Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Amerika Qo’shma Shtatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Amerika Qo’shma Shtatlari. 
 
AQSH maydoniga ko’ra dunyoda 4- o’rinda turadi (9529 mln km
2
). U 
tarkibiga ko’ra 3 qismdan iborat: AQSH ning asosiy qisim, Alyaska, Gavayi 
orollari. Iqtisodiy geografik o’rni juda qulay. 12 ming km masofada 2 okean 
orasida joylashganligi, Kanada va Meksika bilan chegaradoshligi va h.k. AQSH 
ning Karib havzasi (Puerto-Riko, Virgin orollar) va Tinch okeanida (Sharqiy 
Samoa, Guam) bir qator orollar va vosiylikdagi territoriyalaridan: Marshal, 
Mikroneziya, Palau kabilar 1990-95 yillari mustaqil davlatlarga aylandi, lekin 
Mariana orollari hamon vosiy. AQSH ning chekka janubiy subekvatorial, asosiy 
qismi subtropik, shimoliy qismi mo’tadil iqlim mintaqasida joylashgan. AQSH da 
barcha foydali qazilmalar uchraydi, ayniqsa toshko’mir, neft, gaz, uran, 
alyuminiy, mis, oltin va h.k.


126 
Aholisi 266 mln (1998 y), 291,5 mln kishi (2003 y) bo’lib, aholi soniga ko’ra 
dunyoda 3- o’rinda turadi. Tug’ilish koeffisienti 14 ‰, o’lim 9‰ . 15 yoshgacha 
bo’lganlar jami aholining 21 % ini, 64 yoshdan o’tganlar 13 % ini tashkil etadi. 
O’rtacha umr 74-80 yosh. 1 ayolga 2 bola to’g’ri keladi. YAMD 34280 $ 
(2001y).AQSH aholisini asosan Yevropadan ko’chib kelganlar, Afrikadan qul 
qilib olib kelingan negrlar tashkil etar edi. Hozirda aholisining 95 % ini AQSH da 
tug’ilganlar tashkil etadi. Hozirda negr aholi 29,2 mln kishini (12%) ispan tilida 
so’zlashuvchi amerikaliklar 17 mln, indeyeslar esa 1,4 mln kishini tashkil etadi.
Davlat tili ingliz tili.
Ma’lumki, XVI asrda SHimoliy Amerika Ispaniya, Angliya, Fransiya 
mustamlakasi edi. XVII asrning 1- yarmida negrlar keltirilgan. AQSH – rasmiy 
jihatidan 1776-yil Angliyaning 13 mustamlakasini birlashishidan tashkil topgan. 
AQSH da 50 ta shtat va 1ta federal okrug (Kolumbiya) dan tashkil topdi. 
Aholisining o’rtacha zichligi 1 km

ga 30 kishi. AQSH uchun shahar 
aglomerasiyalari xos xususiyat bo’lib, hozirda AQSH da 7 ta millioner shahar va 
40 ta millioner aglomerasiyalar mavjud. Ularda AQSH aholisining yarmi 
yashaydi. AQSH uchun megopolislar xosdir. Davlat tuzumiga ko’ra – AQSH 
federativ respublika. Ikkinchi jahon urushidan keyin 1990 – yillargacha AQSH 
dunyoda militarizmning markazlaridan biri bo’lgan va bir qator harbiy-siyosiy 
bloklarga bosh bo’lgan. Masalan, NATO, SEATO, ANZYUS, SENTO. 
AQSH da qonun chiqaruvchi organ – AQSH kongresi, kongres vakillar 
palatasi va senatdan iborat. Siyosiy partiyalari: 
1.
Respublikachilar partiyasi. 
2.
Demokratik partiya. 
3.
Kommunistik partiya. 
AQSH XIX asrning oxiridayoq sanoat mahsulotining hajmi bo’yicha Buyuk 
Britaniyadan o’zib ketib dunyoda birinchi o’ringa chiqib oldi va hamon birinchi 
o’rinda. AQSH sanoatning deyarli barcha sohalari bo’yicha dunyoda etakchi, ayniqsa 
aviaraketa – kosmos, hisoblash texnikasi, harbiy, AES lar quvvati va h.k. 
AQSH sanoati yuksak darajasi, ishlab chiqarish va xududiy konsenrasiyasi 
(to’planganligi) bilan ajralib turadi. Masalan, Michigan (avto), Kaliforniya (kosmos), 
Texas (kimyo), Arizona (makka) va h.k. AQSH da barcha sanoat tarmoqlari mavjud, 
lekin AQSH sanoatini avvalo avtomobilsozlik, aviaraketa-kosmos, elektrotexnika va 
neft sanoati belgilaydi.
AQSH qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning hajmiga ko’ra dunyoda etakchi. 
Masalan: g’alla yalpi hosilining 1/3 qismi, g’alla eksportining yarmiga yaqini AQSH 
ga to’g’ri keladi. 
AQSH barcha transport turlarining rivojlanganlik darajasiga ko’ra ham jahonda 
etakchi. 
Uning 
xarakterli hususiyatlari 
– 
transportning 
barcha turlarini 
rivojlanganligi, yuk va yo’lovchi tashish hajmining kattaligi, yuklarning uzoq 
masofaga tashilishi, avtotranspotning alohida mavqega ega ekanligi. Masalan: 90-
yillarda mamlakatda avtomobillar avtoparklarda 200 mln ga etdi. AQSH 
xo’jaligining xozirgi geografik qiyofasi uchun iqtisodining asosan okean bo’yi va 
ko’lbo’yida to’planganligi xosdir. Misol: uch megopolis mamlakat jami sanoat 
mahsulotining 60 % ini beradi. Mamlakat xo’jaligining rivojlanishiga tabiiy resurslar 


127 
xam katta ta’sir etadi. Misol: rivojlangan davlatlar orasida AQSH ko’mir, neft, tabiiy 
gaz, uran, temir, marganes, oltingugurt, fosforit va gidroenergiya zapaslari jihatidan 
1- o’rinda.
AQSH dehqonchiligida asosiy donli ekinlar 1- navbatda bug’doy ekiladi. Bug’doy 
jami ekin maydonining 2/3 qismiga ekiladi. Bundan tashqari makkajo’xori, oqjo’xori, 
soya, qand lavlagi, shakar qamish, sabzavot va mevalar muhim o’rin tutadi. AQSH 
chorvachiligidagi etakchi yo’nalishlar: sut-go’sht uchun qoramol, cho’chqachilik, 
parrandachilik (broyler) keng tarqalgan. 1994-yil AQSH da 101 mln qoramol (3-
o’rin), 54 mln cho’chqa, 10,4 mln qo’y bor edi. AQSH qishloq xo’jaligida yiliga 300 
mln t. dan ortiq boshoqli va dukkakli don (1986-yil 31,7 mln t) etishtiriladi. Shu 
jumladan 1986 –yil 56,8 mln t. bug’doy (O’zbekistonda yiliga 4,5-5 mln t.) 3,7 mln t. 
paxta tolasi etishtirilgan. (O’zbekistonda don mustaqilligini ta’minlash uchun 6 mln 
t.bug’doy kerak). 
AQSH da transport tarmoqlarining asosini kenglik va meridional yo’nalishdagi 
transkontinental magistrallar tashkil etadi. Temir yo’llarining umumiy uzunligi 
245 000 km, avtoyo’llar esa 5 mln km. 
AQSHda tashiladigan jami yukning 18,2 % i dengiz transportida, 25,4 % i avtomobil 
transportida, 30,3 % i temir yo’l transportida, 16,5 % i quvur transportida, 9,3 % i 
ichki suv transportida, 0,3 % i havo transportida tashiladi. 
AQSHda tashiladigan jami yo’lovchining 88,2 % i avtomobil transportida, 0,3 % i 
temir yo’l transportida, 11,3% i havo transportida, 0,2 % i boshqa transport turlarida 
tashiladi. 
AQSH 1990 yil yiliga 365 mln t neft (dunyoda 2-o’rinda) qazib olgan bo’lsa, 400 
mln t. chetdan sotib oldi (sotib olish bo’yicha dunyoda 2- o’rinda Yaponiya 160 mln 
t.). 90-yillari AQSH 500 mln m

qazib olgan (dunyoda 2-o’rinda) lekin sotib olishda 
1- o’rinda. 860 mln t. ko’mir qazib olgan (dunyoda 2-o’rinda) va chetga sotgan. 55 
mln t. temir qazib olgan va chetdan sotib olish hisobiga 98 mln t. (2001 y) po’lat 
eritgan (2-o’rinda). 
Asosiy eksporti: “kapital”, mashina va jihozlar, g’alla, ko’mir, sanoat 
mahsulotlari, to’qimachilik mahsulotlari, oziq-ovqat, qurol-yaroq, qishloq xo’jaligi 
texnikalari, samolyotlar (Boing), kemalar, sholi, paxta tolasi, tamaki. 
Asosiy importi : neft, tabiiy gaz, temir, shakarqamish, tabiiy kauchuk. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin