74
tug`ilib, yoshligidanoq mashhur olim sifatida tanilgan Ulug`bekning roli va hissasi
nihoyatda buyukdir. Movarounnahrning va Xurosonning boy va serqirra madaniyati
rivojlanishida Ulug`bekning hissasi beqiyosdir. Ulug`bek o`tmishlari Ahmad
Farg`oniy, Farobiy, Muso Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino asarlarini o`qib urgandi.
Movarounnaxrning shaharlari xususan Samarqand, Buxorolarning madaniy, ilmu-
ma`rifat dargoxiga aylantirishga harakat qilgan. Uning farmoni bilan 1427 yilda
Buxoroda, 1417-1420 yillarda Samarqandda, 1433
yillarda esa, g`ijduvonda
madrasalar barpo qilingan. Buxoro madrasalarining peshtoqiga: «Bilim olish xar bir
muslim va muslimaning burchidir» degan kalima o`yib yozib quyilgan.
Samarqanddagi madrasa uz davrining dorilfununi edi. Ushbu madrasada iloxiyot
ilmlari: qur`on, hadis, tavsif, fiqx bilan birga riyoziyot, xandasa astronomiya,
tibbiyot, tarix, geografiya, ilmu-a`ruz (poetika), arab tili va uni morfologiyasi kabi
dunyoviy ilmlar uqitilar edi. Samarqanddagi madrasa ikki qavatli 50 xujrali bo`lgan.
Xar bir xujra 3 xonaga omborxona, yotoqxona, darsxonaga bo`lingan. Madrasada
SHamsiddin Muhammad Xavofiy etakchi olimlardan bo`lgan. Urta asrning mashxur
olimlari
qozizoda Rumiy, g`iyosiddin Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug`bek va uning
shogirdi Alouddin Ali qushchilar turli fanlardan dars berganlar.
XVI asrning mashhur adibi Zayniddin Vosifiyning yozishicha, 1420 yilda
madrasa ochilgan kuni birinchi darsni SHamsiddin Muhammad Xavofiy uqigan ekan.
Samarqandda Ulug`bek madrasalaridan tashqari Xonim, Feruzshoh, SHohmalik,
Xojibek Mirzabduvali va Qutbiddin Sadri nomlari bilan atalgan madrasalar bo`lgan.
Xoji Ubaydullox ham qutbiddin Sadr madrasasida saboq olgan va uzi ham Toshkent
va qobo`l shaharlarida madrasalar barpo etgan. Madrasalarda ayniqsa, Ulug`bek
madrasasida astronomiya faniga jiddiy e`tibor bilan o`aralgan. Madrasada kamida 15-
16 yillari taxsil kurib, uni dasturi buyicha asosiy fanlarni uzlashtirgan.
Imtixon
saboqlarida uz bilimlarini namoyish eta olgan. Tolibi ilmlarga «sanod-
shaxodatnoma» yozib berilgan. 1424-1428 yillarda Ulug`bek Samarqand yaqinida,
Obiraxmat anxori bo`yida rasadxona qurdirdi, doira shaklida qurilgan bu
ulkanimoratning aylanasi 47 metr, balandligi 31 metrga teng. Boburning yozishicha 3
qavatli bo`lgan bu binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan qoplangan. Binoning
ichki soxil sudi faxriy va koridorlar bilan 4 qismga ajratilgan. Xar bir qism bir necha
katta zallar mayda xonalarga bo`lingan. Xullas rasadxona ichki devorlarida koinotu
yer kurrasining umumiy manzarasi tasvirlangan bo`lib shu tufayli mavze maxalliy
axoli urtasida «Naqshi jahon» degan nom bilan shuhrat qozongan. Giyosiddin
Jamshid mutasaddiligida rasadxonaning asosiy o`lchov uskunasi ulkansekstant
urnatiladi. Ulug`bek rasadxona qoshida boy kutubxona tashkil qilgan. Bu
kutubxonada fanning deyarli xamma soxalariga tegishli qariyib 15 ming jild kitob
saqlangan. Manbalarda aniq kursatilganiga, qaramay Ulug`bek rasadxonasining
qaerda joylashgani uzoq vaqt noma`lum bo`lib keldi.
CHunki u asrlar davomida
qarovsiz qolib, so`ng, oddiygina tepalik manzarasini olgan edi. Arxeolog
V.L.Vyatkin 1908 yil Ulug`bek rasadxonasining xarobalarining topishida va uning
faxriy sekstanti yer osti qismini kavlab olishiga muyassar bo`ldi. Ulug`bek
Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratdi.
Samarqandda Ulug`bek raxbarligida barpo etilgan bu ilmiy dargox matematika,
ayniqsa astronomiya soxasida ilmiy dunyoda olamshumul ahamiyat kasb etgan
natijalarga erishdi. Rasadxonada olib borilgan kuzatish tadqiqotlar tufayli 1018 sobita
(quzg`almas) yulduzlarning urni va xolati aniqlanib, ularning astronomik jadvalini
75
tuziladi. Ulug`bek maktabining erishgan eng muhim yutuqlaridan biri matematika
soxasida bo`ldi.
Ular tomonidan uchinchi darajali yoyning sinusi aniqlandi. O`sha davrda aniq
fanlarning rivojlanishi ayni shu soxaga asarlarni yozilishi va nixoyat buyuk astronom
va matematiklar bilan fikr xamda yaqin munosabatlarda bo`lishi Ulug`bek maktabi
ilmiy faoliyati asosiy yo`nalishini belgilab berdi. Xullas, Samarqand rasadxonasida
olib borilgan kup yillik tadqiqotlarning samarasi SHarq
klassik astronomiyasining
nazariy va amaliy masalalarning uzida mujassamlashtirgan va unga yangi dalil-
isbotlar boyitgan shoh asar, Ulug`bekning «Ziji jadidi kuragoniy» nomli asar. Bu asar
1437 yilda yozib tugatilgan va ikki qismdan keng muqaddima va 1018 sobita
(quzg`almas) yulduzlarning urni va xolati aniklab berilgan jadvallardan iborat.
Ikkinchi qismida esa trigonometriya amaliy masalalariga bag`ishlangan. Bu asardan
tashqari «Tarixi arba`i ulus» (turt ulus tarixi) nomli tarixiy asar yozadi.
Unda turklarning ajdodlari, avlodlari, mo`g`ul qabilalari hamda CHingizxon
vafot etgandan so`ng tashkil topgan ulug` yurt Jo`ji, CHig`atoy, elxoniylar sharqi
astronomiyasining rivojlanishiga katta ta`sir kursatadi. XV asrda Samarqand va
Xirotda fan bilan birga me`morchilik, naqqoshlik, tasviriy san`at va adabiyot nixoyat
darajada taraqqiy etadi.
Ulug`bek davrida ayniqsa shaharlarga chiroy kirdi. SHu bilan birga
Samarqandning Registon maydoni shakllandi. 210-gumbazli Ko`kaldosh Jome`
masjidi qad ko`tardi.
Bo`lardan bizgacha faqatgina Ulug`bek madrasasigina saqlanib qoldi. YAna
bir yirik me`moriy kompleks SHoxizinda ansamblidir.
U peshtoqli ulkan gumbazli
ziyoratgoxdan iborat bo`lib, Koshinkor va bekiyos jilvali rango-rang parchinlar bilan
naqshlangan.
XV asrda Xirotda me`morchilik bir qatorda kitoblar san`ati, ya`ni qulyozma
asarlarini ko`chirib yozib va ular bilan bog`lik bo`lgan xattotlik, musavvirlik,
lavvoxlik, muqovasozlik san`ati ham nixoyat darajada taraqqiy etdi. Kitob san`atining
ma`lum bir soxaga aylanib, nafis kitob bu san`atining nodir va bebaxo asari
hisoblanadi.
Bu davr nafasi kitob va hattotlik san`ati taraqqiyotida yangi bir bosqich bo`lib,
mohir san`atkorlarni va kitob yaratish va uning nushalarini ko`chirish og`ir mehnat va
ko`p vaqt sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish bo`lgan ulusning qisqacha tarixiga
bag`ishlangan «Risolai dars ilmu musiqa» (musiqa ilmi haqida risola) nomli asari
bilan musiqa faniga ham katta hissa qo`shgan.
Uzbek klassik adabiyotining asoschisi Mir Alisher Navoiy ham Ulug`bekka
yuksak baxo bergan. XV asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda tarix fani ham keng
rivoj topdi.
Xafizu Abro`, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Isfizoriy,
Davlatshoh va boshqa ko`pgina tarixchilar Samarqandda
va Xirotda yashab ijod
qildilar. Ulug`bekning asarlari Temuriylar davlatining tarixiga doir juda qimmatli va
nodir manbadir. «Zubdai tavorix» muallifi Xafizu Abro`, «Matlai sa`dayn va majmai
bakray» nomli asarni yozgan. Abdurazzoq Samarqandiy uz asarlarini Temurva
Temuriylar xukmronlik qilgan davrga bag`ishladilar.
O`sha davr tarixnavislari Muinuddin Isfizoriy esa Xirot tarixini yozdi.
«Samarqand akademiyasi» dastavval bundan 225 yil muqaddam mashxur frantsuz
faylasuf-yozuvchisi va tarixchi olimi Vol’ter (1694-1776) tomonidan e`tirof etilgan.
76
«Samarqand akademiyasi» 1010 yili Xorazmning qadimgi poytaxti
GURGANCHda tashkil topgan «Donishmandlar uyidan» keyingi ikkinchi «Dorul
ilm» edi. Bu dorul ilmining poydevori bo`lgan Ulug`bekning astronomik maktabi urta
asrlar musulmon, ayniqsa nafis kitob yaratish o`ta murakkab va juda mashaqqatli bir
jarayon bo`lib, kog`ozrez, hattot, musavvir, lavvox, sahhof kabi bir necha bir xil
mutaxassislarning mexnati va malakasi bilan bog`lik edi. Nafis kitob va hattotlik
san`ati XIV-XV asrlarda yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tarildi. Mashxur hattot Mir
Ali Tabriziy (1330-1404) nasta`liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi.
XIV-XVasrda bir kancha iste`dodli hattotlar, musavvirlar, lavvoxlar, sahhoflar
etishdi. Abdurahmon, Xorazmiy,
Sulton Ali Xandon, Mir Ali Kalkalam Xalvoiy,
Rafiqiy va boshqalar shular jumlasidandir.
XIV-XVasrlarda tasviriy san`at soxasida ulkan yutuqlarga erishildi. Behzod,
Mirak Naqqosh, qosim Ali Mahmud, Muzokib, Xojimaxmud Naqqosh va
SHohmuzaffar kabi mo`yqalam sohiblari etishdi. Zamondoshlari tomonidan Monii
Soniy «Ikkinchi Moniy», keyingi davr olimlari tomonidan «SHarq Rafaeli» deb
nomlangan Kamoliddin Bexzod XV asr tasviriy san`atining ulug` namoyondasi XIV-
XV asrlarda Urta Osiyo xalqlarining musiqa san`ati taraqqiyotida ham yangiliklar
sodir bo`ldi. SHu bilan birga Urta Osiyo xalklari adabiyoti taraqqiyotida ham yangi
va sermaxsul davri bo`ldi. Bu davrda adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashadi.
Dostları ilə paylaş: