholisining 29,4 % savodli edi. 
Xozirgi davrda 40 % dan yuqori aholi savodlidir. 
Tug’ilishni nazorat kilish hamda xalkning savod darajasini ko’tarish, 
tibbiyotni 
rivojlantirish 
natijasida 
Xindiston 
davlati 
tug’ilishni ancha 


kamaytirishga erishgan. Masalan, 1970-2005 yillarda xar bir ayol o’z umri 
davomida ko’rgan farzandlari soni 5,4 dan 2,9 gacha kamaydi. 
Ma’lumki, Osiyo aholisining 70 % dan kuprogini Xitoy va Xindiston aholisi 
tashqil etadi. Shuning uchun Xitoy va Xindistonda tug’ilishning nisbatan 
kamayishi butun Osiyo buyicha tug’ilish ko’rsatkichiga ta’sir qildi. 1970-2005 
yillarda tug’ilish Osiyoda deyarli 2 barobar kamaydi va tug’ilishning yig’indi 
koeffitsienti 2005 yilda 2,4 ni tashqil etdi. 
Shunday kilib, sayyoramizda istiqomat kiluvchi aksariyat xalqlarda XX asr 
ikkinchi yarmidan boshlab, tug’ilish keskin kamaya boshladi. Dunyodagi 
davlatlarni tug’ilishning bugungi holatiga qarab shartli ravishda uch guruxga 
ajratish mumkin: 

tug’ilishning yig’indi koeffitsienti 2,1 dan past bo’lsa, tug’ilish 
darajasi past sanaladi; 

2,1-4,0 bo’lsa, tug’ilish darajasi o’rtacha bo’ladi; 

4,1 va undan yuqori bo’lsa, tug’ilish darajasi yuqori hisoblanadi.
Ushbu demografik mezonga asosan dunyo davlatlarini tug’ilish holati 
buyicha guruxlarga ajratish mumkin.
Birinchi guruh - tug’ilish darajasi yuqori bo’lgan davlatlar: Afrika davlatlari 
(Misr, Tunis, Moris va Seyshel orollaridan tashqari), Osiyo va Janubiy 
Amerikadagi qator davlatlardahamxar bir oila bolalar sonining ko’payganidan 
manfaatdor bo’lgan. 
Sayyoramizda tug’ilishning xududlar buylab farq kilishi, avvalo, ma’lum 
davlat aholisining moddiy va madaniy turmush darajasi, ayollarning ijtimoiy ishlab 
chiqarishda bandligi hamda shu davlat xalkining asrlar davomida shakllanib, 
saklanib kelayotgan milliy urf-odatlari va dini bilan bog’liq. Bulardan tashqari, 
tug’ilishga aholining jins va yosh bo’yicha taqsimlanishi, nikohdan o’tish va 
ajralishi kabi demografik omillar, psixologik omillar, tibbiyotning rivojlanishi 
hamda xar bir davlat tomonidan olib borilayottan demografik siyosat ham tasir 
qiladi. 


Yuqorida kayd ztilganidek, umuman, statistik ma’lumotlarga qaraganda, 
keyingi 20-25 yil ichida dunyoning deyarli hamma qismida tug’ilishning kamayib 
borishi kuzatilmokda.
O’lim jarayoni XX asr ikkinchi yarmi - XXI asr boshlarida 2-2,5 marta 
kamaygan. Xozirgi davrda o’limga endogen omillar (organizmning qarishi va 
uning kasallanishi tufayli sodirbo’lgan ichki muxit omillari). Bu xol, albatta, 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, turmush tarzishshg yaxshilanishi, aholi 
tibbiy xizmat ko’rsatishning oshib borishi bilan bog’liq.
Aholi o’limining umumiy koeffitsienta buyicha eng yuqori ko’rsatkich 
rivojlanayotgan davlatlarda (Serra-Leone - 29 ‰, Botsvana - 26‰, Mozambik - 23 
‰). Ushbu kursatkichlar aholi o’limining umumiy koeffitsientiga aholi yosh 
tarkibining bevosita ta’sirini yaqqol ifodalaydi. 
Aholi o’limi buyicha anik ma’lumotlarni, aholining turli yosh guruxdari 
buyicha aloxida hisoblangan umumiy koeffitsientlari hamda aholining kutilayotgan 
o’rtacha umr ko’rishi ko’rsatkichlari orqali aniqlash maqsadga muvofivdir. 
Kutilayotgan o’rtacha umr ko’rish muddati yangi tug’ilganlar uchun 
hisoblanadi. Bu holdatug’ilgan bolalarni ulg’ayib borishida yoki bir yosh 
guruxidan ikkinchi yosh guruxiga o’tishda shu yosh guruhlarida o’rganilayotgan 
davrdagi o’limholati hisobga olinadi. Olingan natija aholi o’rtacha umr ko’rish 
muddatini hisobi bo’lib xizmat qiladi. Masalan, Rossiyada 1993 yil o’g’il bolalar 
uchun go’daklar o’limi 20,0 ‰ edi. Demak, tug’ilgan 1000 ta boladan 20 tasi 1 
yoshgacha yashamaydi. Ikki yoshli o’g’il bolalarda esa shu yili o’lim extimoli 6 
kishini tashqil etgan. Ko’rinib turibdiki, 1000 ta tug’ilgan boladan 1 yoshga 980 
tasi, 2 yoshga esa 974 tasi vafot etdi. Ana shunday usul bilan avlodning oxirigacha 
umr ko’rish extimoli hisoblab chiqiladi.Yuqorida kayd etilganidek, oldingi asrda 
aholi o’rtacha 30-35 yil umr ko’rgan. Xozir esa bu ko’rsatkich ikki barobarga 
oshgan. 2005 yilda aholi umr ko’rishi bo’yicha eng past kursatkichlar Markaziy va 
Janubiy Afrika davlatlarida kuzatilmoqda (erkaklar 42-44, ayollar 45-46 yosh). 
Olimlarning hisoblashlaricha, yaqin yarim asr ichida sayyoramiz aholisi soni 
qariyb ikki baravar oshganidan keyin, tug’ilish va o’lim ko’rsatkichlari barcha 


mamlakatlarda umuman tenglashadi. Demografik o’sish nazariyasi go’yo 
insoniyatga resurslar etmay qolishi mumkinligi to’g’risidagi vahimali bashoratlarni 
rad etadi. Ovqatlanish bo’yicha xalqaro tashqilotning ma’lumotlariga qaraganda, 
mavjud resurslar bilib ishlatilsa, 20—25 mlrd odamni boqishga bemalol etadi. 
Ya’ni, olimlarning hisoblariga ko’ra, ular sayyoramizda yashaydigan odamlarning 
eng ko’p miqdoridan ham ko’proq miqdordagi odamlarni boqishga etarlidir. 
Er kurrasi aholisi hozirgi kunda juda yosh, ayniqsa rivojlanayotgan 
davlatlarda va bunday yosh tarkibi mehnatga layoqatli bo’lmagan aholini boqish 
sezilarli darajada iqtisodiy xarajatlarni talab qiladi. Masalan, 15 yoshgacha bo’lgan 
bolalar rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy aholining tahminan 40%, 
rivojlangan davlatlarda esa 21% tashqil qiladi. Shuning uchun rivojlanayotgan 
davlatlardagi ishlayotganlar rivojlangan davlatlardagiga qaraganda ikki barobar 
ko’proq bolani ta’minlashlari kerak. Hozirgi kunda Shvetsiya va Buyuk Britaniya 
aholisining tahminan 65 % mehnatga layoqatlilarni tashqil qiladi, ishlayotganlar 
Shvetsiyada 18% va Buyuk Britaniyada 19% aholinimehnatga layoqatli bo’lmagan 
yoshlarni qo’llab-quvvatlashi kerak. Bu mamlakatlarda asosiy muammolar tabiiy 
o’sish darajasining pastligi va 65 yoshdan yuqori bo’lgan qariyalar bilan bog’liq 
bo’lib, ular aholining 16-18% tashqil qiladi.
2050 yilga borib Italiya, Yaponiya, Rossiya kabi mamlakatlar aholisi 
qisqaradi, Buyuk Britaniya aholisi hozirgi darajada qoladi. Mali, Saudiya 
Arabistoni va Nigeriyada shu davr ichida aholi soni 3 baravar, Misr va Keniyada 2 
baravar oshadi. BMT mutahassislari rivojlangan mamlakatlarning aholisi 
umuman 2050 yilga borib 1,8 mlrd kishidan 1,16 mlrd kishigacha qisqaradi, 
rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi esa 4,57 mlrd kishidan 8,2 mlrd 
kishigacha ko’payadi deb hisoblamoqdalar. 
Barcha zamonaviy demografik jarayonlar orasida aholi keksayishi jarayoni 
junroq o’lchanadigan, tahminlar qilinishi qulayroq va aslida, o’z oqibatlariga ko’ra 
xavfliroq bo’lgan jarayondir. Aholi keksayishining sababi ikki xildir. Bir 


tomondan, bu - tug’ilish kamayishi bo’lib, buning oqibatida bolalar va yoshlar 
ulushi qisqaradi. Ikkinchi tomondan, - umr uzunligining oshishidir.
Aholining keksayishi bir qator iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. Birinchidan,yoshi keksa odamlar ulushining oshishi o’z navbatida aholining 
iqtisodiy faolligi pasayishiga olib keladi. Odamning yoshi qanchalik katta bo’lsa, 
maxsuldorligi shunchalik past bo’ladi, deb hisoblanadi. 
Ikkinchidan, aholining keksayishi iqtisodiyotda yoshlar ulushi kamayishini 
anglatadi, bu esa, ayrim tadqiqotchilarning fikricha, ish bilan band aholi kasb-malaka va 
tarmoq tarkibining o’zgarishi jarayoni va, binobarin, iqtisodiyot samaradorligi oshishini 
sekinlashtiradi. 
Iqtisodiy 
samaradorlik 
oshishining 
sekinlashishi 
aholi 
xarakatchanligining pasayishi bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. 
Uchinchidan, pensiya fondlari zimmasiga pensiyalar to’lash xarajatlarining 
benihoya og’ir yuki tushadi, zero, pensionerlar ulushi ko’payishi bilan bir yo’la pensiya 
fondlariga mablag’ to’lab boradigan ishga qobiliyatli aholi salmog’i qisqaradi. 
To’rtinchidan, nochor qariyalarga yordam ko’rsatishi lozim bo’lgan davlat 
ijtimoiy xizmatlariga ish ko’payadi, qariyalarni parvarish qilish uchun to’lov kabi 
muammolar ko’payadi. 
Beshinchidan, yoshi qaytgan kishilarga tibbiy xizmatlar ko’rsatish uchun 
qo’shimcha mablag’ sarflash, 

Yüklə 78,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin