15-rasm.
Nearktika zoogeografik oblasti (Darlington, 1966).
Shimoliy Amerika relyefining shakllanishida Alyaskadan tortib
to Panama bo‘ynigacha cho'ziluvchi
Kordiler meridional tizmasi
muhim o‘rin tutadi. Materikning shimoldan janubga tomon juda
cho‘zilganligi sababli, Shimoliy Amerikada tropik iqlimdan tashqari
iqlimning barcha tiplari kuzatiladi. Tinch okeani qirg‘oqlaridagi iqlim
Atlantika qirg‘oqlariga qaraganda ancha yumshoq.
0
‘simliklar qoplamining turli darajada rivojlanganligiga ko‘ra,
tundra, tayga, keng bargli o'rmonlar va preriyalar farq qilinadi. Sub
tropik nina-keng bargli o‘rmonlar Tinch okeani qirg‘oqlari bo‘ylab
cho‘zilgan. Subtropik cho‘llar Meksika tog‘lari va uning shimolida
joylashgan rayonlami egallaydi. Bu hudud kaktuslar makoni hisobla
nadi. 0 ‘simliklar qoplami inson faoliyati tufayli kuchli o‘zgargan. Ay
niqsa, sharqda keng bargli o‘rmonlar va preriyalar kuchli o ‘zgarishga
154
uchragan. Inson ta’siridan xoli bo‘lgan tabiat komplekslari ko‘pincha
AQSH va Kanadaning milliy bog‘larida saqlanib qolgan.
Faunasiga umumiy tavsif. Nearktika
oblastining yashash uchun
eng qulay bo‘lgan janubiy rayonlarida fauna va ayniqsa, umurtqalilar
nisbatan xilma-xil. Shimoliy yo‘nalishda faunadagi turlar soni asta-
sekin kamayib boradi (16-rasm).
Shimoliy Amerikada sutemizuvchilarning uchta endemik oilasi
uchraydi. Xaltalilardan Amerika opossumi, o‘ziga xos hasharotxo‘rlar
hamda kemiruvchilar turkumidan aplodontlar oilasiga mansub yago
na tur tarqalgan.
Goferolar kemiruvchilarga oid endemik oila bo‘lib, subendemik
turlardan tashkil topadi. Ulaming 40 ga yaqin turi bo‘lib, shundan bir
tur Neotropik oblastiga kirib boradi. Burama shoxlilar oilasidan bir tur
(Antilocapra) tarqalgan bo‘lib, u Shimoliy Amerikaning g‘arbidagi
preriyalar uchun endemik sanaladi. Uning shoxi qovushshoxlilaming
(jayron) shoxiga o ‘xshab suyak asosining ustida kiygizib qo‘yilgan
g ‘ilofga o ‘xshaydi, ammo
qovushshoxlilardan farq qilib, har yili ur-
chishdan keyin shoxining g ‘ilofi tushib ketadi va qaytadan yangisi
о ‘sib chiqadi.
Oblastda avlod darajasidagi endemiklar ancha ko‘p.
Olma-
xonlar endemik hisoblangan o‘tloq itlari, antilopasimon yumron
qoziq va burunduksimon olmaxonlar kabi avlodlardan iborat. Yirt-
qichlardan malla bo‘ri, kul rang tulki, Amerika bo‘rsig‘i va skunslar
(badbo‘ylar) ham endemik sanaladi. Neotropik oblastdan Nearktika
oblastiga xaltalilardan Amerika opossumi, qo‘lqanotlilardan bargsi
mon burunlilar va vampirlar, Amerika jayralari, yenotlar va pekarlar
o‘tib turadi.
Nearktika va Palearktika uchun umumiy hisoblangan hayvonlarga
quyidagilar kiradi: krotlar, kojanlar (qo‘lqanotlilar), dumsiz sichqon-
lar, tovushqonsimonlar, olmaxonlar, olaxurjinlar,
dala sichqonlar oi-
lalari, qunduz, bo‘ri, oq ayiq, qo‘ng‘ir ayiq, los, gornostay, asl bug‘u
va boshqalar. Nearktikada tipratikanlar, kalamushlar va asl sichqonlar
uchramaydi.
155