Palearktika oblasti faunasining xos turlari: 1-gen-
etta; 2-muflon; 3-lan bug'usi; 4-oqbosh qumoy; 5 - k o ‘k z a g iz g 'o n ;
6-m a rva rid kaltakesak; 7 -grek toshbaqasi; 8-protey; 9—
g ‘o r sala-
mandrasi; 10-arxon kapalagi; 11-fenek tulkisi; 1 2-izabell ipakqurti.
131
14-rasm.
Palearktika oblasti faunasining xos turlari: l-k a tta
qumsichqon; 2 -k a tta qo ‘shoyoq; 3-ingichka barm oqli yumronqoziq;
4-xaus; 5 -q o r qoploni (ilvirs); 6-arxar; 7-jayron; 8-yak; 9 -su v
bulduruq; 10-ular; 11-quloqli yum aloqbosh; 1 2 - k o ‘Ivor ilon;
13—kurakburun; 14-sternodes qo'ng'izi.
132
Yevropa-Sibir hududining tabiiy sharoiti va faunistik xususiyatla-
rini uning landshaft mintaqalari orqali tavsiflash maqsadga muvofiq.
Tundra mintaqasi. M azkur mintaqa tipik tundrani, y a’ni Shimoliy
Muz okeanining qirg‘oq qismini va ayrim orollami hamda o ‘rmon
tundrani egallaydi. Tundraning o ‘simlik qoplami tarkibida 800 tur
atrofida moxlar va lishayniklar uchraydi va ular gulli o ‘simliklarga
k o ‘ra (200-300 tur) ancha ustunlik qiladi. 0 ‘simliklar qoplamining
o ‘ziga xos yashash shakliga egaligi bu yerda tuproq hayvonlarining
(chuvalchanglar, hasharot lichinkalari va boshq.) yashashi uchun
qulaylik yaratadi.
Sutemizuvchilar kamchilikni tashkil etadi. Tuyoqlilardan shimol
bug‘usi, yirtqichlardan pessa (Alopex lagopus) uchraydi. Pessalar-
da mavsumiy demorfizm shakllangan, ular qishki k o ‘chish davrida
Shimoliy Muz okeanining orollarigacha yetib borishadi. Asosan lem
minglar bilan oziqlanadi. Oq ayiqlar, gomostay oqsuvsar, latcha,
rosomaxa kabi yirtqichlar ham tundra uchun xos turlardan sanaladi.
Rosomaxa o‘lgan shimol bug‘ulari bilan oziqlanish yoki kasalmand
va yarador hayvonlami ovlash orqali muhim sanitarlik vazifasini ba
jaradi.
Kemimvchilardan nisbatan tipik hayvonlar qatoriga lemminglami
(Lemmus avlodi) kiritish mumkin (Norvegiya lemmingi - L. lem-
mus va ob lemmingi - L. obensis). Bu turlar muayyan vaqt oralig‘ida
juda ko‘p sonda bolalashi va qisqa muddatda uzoq migratsiya qilishi,
bunda daryolar va hatto dengizlaming tor bo‘g ‘ozlarini kechib o ‘tishi
mumkin.
Tundra m intaqasida um urtqalilar m assasining asosini qushlar
va asosan, hayoti suv havzalari bilan b o g ‘liq b o ig a n turlar tashkil
etadi. U lam ing asosiy qismi bu yerga yilning iliq mavsum ida uya-
lash uchun uchib kelishadi. Yoz oylarida yovvoyi g ‘ozlar, kichik
oqqush, tuleslar va boshqa balchiqchi qush turlari uchraydi. Hayoti
suv havzalari bilan b og‘liq b o ‘lmagan turlardan oq kaklik, tundra
kakligi, oq yoki qutb yapaloqqushi, shumkar va boshqalarni misol
qilish mumkin.
133
Chuchuk suv baliqlaridan losossimonlar keng tarqalgan b o ‘lib,
tipik turlarga semga, goletslar, sigalar, xariuslar misol b o iad i.
Cho‘rtan, olabug‘a va tovonbaliqlar ham bu mintaqa uchun xos tur-
lardir.
Umurtqasizlar faunasidagi turlar soni kam va o ‘zaro o ‘xshash.
Biomassasi jihatidan eyzeniya y o m g ir chuvalchangi birinchi o ‘rinni
egallaydi. Tundrada b o ‘g ‘imoyoqlilar boshqalarga nisbatan keng
tarqalgan b o iib , ularga mayda qalqonli kanalar, birlamchi qanotsiz
hasharotlar, qonxo‘r pashshalar, chivinlar, tukli arilami misol qilish
mumkin. Kunduzgi kapalaklar kam. Perlamutrovkalar nisbatan k o ‘p
uchraydi.
Arktika qirg‘og‘ida dengiz qushlari hayvonot dunyosining alohida
guruhini tashkil etadi. Uya qurishda qush bozorlarini hosil qiluvchi
bunday turlarga kayra, baliqchi moyevkalar, tupiklar, chistiklar, po
m om iklar kabi turlami misol qilish mumkin.
Tayga mintaqasi. Bu mintaqa nina va mayda bargli o ‘rmonlardan
iborat Atlantikadan Tinch okeanigacha b o ig a n keng yaxlit polosani
egallovchi hududni o ‘z ichiga oladi. Hayvonot olami tarkibidagi tur
lar soni tundraga nisbatan ancha ko‘p va bu holat o ‘rmonlaming k o ‘p
yamstliligi, ozuqaning m o ilig i va iqlimiy xususiyatlarning nisbatan
qulayligi bilan tushuntiriladi.
Tayga mintaqasi uchun o ‘rmon suvsari, norka, qora sassiqqo‘zan,
sobol, letyaga, o ‘rmon lemmingi, burunduk (olasichqon) kabi turlar
tipik turlar sanaladi. Q o‘n g ‘ir ayiq, kosulya, suv qunduzi, oddiy ol
maxon, belyak tovushqoni, rosomaxa va boshqalar ham bu mintaqada
uchrab turadi.
Tayga qushlari boshpana va oziqa sifatida o ‘rmon va botqoq for-
matsiyalarini tanlashadi. Tovuqsimonlarga mansub b o ig a n karqur bu
joylar uchun xos turlardan biridir. Bulduruq, qaychitumshuq, bo‘zdoq,
qarag‘ay qarg‘a, kuksha, sviristel, oqqush qorayaloq, vyurok, chittak,
burgut, paxmoq oyoqli yapaloqqush, uzun dumli pungqush, uch bar-
moqli qizilishton, churrak, katta cherag, qoratamoq gagara kabi turlar
ham ushbu hudud uchun xos.
134
Bu yerda hukmron b o ‘lgan sovuq iqlim reptiliya va amfibiyalar-
ning uchrashini cheklaydi va shu sababli bu yerda ular kam sonda
uchraydi. Bularga tirik tug‘uvchi kaltakesak (Lacerta vivipara), o ‘tkir
tumshuqli baqa (Rana terrestris) va triton (Triturus vulgaris)ni misol
qilish mum kin. Tayganing chuchuk suv baliqlari tundra baliqlariga
o ‘xshash b o ‘lib, ixtiofauna tarkibidagi turlar soni sig (Coregonus)
baliqlari hisobiga ko‘paygan.
Bu yerdagi o ‘simlikxo‘r hasharot turlarining aksariyati ochiq
urug‘li daraxtlarda yashaydi va ular ommaviy ko‘payish davrida da
raxtlarga jiddiy zarar yetkazadi. Bunday hasharotlarga monashenka
ipak qurti (Ocneria monacha), qarag‘ay ipak qurti (Dendrolimus pini)
va boshqalami misol qilish mumkin. Taygada daraxtlaming p o ‘stlog‘i
bilan oziqlanadigan qo‘ng‘izlar ham k o ‘pchilikni tashkil etadi. Qon
so ‘ruvchi pashshalar, mayda chivinlar, eshakqurtlar ham uchraydi,
ular hayvonlar va odamga yopishib qiyinchiliklar tug‘diradi.
Bargli o ‘rmonlar mintaqasi. Mazkur mintaqa keng bargli
o ‘rmonning g ‘arbiy massivlarini egallab, Yevropada va qisman G ‘arbiy
Sibirda tayga va o ‘rmon dasht mintaqasi oralig‘ida polosa shaklida
joylashadi hamda o ‘rmon va o ‘tchil mintaqalar oralig‘idagi o'tkinchi
mintaqa sanaladi. M o4adil kengliklardagi keng bargli o ‘rmonlar k o ‘p
yarusli va boy jam oaga ega. Floristik tarkib taygaga qaraganda xilma-
xil va unda eman, jo ‘ka, shumtol, zarang, qora qayin (buk) kabi turlar
k o ‘pchilikni tashkil etadi. Bu kabi o ‘rmonlarda urug‘ bilan oziqla
nadigan hayvonlar hamda xazon bilan oziqlanadigan pedobiontlar
(yom g‘ir chivalchanglari, ikki qanotlilar va qo‘n g ‘izlaming lichinka-
lari, mayda nematodalar) keng tarqaladi. Hasharotlar hasharotxo‘r
qushlar va boshqa hayvonlami jalb etadi.
Keng bargli o ‘rmonlaming faunasi tarkibida turlar soni juda k o ‘p.
Bu mintaqada sutemizuvchilardan o ‘z arealida k o ‘p kenja turlami ho
sil qiluvchi asl bug‘u, kosulya, yovvoyi cho‘chqa, qadimdan yashab
kelayotgan zubr uchraydi. Zubrlaming katta b o ‘lmagan populatsiyasi
ayni vaqtda Rossiya, Beloms va Polshadagi qo‘riqxonalarda saqlanib
qolgan.
135
Yirtqichlardan yaqin yillargacha yovvoyi o ‘rmon mushugi (Felis
silvestris) tipik tur sanalgan. Endilikda bu tur kamayib ketgan va
arealining ayrim joylarida esa butunlay y o ‘qolgan. Bo‘ri, tulki,
bo‘rsiq, qora sassiqqo‘zan va Yevropa norkasi kabi turlar ham ushbu
mintaqa uchun xos turlardan sanaladi.
Bu yerda kemiruvchilar juda ko‘p. Ayni vaqtda rusak tovushqoni
(Lepus europaeus) keng bargli o ‘rmon mintaqasi orqali shimolga tar
qalib, belyak tovushqonini siqib chiqarmoqda. Bu holat o ‘rmonlaming
kesilishi natijasida ochiq maydonlami tanlaydigan rusak tovush
qoni uchun qulay sharoit yaratilayotganligi bilan bog‘liq. Bargli
o ‘rmonlar uchun aynan xos b o ‘lgan turlarga sonyalar (bog‘ sonyasi,
o ‘rmon sonyasi)ni misol qilish mumkin. Ularning barchasi tunda ha-
yot kechirishga va qishda uyquga ketishga moslashgan bo‘lib, turli
yong‘oqlar va mevalar bilan oziqlanadi. Hayoti suv bilan b o g iiq ,
daraxt p o ‘stlog‘i va novdasi bilan oziqlanuvchi suv qunduzi (Castor
fiber) arealining asosiy qismi ham ushbu mintaqada joylashgan. Turli
sichqonlar, tipratikan va rus suv kalamushlari ham mazkur mintaqa
uchun xos.
Keng bargli o ‘rmonlardagi xilma-xilligi oshib borayotgan turlarga
qushlami misol qilish mumkin. U lar qatoriga qizilishtonlarning bir
necha turlari, govkaptar, klintux, g ‘urrak, pungqush, sog‘ (ko‘rqush),
arixo‘r qush, pakana burgut, ilonxo'r burgut, miqqiy, o ‘rmon to ‘rg‘ayi,
qizil boshli qarqunoq, sayroqi qorayaloq, qorayaloq, bulbul, zaryanka,
penochka-treshotka, lazorevka (chittak), boltatumshuq, ko‘k chum-
chuq, zarg‘aldoq, g o ‘ng qarg‘a, ola va qora qarg‘a, zog‘cha kabilami
kiritish mumkin.
Xuddi shunday hozirgi paytda bu mintaqada reptiliya va amfibi-
yalaming ham xilma-xilligi va zichligi yildan-yilga oshib borayot
ganligi qayd etiladi. Botqoq toshbaqasi (Emys orbicularis) keng tar-
qalishga ega. Kaltakesaklardan yashil kaltakesak (Lacerta viridis), tez
kaltakesagi (Lacerta agilis), urchuqsimon kaltakesak (Anguis fragi-
lis) uchraydi. Oyoqsiz kaltakesaklarga mansub urchuqsimon kaltake
sak suv shilshiqlari va hasharotlaming lichinkalari bilan oziqlanib,
136
foyda keltiradi. Ilonlardan qora ilon, chipor ilonlar uchraydi. Am
fibiyalardan daraxt baqasi, jerlyanka (Bombina), povituxa qur-
baqasi (Alytes obstericans), hovuz (Rana esculenta) va k o ‘l (Rana
ridibunda) baqalari uchraydi. Povituxa qurbaqasining erkaklari
urg'ochisi q o ‘ygan tuxum larni itbaliqlar chiqqunga qadar o ‘zining
sonida olib yuradi.
‘ Chuchuk suv baliqlaridan osetrsimonlar (nemis osetri, beluga,
sterlyad) hamda karpsimonlar (gustera, plotva, lesh, golavl, Yevropa
gorchagi va boshq.) uchraydi.
Umurtqasizlardan hasharotlaming xilma-xilligi yuqori dara
jada emas. Kapalaklardan perlomutrovkalar, satirlar, qo‘ng‘izlardan
o ‘tloq sassiq qo‘ng‘izi, bug‘u qo‘n g ‘izi, m o‘ylovdor qo‘ng‘iz, uzun
tumshuqlar, ko‘p sonli bargxo‘r qo‘ng‘izlar uchraydi.
Keng bargli o‘rmon mintaqasi faunistik prinsip b o ‘yicha ikkita,
ya’ni G ‘arbiy Yevropa va Sharqiy Yevropa provinsiyalariga ajratiladi.
M azkur provinsiyalar faunalari orasidagi farq quyidagilarda namo
yon bo‘ladi. G ‘arbiy Yevropa provinsiyada kosulya, o ‘rmon mushugi,
kichik burgut, g ‘arb sori, sipuxa, qizilbosh qarqunoq, kanareyka
simon vyurok, oqbo‘yin pashshaxo‘r, olachipor salamandra, po
vituxa qurbaqasi, nemis baqrasi va ko‘pgina endemik hasharotlar
uchraydi. Sharqiy Yevropa provinsiyasi aralash faunaga ega b c ‘lib,
ayrim G ‘arbiy Yevropa provinsiyasiga xos turlar va hatto Sibir fauna
elementlari ham bu yerga kirib keladi. Sharqiy Yevropa provinsiya
sida vixuxol (suv kalamushi), elik (yovvoyi echki), qora kalxat, sharq
bulbuli va tegishli hasharot turlari uchraydi.
0 ‘rmon-dasht o‘tkinchi polosa va o ‘rmon mintaqasini ochiq dasht
mintaqasidan ajratib turuvchi kenja mintaqa sifatida bir qator xususi-
yatlari bilan ajralib turadi. Bunday xususiyatlar chegara effekti sifa
tida uning fauna tarkibida ham namoyon b o ‘ladi.
Dasht mintaqasi. Mazkur mintaqa inson ta’sirida o ‘z qiyofasini
butkul o ‘zgartirgan. Dasht mintaqasi Venger pasttekisligidan boshlab
Sibirdagi Barabin pasttekisligigacha bo‘lgan maydonda tor polosada
joylashgan. Qora dengiz qirg‘og‘i, Qrim va Kavkaz to g ia ri hamda
137
Qozog‘iston va 0 ‘rta Osiyoning chala cho‘l va cho‘llari dasht min-
taqasining janubiy chegarasini tashkil etadi.
Dasht faunasi
birinchi navbatda haqiqiy o‘rmon turlarining
yo‘qligi bilan xarakterlanadi. Hayoti daraxtlar bilan bog‘liq b o ig an
ayrim mezofil guruhga mansub turlar - daryolar bo‘yidagi qayir
o ‘rmonlarda, o‘rmon soylarida va shu kabi joylarda uchraydi.
Sutemizuvchilardan tuyoqlilar inson ta’sirida ayni paytda dasht
lardan to iiq siqib chiqarilgan. Ammo bir paytlar bu joylarda yov
voyi otlar (tarpan)ning yirik to‘dalari, sayg‘oqlar, yovvoyi buqalar
(tur) yashagan. Yirtqichlardan evritop bo‘ri va tulki hamda dasht
sassiqqo‘zani, bir necha turdagi yumronqoziqlar va ba’zan Yevropa
dashtlaridagi eng yirik kemiruvchi baybak yoki dasht sug‘uri (Mar-
mota bobak), qo‘shoyoqlar, yumronqoziqlar, ko‘rsichqonlar, rusak
tovushqonining alohida g ‘arbiy kenja turi, oddiy tipratikan, quloqli
tipratikan va boshqalar uchraydi.
Dashtlar omitofaunasi tarkibida keng tarqalgan evritop turlardan
tashqari, bu mintaqa uchun tipik boig an boshqa turlar (kul rang kak-
lik, bedana, tuvaloq, bizg‘aldoq, go‘zal tuma, dasht burguti, dasht
bo‘ktargisi, dasht miqqiysi, tilla rang bo‘zdoq, sassiqpopishak) ham
uchraydi. Ayniqsa, to‘rg‘aylaming bir necha turlari (so‘fito‘rg‘ay, dala
to‘rg‘ayi, kichik va qora to‘rg‘ay) keng tarqalgan.
Reptiliyalardan yirik chipor ilonlar va ayniqsa, 2 metrgacha yeta-
digan sariq qorinli chipor ilon (Coluber jugularis), dasht qora iloni,
amfibiyalardan ko‘l baqasi va yashil qurbaqa uchraydi.
Qora va Kaspiy dengizlari chuchuk suv ixtiofaunasi keng bargli
o ‘rmon mintaqasidagi havzalar ixtiofaunasi bilan o‘xshash. Bu joy
uchun asosan baqrasimonlar xarakterli.
Dasht mintaqasi umurtqasizlar faunasiga quyidagilami misol qilish
mumkin: solpug, biy, qoraqurt, xilma-xil chigirtkalar, beshiktevratar-
lar, suvaraklar, qora qo‘ng‘iz, tilla qo‘ng‘iz, m o‘ylovdor qo‘ng‘iz,
sassiq qo‘ng‘iz, tunlam kapalaklar, bir necha turdagi chumolilar. Yer
usti mollyuskalarining 71 turi uchraydi.
138
. Dashtlar landshafit tipi sifatida hayvonlaming faol ishtiroki nati-
jasida shakllangan. Bu, birinchi navbatda, tuproq hosil bo‘lishi bilan
b o g iiq bo‘lib, bu jarayonda yomg‘ir chuvalchanglari, hasharotlar,
o ‘rgimchaklar va kemimvchilar ishtirok etgan.
Sharqiy Sibiming tundra mintaqasida sutemizuvchilardan lem
minglaming o ‘ziga xos kenja turi, sariq qorinli lemming, dumsiz
shimol sichqoni, qoraqalpoqli sug‘ur (Marmota camschatica), uzun
dumli yumronqoziq, oq ayiq va bo‘ri uchraydi. Qushlardan katta g‘oz
(Anser canagicus), oq g‘oz (A. coerulescens), qora kazarka (Branta
bemicia), dutish-moshak (Calidris melanotus) mazkur mintaqaga
xos.
Yevropa-Sibir hududiga tegishli b o ig a n Sharqiy Sibiming tay
ga mintaqasidagi katta maydon daur tilog‘ochidan tashkil topgan
o ‘rmonlar bilan qoplangan. Fauna tarkibida maral bug‘usi, los, shi
mol bug‘usi, kabarga, sobol (suvsar)ning kenja turlari, kolonok, si-
lovsin, burunduk (olasichqon), lemminglar, olmaxon, letyaga, krot,
daur tipratikani, bir necha turdagi endemik buramatishli yerqazar
lar, omitofauna takibida esa tosh qarqur, kakliklardan dikusha, Sibir
to‘rg‘ayi, kul rang snegir, pushti chechevitsa, Sibir pashshaxo‘ri va
boshqalar uchraydi. Sharqiy Sibir taygasida sovuq iqlim tufayli am
fibiya va reptiliyalar juda kam tarqalgan. Bularga Sibir burchaktishlisi
yoki to ‘rt barmoqli triton, oddiy qurbaqa, qora dasht iloni, qalqon
tumshuq ilon va tirik tug‘uvchi kaltakesaklami misol qilish mumkin.
Chuchuk suv baliqlari orasida Baykalga xos endemik oilalar (golom-
yankalar, bichoklar) mavjud. Baykalda golomyankalaming 2 ta,
bichoklaming esa 24 turi uchraydi. Bundan tashqari, Sharqiy Sibir
daryolarida chukuchan, keta, gorbusha, chavicha, nerka va semga
kabi turlar uchraydi.
Ushbu hududga tegishli boig an yirik tog‘ tizmalari (Oltoy tiz-
malari) landshaftlaming zonalliligini buzadi va faunistik inversiyaga
(odatdagidan boshqacha tarqalish) olib keladi. Mazkur tog‘ tizmala-
rining alp mintaqalari o‘zining o‘simliklari bilan tundra mintaqasiga
o‘xshaydi.
139
Hududning janubidagi baland tog‘larda argali qo‘yi (Ovis ammon)
uchrasa, uning sharqiy qismida esa qor qo‘yi yoki chubik (Ovis
canadensis) uchraydi. Tog‘ echkisi (Capra sibirica) yuqorida qayd
etilgan rayonlardan tashqari, 0 ‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Shimoli-
g‘arbiy Xitoy tog‘larida ham tarqalgan.
Qadimgi 0 ‘rta Yer hududi. Shimoliy tropikning shimolida joy lash
gan bo‘lib, 0 ‘rta Yer dengizini o ‘rab olgan hamda 0 ‘rta Osiyo va
Markaziy Osiyo tarkibiga kiruvchi arid va subarid hududni o ‘z
ichiga oladi. Uning tabiiy sharoiti iqlimining quruqligi bilan bog‘liq
holda shakllangan bo‘lib, yog‘inlar asosan yilning sovuq mavsumida
kuzatiladi, yozi esa quruq bo‘ladi. Bunday sharoit Shimoliy Afri
kadan to Markaziy Osiyogacha bo‘lgan keng polosada cho‘llaming
rivojlanishiga sabab bo‘lgan.
Ushbu hududning g‘arbida ( 0 ‘rta Yer dengizi atrofidagi davlatlar)
doimiy yashil, qattiq bargli o ‘rmonlar shakllangan. Janub va sharqiy
qismida kserofil chala butalar va daraxtsimon (saksovul, qum akatsi-
yasi) o‘simliklar bilan egallangan chala cho‘llar va cho‘llar uchray
di. 0 ‘simliklar orasida efemeroidlar (kavraklar, lolalar, piyozlar,
qo‘ng‘irboshlar) va efimerlar uchraydi. Relyefida tog‘lar va pastqam-
liklaming navbatlashib joylashuvi bu yerda o ‘simliklaming juda xil
ma-xil bo‘lishiga imkon yaratgan va bu holat hayvonot dunyosining
tarqalishida ham o‘z aksini topadi. Bu yerda hayoti ochiq landshaftlar
bilan bog‘liq turlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Sutemizuvchilardan selevinalar va qo‘shoyoqlar oilasi, juda
ko‘p qumsichqonlar, kemiruvchilardan ko‘rsichqonlar, viverra
simonlar, gienasimonlar, mushuklar (dasht mushugi, qum mushugi,
mamil, qoraquloq), tuyoqlilardan eshaklar, tog‘ qo‘ylari, antilopalar,
qo‘lqanotlilar va boshqalar uchraydi.
Omitofauna tarkibida bulduruqlar, tuvaloqlar, to‘rg‘aylar, cho‘l
soykalari, kanareykasimon vyurok (uy kanareykalarining avlod
boshisi), ispan chumchug‘i, qarqunoqlar, moyqutlar, toshsirchum-
chuqlar, tasqaralar, tog‘ kakliklari, qizil g ‘oz va saqoqushlar kabi tur
lar uchraydi.
140
Qadimgi 0 ‘rta Yerda reptiliyalar faunasi tarkibida turlar soni ancha
ko‘p. Bularga gekkonlar oilasi, agamalar, yumaloqboshlar, haqiqiy kal
takesaklar, sariq ilon, suv ilonlar, chipor ilonlar (eskulap chipor iloni,
uning idishga o‘ralgan tasviri tibbiyotda emblema sifatida foydalanil
gan), qum bo‘g‘ma iloni, dasht qora iloni, Kavkaz qora iloni, koivor
ilon, charx ilon, kapcha ilonlar va ko‘r ilonni misol qilish mumkin.
Amfibiyalardan dumlilar turkumiga mansub Yevropa proteyi,
haqiqiy salamandralaming bir necha avlodlari, tritonlaming endemik
avlodlari, dumsiz amfibiyalardan Suriya va ispan chesnochnitsalari,
Kavkaz orti va Kichik Osiyo baqalari va qurbaqalar tarqalgan.
Daryolar va ko‘llarda chuchuk suv baliqlari ko‘p. 0 ‘rta Yer den
gizida tropik baliqlardan karptishlilar (afanilar, sixiidlar) uchraydi.
Umuman, bu yer uchun karpsimonlar, losossimonlar, baqrasimonlar
(sevryuga, baqralar, soxta kurakburunlar) va laqqalar xos.
Umurtqasizlar tarkibida issiqsevar janub guruhlariga mansub turlar
ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu yerda janubdan kirib kelgan tropik gu
ruhlar, ya’ni chayonlar, solpuglar, tarantullar va boshqalar uchraydi.
Hasharotlaming ko‘pgina tipik avlodlari Qadimgi 0 ‘rta Yer dengiziga
xos bo‘lib, ularga kapalaklardan (Zerynthia), qo‘ng‘izlardan (Bros-
cus, Duvalius, Pimelia,'Lethrus, Dorcadion, Lachnaia va Stylosomus)
kabilar tegishli.
Qadimgi 0 ‘rta Yerda 0 ‘rta Yer dengizj ,v^ Saxar-Cj^biy гауопЦр
farq qilinadi.
0 ‘rta Yer dengiziga Janubiy Yevrppaning jtogii rayonjari (Pireney,
Apennin va Balqon yarim orollari), Afrikaning shjrnoH (Aljir, Tunis va
Marokkoning to g ii qismi) hamda Kichik Osiyo va Yaqin Sharqning
0 ‘rta Yer dengiziga tutashgan qismlari tegishli. 0 ‘rt^ Yer dengizi
asosan o‘rmonlar bilan qoplangan.
Sutemizuvchilardan Ovis avlodi (mufionlar), lan (Cervus dama),
viverralar, mayda mushuklar, ayiqlar, pireney vixuxoli (Calemus
pyrenaica) xarakterlidir.
Qushlardan zangori zag‘izg‘on (Cyanopica cyanea), Petronia av-
lodiga mansub chumchuqlar, kanareykasimon vyuroklar, moyqutlar,
141
kurgalak, toshsirchumchuq, to‘qay bulbuli, marmar churrak, tasqara
lar, jo ‘rchilar, oqbosh qumoy, qizil g ‘oz va saqoqushlar uchraydi.
Reptiliyalardan toshbaqalar, xameleonlar, ko‘pgina gekkonlar,
agamalar, ssinklar, haqiqiy kaltakesaklar, sariq ilon, suv ilonlar, chi
por ilonlar va haqiqiy qora ilonlar tipik turlar qatoriga kiradi. Amfibi
yalarga Yevropa proteyi va g‘or salamandralarini misol qilish mumkin.
Umurtqasizlar faunasi tarkibida turlar soni ко‘p. Kapalalar ora
sida endemiklari ko‘p, ularga kavalerlar (Papilio hospiton, Zerynthia
rumina, Archon apollinus) hamda blyankalar (Pieris atlantica, Euch-
loe belimnia, Anthocharis belia, Gonepterus cleopatra)ni misol qi
lish mumkin. Qo‘ng‘izlar orasidagi endemiklarga Carabus avlodiga
mansub yirik sassiq qo‘ng‘izlar, qora qo‘ng‘izlar, go‘ng qo‘ng‘izlar
kiradi. Bu yerda kelib chiqishi Efiopiyaga mansub bo‘lgan termitlar
ham uchraydi.
Saxar-Gobiy g ‘arbda Saxaraning Atlantika sohilidan tortib, sharq-
da to Alashan cho‘ligacha bo‘lgan juda katta maydonni egallaydi.
Shunday qilib, uning chegaralari doirasiga to Marokkodan Misrga
cha bo‘lgan Shimoliy va Markaziy Saxara, Sinay yarim oroli, Shi
moliy Arabiston hamda Suriya, Palastin, Mesopotamiya, 0 ‘rta va
Old Osiyo, Markaziy Osiyoning katta qismi, Kichik Osiyoning ichki
qismidagi cho‘llar, Sharqiy va Janubi-sharqiy Kavkaz orti, Shimoliy
va qisman G'arbiy Kaspiy oldi kiradi. Bu yerda tekislik, past tog'lik,
yassi tog‘lik va alohida tog‘ tizmalaridan iborat landshaftlar cho‘lga
xos xususiyat kasb etadi. Ammo to g ii o ‘lkalarda ekstromintaqal
o‘simlik formatsiyalari ham ko‘p.
Saxar-Gobiyda sutemizuvchilardan mahalliy biotsenozlarda
ihuhim rol o ‘ynovchi kemiruvchilar va tuyoqlilar tarqalgan. Bu yerda
tuzilishi bilan olmaxonlarga o‘xshash, ammo yerda qazilgan uyalar-
da yashaydigan Afrika yumronqoziq olmaxoni asl avlodining turlari
va yumronqoziq olmaxonlarga qarindosh bo‘lgan, qumli cho‘llarda
yashovchi ingichka barmoqli yumronqoziq uchraydi. Qo‘shoyoqlar
tipik bo‘lgan turlar bo‘lib, cho‘l va chala cho‘llaming xususiy sha
roitlariga yaxshi moslashgan. Ular tuproqqa va o ‘simlik qoplamlariga
142
kuchli ta’sir ko‘rsatishi va yirtqichlarga oziqa bo‘lib xizmat qilishi
bilan cho‘l biotsenozlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
G ‘arbdan sharqqa tomon sistematik tarkibning o‘zgarishi yuz
beradi: Saxarada qo‘shoyoqlardan faqat bitta avlod, ya’ni qum
qo‘shoyoqlarining (Jaculus) turlari uchrasa, 0 ‘rta Osiyo va Eron-
da ularga yana taroq barmoqli, yo‘g ‘on dumli va paxmoq oyoqli
qo‘shoyoqlar hamda yer tovushqonlari (Allactaga) qo‘shiladi. Marka
ziy Osiyoda esa uch barmoqli pakana qo‘shoyoqlar (Salpingotus),
uzun quloqli qo‘shoyoq (Euchoreutes naso) va pakana beshbarmoqli
qo‘shoyoq (Cardiocranius paradoxus) va juda keng tarqalgan sakrov-
chi_qo‘shoyoq (Allactaga saltator) ko‘pchilikni tashkil etadi.
Yirtqichlardan yo‘lbars ( 0 ‘rta Osiyoda 1940-yillarda yo‘qolib ket-
gan), qor barsi (Tyanshan, Pomir-Oloy tog‘ larida kam sonda saqlanib
qolgan), leopard (Afrika, Osiyoning janubiy yarmi va ba’zan 0 ‘rta
Osiyoda uchraydi), mayda yovvoyi mushuklar (Felis) va gepard
uchraydi. Viveralardan genetta (Genetta) va asalxo‘r (Mellivora
capensis) tarqalgan. Asalxo‘r Janubiy va Markaziy Afrika, Old va
0 ‘rta Osiyo hamda Hindistonda tarqalish arealiga ega. Mazkur tur
Turkmanistonda ham tarqalgan va davlat muhofazasiga olingan.
0
‘zbekistonda ham juda kam sonda hind asalxo‘ri tarqalgan bo‘lib, u
0 ‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Saxar-Gobiyda tulki, fenek, afg‘on tulkisi, qorsak, yo‘l-yo‘l sirtlon
va antilopalaming 6 ta avlodiga mansub turlar (oq oriks, qilichshox-
li antilopa, addaks, 3 turdagi gazellalar, jayron, orongo, sayg‘oq va
boshq.) tarqalgan. Bu yerdagi tog‘ qo‘ylari va echkilari Shimoliy
Afrika va Arabistondan tortib Tibetgacha bo‘lgan tog‘ tizmalarida
uchraydi. Tog‘ qo‘ylaridan yolli qo‘y (Ammotragus lervia), muflon,
arxar va argali kabi tog‘ qo‘yi (Ovis ammon)ning bir nechta kenja
turlari uchraydi. Tog‘ echkilariga nubiy echkisi (Capra nubiana), be-
zoarov echkisi (S. aegagrus), burama shoxli echki (S. falconeri) va
sibir tog‘ echkisi yoki tog‘ takasi (S. sibirica)ni misol qilish mumkin.
Saxar-Gobiydagi tekislik va tog‘lar omitofaunasi o‘ziga xos tarqa
lishga ega. C hoilar va shu kabi boshqa tekisliklarda xo‘jasavdogar,
143
bulduruqlar, tuvaloq, yo‘rg‘a tuvaloq, kakliklar, to‘rg‘aylar, c h o i
qarqunogi,
saksovul
chum chugi,
c h o i
toshsirchumchugi,
qirg‘ovullaming kenja turlari, ispan chumchugi, ingichka tumshuqli
to‘qaychumchuq, buxoro chittagi, ko‘ktarg‘oqlar, ilonxo‘r burgut,
jannat pashshaxo‘ri, ko‘k shaqshaq, soch, oq laylak, musicha va
boshqalar keng tarqalgan. T ogii hududlarida esa Kaspiy ulari, Himo
lay ulari, Tibet ulari, Alp zag‘chasi, klushitsa, qora tasqara, qumoy,
boltayutar va boshqalar uchraydi.
Reptiliyalar faunasi tarkibidagi turlar soni Palearktikaning boshqa
hududlariga nisbatan ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu yerda asosan
kaltakesaklar va ilonlar keng tarqalgan. Ular orasida eng xarakterli-
lariga gekkonlaming bir necha turlari, Eron eublefari, ssink gekkon
lari, taroq barmoqli gekkon, agamalar, yumaloqboshlar, bo‘z echke-
mar, ko‘rilon, bo‘g‘ma ilonchalar, aspidlar, qora ilonlar (dasht qora
iloni, k o iv o r ilon, qum charxiloni), shaqildoq ilonlar, suvilonlar (chi
por ilonlar, o‘q ilon) va boshqalami misol qilish mumkin.
Amfibiyalar faunasi tarkibida turlar soni kam. Ularga dumlilardan
burchaktishlilami, salamandrani va tritonni, dumsizlardan baqalar va
qurbaqalami misol qilish mumkin.
Chuchuk suv baliqlaridan Amudaryo va Sirdaryo endemiklari sanal
gan Orol kurakburunlari (Sirdaryo kurakburuni, Amudaryo kichik
kurakburuni, Amudaryo katta kurakburuni), Orol sulaymonbaligi,
Amudaryo gulbaligi (forel), xariuslar, karpsimonlaming bir necha
turlari, qumbaliqlar, mo‘ylovli baliqlar, xramulyalar, laqqalar, qora-
baliqlar, yalangbaliqlar va boshqalar uchraydi.
Hasharotlaming tur tarkibi va zichligi yuqori hamda ular orasida
endemiklar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Zoogeografik jihatdan 0 ‘zbekistonning Palearktika oblastiga te-
gishliligini hisobga olgan holda, quyida 0 ‘zbekistonning faunasi va
uning muhofazasiga oid ayrim m aium otlam i berishni lozim topdik.
0 ‘zbekiston faunasi va uning muhofazasi. Har bir tirik orga
nizm, jumladan, hayvon turlari tabiatning tarixan betakror va gene
tik jihatdan yagona b o ig an boiagidir. Shu bilan bir qatorda, har bir
144
hududning hayvonot dunyosi tabiiy resurs sifatida uning moddiy va
ma’naviy boyligi hamdir. Xuddi shunday 0 ‘zbekistonning hayvonot
dunyosi ham o‘zining betakrorligi va ahamiyati bilan ajralib turadi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 0 ‘zbekistonda turlar bioxilma-
xilligi 27000 dan oshadi. Shundan 15000 dan ortig‘ini hayvonlar tash
kil etadi. Respublikamiz faunasidagi turlaming 714 tasi umurtqali,
14000 dan ortig‘i umurtqasiz hayvonlar bo‘lib, umurtqalilaming 53
turi (sudralib yuruvchilaming 30 turi, qushlaming 8 turi, sutemizuv-
chilaming 15 turi), umurtqasizlaming 18 turi endemiklardir (5-jad-
val).
Dostları ilə paylaş: |