Жаxон географияси маърузалар



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Avstraliya Ittifoqi. 
 
Avstraliya so’zi “janubiy” ma’nosini bildiradi. Haqiqatan ham u janubiy yarim 
sharda joylashgan. Eng kichik materik. Maydonining kattaligiga ko’ra u dunyoda 


134 
6-o’rinda turadi (7,750 000 km

). Avstraliya maydoni shimoldan janubga 3200 
km, g’arbdan sharqqa 4100 km ga cho’zilgan. Iqtisodiy geografik o’rnida uning 
AQSH, Yaponiya, Horijiy Yevropa davlatlaridan uzoqda joylashganligi 
noqulayroq. Masalan: AQSH dan 11-15 ming km uzoqda joylashgan. Lekin 
hozirgi zamonaviy dengiz va havo transporti bu to’siqqa barxam bermoqda. 
Avstraliya iqlimiy jihatidan subekvatorial, tropik va subtropik mintaqalarda
joylashgan. Iqlimi quruq tropik, sharqiy sohillari esa nam tropik. Buning sabablari 
: Asosiy daryosi Murrey (Darling bilan). 
Foydali qazilmalarga boy. Asosan temir rudasi, mis, titan, nikel, uran, boksit, 
oltin, olmos, ko’mir kabilar. Masalan: 
Temir rudasi qazib olishda dunyoda 3-o’rinda (yiliga 110 mln t.); 
Marganes qazib olishda 3-o’rinda; 
Boksit qazib olishda 1- o’rinda; 
Nikel qazib olishda 3-o’rinda; 
Qalayi va rux qazib olishda 2-o’rinda; 
Mis qazib olishda 9-o’rinda. 
Ko’mir qazib olishda 6-o’rinda (yiliga 210 mln t.) 
Olmos qazib olishda 1-o’rinda turadi. 
Aholisi 19,9 mln (2003 y), 20,6 mln (2006 y) kishi yashaydi. Tug’ilish 
koeffisienti 13 ‰, o’lim 7 ‰ . 15 yoshgacha bo’lganlar jami aholining 20 % ini, 
64 yoshdan o’tganlar 13 % ini tashkil etadi. O’rtacha umr 77-82 yosh. 1 ayolga 
1,7 bola to’g’ri keladi. YAMD 24630 $ (2001y). 
Avstraliyani 1606 yil golland sayyohi V. Yanszon kashf etgan. Yevropaliklar 
XVIIIasr oxiridan (1788 yil Sidneyga) ko’chib kela boshlagan. Aholisining 77 % 
ini Buyuk Britaniyadan ko’chib kelganlarning avlodlari, qolganini Yevropaning 
boshqa xalqlari, metislar va aborigenlar (50 000 kishi) (250 ming kishi aborigen 
va metislar) tashkil etadi. Aholisining tabiiy ko’payishi past. Aholisining 
hozirgacha migrasiya (yiliga 100-150 ming) katta ta’sir etmoqda. Aholisining 
o’rtacha zichligi 2,5 kishi bo’lib, u juda notekis joylashgan. Masalan: avstraliya 
maydonining 65 % ida mamlakat aholisining 1 % i, mamlakatning janubi-sharqini 
egallagan 10 % maydonida 91 % aholi yashaydi. Eyr ko’li atrofida doimiy aholi 
umuman yo’q, lekin janubi-sharqiy sohillarida 1 km

joyga 250 tagacha odam 
to’g’ri keladi. 
Urbanizasiya darajasi materiklar bo’yicha eng yuqori, ya’ni 86 % (91%) 
tashkil etadi. Millioner shaharlari 5 ta: Sidney (3,7 mln), Melbrun, Brisben, Pert, 
Adelida. 
Avstraliya hududidan Buyuk Britaniya dastlab surgunchilar uchun joy 
sifatida foydalangan. XIX asrning 50-60 yillarida oltin konlarini ochilishi 
avstraliyaga aholini kelishini kuchaytirdi. 1901 yil Avstraliyadagi mustamlakalar 
birlashtirilib avstraliya Ittifoqini tashkil etdi. 1931 yildan boshlab Avstraliya 
mustaqillik statusini oldi. Avstraliya ittifoqi – federativ davlat bo’lib, hozirda u 6 
ta shtat va 2 ta xududdan tashkil topgan. Buyuk britaniya Hamdo’stligi tarkibiga 
kiradi. Asosiy siyosiy partiyalari: 
1.Avstraliya leyboristik partiyasi (1891 yil). 
2.Avstraliya milliy-agrar partiyasi (1916 yil). 


135 
3.Avstraliya sosialistik partiyasi (1972 yil tashkil topgan). 
Avstraliyani jahonda tutgan o’rni: maydonining 5,2 % ini, aholisining 0,3 % 
ini, IYAD ni 1,2 % ini, eksport mahsulotlarining 1,1 % ini o’z ichiga oladi. 
Avstraliyada mahalliy xom-ashyolarga asoslangan holatda tog’-kon sanoati, 
metallurgiya mashinasozlik, engil va oziq-ovqat sanoatlari yaxshi rivojlangan. 
Avstraliyada AES lar yo’q. Asosan IES lar qisman GES lardan yiliga 200 
mlrd kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 
Mamlakatda yiliga 30 mln t. dan ortiq neft qazib olinadi.lekin u ehtiyojni 
qondirmagani uchun OPEK davlatlaridan neft sotib olinadi. 30 mlrd m

dan ortiq 
tabiiy gaz qazib olinadi va uni Yaponiyaga eksport qiladi. Yiliga 240-250 mln t. 
ko’mir qazib oladi (Nyukasl, Yangi J.Uels)va ortiqchasini asosan Yaponiya va 
Horijiy Evropaga eksport qiladi. Mamlakatda yiliga 10 mln t. atrofida po’lat 
quyiladi. 300 ming donadan ortiq engil avtomashinalar ishlab chiqariladi. 
Engil sanoatining ip-gazlama, jun-gazlama va ko’n-poyabzal tarmoqlari 
rivojlangan. Eng yirik to’qimachilik korxonalari Sidney, Adelida, melburn, pert 
shaharlarida joylashgan. Neftni qayta ishlash va baliq konserva sanoati dengiz 
bo’yidagi port shaharlarda rivojlangan. Eng yirik sanoat markazlari: Sidney va 
Melburn; yiriklari: Brisben, Adelida, Pert, Kanberra, Nyukasl. 
Qishloq xo’jaligi. Mamlakatda 500 mln gektardan ortiq erlardan qishloq 
xo’jaligida foydalaniladi. Qishloq xo’jaligidagi etakchi tarmoq chorvachilikdir. 
Avstraliyada 30 mln bosh qoramol, 150 mln bosh qo’y (Xitoydan keyin 2-
o’rinda), 2,5 mln bosh cho’chqa boqiladi. Mamlakatda yiliga o’rtacha 4 mln t. 
go’sht, 8 mln t. sut tayyorlanadi. Avstraliya “shipsteynz”larida merinos qo’ylari 
boqiladi. 
Mazkur davlatda yiliga 800 000 t.dan ortiq mayin qimmatbaho jun 
etishtiriladi.
Avstraliyada yiliga 20 mln t. dan ortiq g’alla etishtiriladi, uni 16 mln t. sini 
bug’doy tashkil etadi. Avstraliya bug’doy eksporti bo’yicha dunyoda AQSH, 
kanada, Fransiyadan keyin 4-o’rinda turadi. Bug’doyni asosan Xitoy va Janubi-
G’arbiy Osiyo davlatlariga eksport qiladi. Avstraliyada yiliga 200 000 t. dan ortiq 
paxta tolasi etishtiriladi. Paxta etishtirish bo’yicha avstraliya dunyoda 10-o’rinda 
turadi. Paxta tolasi avstraliyani o’zida qayta ishlanadi. 
Transporti. Avstraliya jahonda temir yo’llarning uzunligi bo’yicha (6-o’rin) 
ham, avtoyo’llarning uzunligi bo’yicha ham 1- o’nlikka kiradi. Temir yo’llarning 
umumiy uzunligi 41 ming km, avtoyo’llarning uzunligi 900 000 km. mamlkat 
ichida yuk va yo’lovchi tashishning ¾ qismi avtotransportga to’g’ri keladi. Yuk 
aylanmasining asosiy qismi dengiz transporti hissasiga to’g’ri keladi.
Eng yirik universal dengiz portlari: Sidney, Pert, Gladston, Dampir. Ko’mir 
va ruda porti port-Xedlend.
Tashqi savdo aylanmasi 50 mlrd $ ni tashkil etadi. Uning 60 % i eksportga, 
40 % i importga to’g’ri keladi. Asosiy savdo sheriklari: AQSH, Yaponiya, G’arbiy 
Evropa, Buyuk Britaniya. Keyingi paytlarda Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo 
davlatlarining tashqi savdodagi o’rni o’sib bormoqda. 


136 
Asosiy eksporti: ko’mir, tabiiy gaz, temir, alyuminiy, uran, mis, nikel, 
marganes, bug’doy, shakarqamish, engil sanoat mahsulotlari, charm, go’sht, sut, 
yuqori texnologiya sanoat mahsulotlari. 
Asosiy importi: mashina va jihozlar, sanoat mahsulotlari, neft, ximiya sanoati 
mahsulotlari. 
Pul birligi – Avstraliya dollari. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin