Жаxон географияси маърузалар


Janubi Sharqiy Osiyo davlatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Janubi Sharqiy Osiyo davlatlari. 
 
Bu regionga Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari hamda Malaya arxipelagida 
joylashgan 11ta davlat kiradi. Ular II-jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, Fransiya 
va Gollandiyaning mustamlakasi bo’lgan. Mazkur davlatlar 1989- yilgacha o’z 
mustaqilligini qo’lga kiritgan. Eng oxirida esa 2002 yil 20-may kuni Sharqiy Timor 
mustaqil deb e’lon qilindi.
Region xududi 4,4 mln km

bo’lib, er shari quruqlik maydoninig 3,1 % ini 
egallagan. Maydoniga ko’ra eng yirik davlatlari: Indoneziya (1,9 mln km

), boshqa 
davlatlarning birortasining maydoni 677 ming km

dan (Myanma) katta emas. 
Maydoning kattaligiga ko’ra eng mittisi Singapur (0,6 ming yoki 620 km

) bo’lib, 
uning maydoni Moskva shahari maydonining 2/3 qismiga teng. Singapur 
maydonining uzunligi 42 km, eni 22 km. Singapurdan tashqari Bruney (6000 km

), 
Sharqiy Timor (15 ming km
2
) kabi kichik davlatlar ham joylashgan. 
Indoneziya rspublikasi 13700 dan ortiq orollardan tashkil topgan. Iqtisodiy 
geografik o’rnining qklayligi avvalo regionning barcha mamlakatlarini (Laosdan 
tashqari) dengiz bo’yida joylashganligi;
− region mamlakatlarining bir-biriga qo’shni joylashganligi 


118 
− muhim dengiz yo’lari bo’yida joylashganligi 
Masalan Singapur ham Sharqiy, ham G’arbiy darvoza. 
Janubi-Sharqiy Osiyo iqlimiy jihatidan ekvatorial va subekvatorial mintaqalarda 
joylashganligi uchun yog’in-sochin mo’l. Shuning uchun o’simliklarga ayniqsa 
o’rmonlarga boy. Indoneziya va Filippin orollari birinchi darajali seysmik mintaqaga 
kirganligi uchun tez-tez kuchli zilzilalar bo’lib turadi (masalan, 2004 yil 26-
dekabrdagi sunamida 300 ming odam o’ldi) va harakatdagi vulqonlar ko’p (Apo, 
Karakatau, Slamet, Kerinchi).
Janubi-Sharqiy Osiyo foydali qazilmalarga boy. Ayniqsa, qalayi, neft-gaz, 
volfram, nikel, xrom kabilarga. Masalan: dunyoda xrom qazib olish bo’yicha Filippin 
5-o’rinda, nikel qazib olish bo’yicha Indoneziya 5-o’rinda, Filippin 7-o’rinda, mis 
qazib olish bo’yicha Filippin 8-o’rinda turadi. Malakka yarim oroli erning qalayi 
belbog’i nomini olgan bo’lib, bu erda er sharidagi eng yirik qalayi zapasi joylashgan. 
Bruney sultonligi OPEK ga a’zo, Indoneziya esa kuzatuvchi. 
Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarining boshqarilish shakli va davlat tuzumi xilma-
xil. Masalan: V
ь
etnam, Laos,M
ь
yanma, Indoneziya, Filippin, Singapur kabi davlatlar 
respublika, Bruney, Malayziya, Kambodja, Tailand kabi davlatlar monarxiya shaklida 
boshqariladi. M
ь
yanma va Malayziya federativ davlat tuzilishiga ega.
Aholisi. Janubi-Sharqiy Osiyoda 544 mln kishidan (2003y) ortiq aholi yashaydi. 
2006-yilda 565 mln kishiga etdi. Tug’ilish koeffisienti 22 ‰, o’lim 7‰ . 1 ayolga 2,7 
bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar jami aholining 31 % ini, 64 yoshdan 
o’tganlar 5 % ini tashkil etadi. O’rtacha umr 66-70 yosh. YAMD –3390 $. Janubi-
Sharqiy Osiyo davlatlari aholisi er shari aholisining 8,5 % ini tashkil etadi. Aholisi 
soniga ko’ra Indoneziya (220 mln), Filippin (82 mln), V
ь
etnam (81 mln), Tailand (63 
mln) , M
ь
yanma (50 mln) kabi davlatlar etakchi (2003). Aholisi soni eng kam 
bo’lgan davlatlar: Bruney (0,4 mln), Sharqiy Timor (0,8 mln) kabilardir. 
Region aholisi yiliga 9-10 mln kishiga ko’paymoqda. Eng yuqori tabiiy ko’payish 
V
ь
etnam, Laos, Kambodja, Filippinga to’g’ri keladi. Aholi ko’payishi shu holatda 
ketsa, 2025 yilga borib dunyodagi eng seraholi 11 davlat qatoriga Filippin va 
V
ь
etnam ham kiradi. Tug’ilish ko’rsatkichi eng yuqori davlatlar: Laos (36‰), 
Kampuchiya (28‰), Filippin . 
Tug’ilish ko’rsatkichi eng past bo’lgan davlatlar; Cingapur (11‰), Tayland 
(13‰).
Janubi-Sharqiy Osiyoda tug’ilish koeffisenti 22‰ ni tashkil etadi. 
Yoshlar salmog’i eng yuqori (43-44 %) bo’lgan mamlakatlar: Kambodja, Laos, 
Sharqiy Timor; eng kam bo’lgan davlatlar: Singapur, Tailand (21-23%). Janubi-
Sharqiy Osiyo davlatlari aholisining o’rtacha zichligi 1km

122 kishi bo’lgani 
holatda, Vetnam, Tailand, Filippinda 200 kishidan ortiq, Laos,Kambodja,Bruneyda 
35-40 kishi. Yava yarimorolida 2000 kishi va Singapurda 6653 kishini tashkil etadi. 
Ko’pchilik davlatlari ko’p millatlidir. Masalan: Indoneziyada 150 dan ortiq, 
Vetnamda 50 dan ortiq, Myanma va Tailandda30 dan ortiq xalq yashaydi. 
Urbanizasiya darajasi Singapurda 100%, qolgan barcha davlatlarda 40 % ga etmaydi. 
Millioner shaharlari jami 15 ta bo’lib, ular ichida eng yirigi Jakarta (9 mln). Hindi-
Xitoy aholisi asosan buddizmga, Malaya arxipelagi aholisi islom diniga e’tiqod 
qiladi. Dunyoda musulmonlar soni eng ko’p bo’lgan davlat Indoneziya. 


119 
Xo’jaligi XX asrning 70 yillariga qadar Janubi-Sharqiy Osiyo jahonning eng 
qoloq o’lkalaridan bo’lib kelgan. Shu yillardan keyin ichki iqtisodiy rivojlanish, 
tabiiy resurslar (tog’-kon) va chet el investisiyalari omillari ta’sirida region 
mamlakatlarida keskin o’zgarishlar ro’y bera boshladi.
Hozirda region mamlakatlari sanoatining rivojlanishiga ko’ra 4 guruhga bo’linadi: 
1.Yangi sanoatlashgan “Osiyo yo’lbarslari” davlatlari: Singapur, Tailand va 
Malayziya. Bu mamlakatlarda Yapon kapitali ta’sirida va mahalliy ishbilarmonlar 
faoliyati tufayli “iqtisodiy mo’jiza” lar ro’y bermoqda. Masalan: Singapur dunyodagi 
eng yirik savdo markazi, moliyaviy markaz, turizm markazi, industrial markaz (neftni 
qayta ishlash, kemasozlik, elektrotexnika) larga aylanib bormoqda. Malayziyada 
kondensionerlar, elektro va radio texnikalar, avtomashinalar va boshqa rezina 
buyumlar, maishiy texnika buyumlari, rangli metallurgiya sanoati; Tailandda tabiiy 
kauchuk buyumlari, rangli metallurgiya sanoati, mashinasozlik, engil sanoat 
rivojlanib bormoqda.
2. Neft-gaz sanoati rivojlangan davlatlar: Indoneziya va Bruney sultonligi.
Indoneziya yiliga 65 mln t.dan ortiq neft qazib oladi, 30 mlrd m

dan ortiq tabiiy 
gaz qazib oladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, neft – kimyo, 
tikuvchilik va to’qimachilik, qorametallurgiya sanoati, kauchuk va o’rmon sanoatlari. 
Eng yirik sanoat markazlari: Jakarta, Surabaya, Medon, Padang, Bandun shaxarlarida 
joylashgan.
Bruney sultonligida sanoat tarmoqlari rivojlanmagan bo’lib, u erda qazib 
olinayotgan neft (yiliga 8-10 mln t) va tabiiy gaz (10-13 mlrd m

) hom holatida 
eksportga chiqariladi. 
3. Industrlashtirish yo’lidan borayotgan davlatlar. Bu guruhda Vetnam aloxida 
ajralib turadi. Mamlakatda qorametallurgiya, mashinasozlik, to’qimachilik, oziq-
ovqat sanoatlari rivojlanib borayotgan bo’lsada, xo’jalikda oziq-ovqat va engil sanoat 
etakchidir. Yirik sanoat markazlari Xanoy va Xoshiminda joylashgan. Myanmada 
asosan sellyuloza – qog’oz sanoati, to’qimachilik, oziq-ovqat va rangli metallurgiya 
sanoatlari rivojlanmoqda. Yirik sanoat markazi Yangon shahrida joylashgan. 
Filippinda asosan tog’-kon sanoati (mis, xrom, temir, alyuminiy) engil va oziq-
ovqat sanoati rivojlanib bormoqda. eng yirik sanoat markazlari: Manila va Sebu 
shaharlari.
4.Sanoati juda sust rivojlangan davlatlar: Laos va Kambodja. Ularda asosan 
xunarmandchilik, zargarlik va qo’lda buyumlar yasash (savat, shlyapa). Bruney va 
Sharqiy Timorda zamonaviy sanoat yo’q. Janubi-Sharqiy Osiyoda oziq-ovqat sanoati 
muhim o’rin tutadi. Dunyo bo’yicha kokos yog’i ishlab chiqarish va uni eksport 
qilishda mazkur region etakchi bo’lib, bu sohada Indoneziya, Malayziya, Tailand 
davlatlari etakchi. Choy sanoati Indoneziya, Malayziya, Vetnamda ; qand-shakar 
sanoati Indoneziya, Malayziya, Tailand ; kofe sanoati Indoneziyada ; brouler xo’jaligi 
(akarashka) Tailand, Malayziya, Myanmada yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo’jaligi. Janubi-Sharqiy Osiyo qishloq xo’jaligi asosiy o’rnida oziq-
ovqat ekinlari turadi. Bunga sabab oziq-ovqat muammosini bu regionda xaligacha hal 
qilinmaganligidir. Regionning musson iqlimli joylarida, Mekong, Irovadi va Xongxa 
daryo vodiylarida sholikorlik rivojlangan. Bu erlarda yil bo’yi sholi etishtiriladi va 2-
3 marta hosil yig’ib olinadi. Indoneziyada jami ekin maydonining 2/3 qismiga, 


120 
Filippinda 90% iga sholi ekiladi. Mekong va Xongxa daryolarining deltalari 
Vetnamning “sholi savatchasi” (karzinasi) nomini olgan. Regiondagi asosiy sholi 
etishtiruvchi davlatlar:
Indoneziya (yiliga 45 mln t. dunyoda 3- o’rin).
Tailand (yiliga 21 mln t. 4-o’rin) 
Vetnam (yiliga 19 mln t. 6- o’rin) 
Myanma (yiliga 15 mln t.) 
Filippin (yiliga 8 mln t.) 
Shakarqamish etishtirish bo’yicha dunyoda indoneziya 7- o’rinda turadi. 
Mamlakatda yiliga 25 mln t dan ortiq shakarqamish etishtiriladi. Dunyo bo’yicha 
etishtiriladigan tabiiy kauchukning 85 % ini Janubi- Shraqiy Osiyo davlatlari, avvalo 
Indoneziya, Tailand, Malayziya uchligi beradi.
Myanma, Tailand, Laos chegarasida dunyodagi eng mashhur “oltin burchak” 
joylashgan.
Asosan Indoneziyada qisman Vetnamda kofe etishtirish rivojlangan. Region 
qishloq xo’jaligida yuqoridagilardan tashqarichoy, kakao, paxta, eryonhoq, tamaki, 
kokos va moyli palma etishtirish rivojlangan. Janubi-Shraqiy Osiyoda chorvachilik 
sust rivojlangan bo’lib, bu tarmoqdan faqat parrandachilik (broyler) yaxshi 
rivojlangan. Janubi-Sharqiy Osiyo dunyo bo’yicha YAIM 2,2 % ini beradi.
Transporti. Temir yo’l transporti eng rivojlangan davlatlar: Indoneziya (7 ming 
km
) va Myanma (5 ming km). avtomobil transporti va yo’llarining uzunligi ortib 
uning ahamiyati oshib bormoqda. indoneziya va Filippinda dengiz transporti 
rivojlangan. Regiondagi eng yirik dengiz porti Singapur (yiliga 115 -120 mln t yuk 
o’tkazadi) va Bangkok (60 mln t.) portlaridir. Xoshimin,Jakarta, Surabaya portlari 
kichikroq. Havo transporti xalqaro aloqalarda muhim o’rin tutadi. Eng katta aeroporti
Changi (Sing). Keyingi o’rinlarda Bangkok va Jakarta aeroportlari turadi. Janubi- 
Sharqiy osiyo tabiiy va tarixiy rekreasion resurslarga boyligi uchun keyingi paytlarda 
xalqaro turizm va dam olish tarmoqlari rivojlanib bormoqda.
Asosiy eksporti: neft-gaz, qalayi, volfram, nikel, mis, alyuminiy, xrom, 
radiotexnika, rezina buyumlar, elektrotexnika, kondisionerlar, sholi, kauchuk,kofe, 
kokos yong’og’i va yog’i, broyler, tropik mevalar, tamaki. 
Asosiy importi: mashina va jihozlar, kapital, bug’doy, sanoat mahsulotlari. Pul 
birligi: rupiya (Indoneziya), peso (Filippin), rentit (Malayziya), dollar (Singapur va 
Bruney), bat (Tailand), dong (Vetnam), riel (Kambodja), kip (Laos), kyat (Myanma).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin