F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


Avstraliya zoogeografik oblasti faunasining xos turlari



Yüklə 352,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/92
tarix25.12.2023
ölçüsü352,6 Kb.
#195941
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92
Avstraliya zoogeografik oblasti faunasining xos turlari:
1 — vombat; 2 - у irik ко ‘к targ ‘oq; 3 — tangacha oyoq; 4 - xaltali suv-
sar; 5 - xaltali olmaxon; 6 - molox kaltakesagi;
7 -
xaltali kuskus;
8 — qora kakadu; 9 -x a lta li chumolixo ‘r; 10 — inka kakadusi; 11 - ka-
pachi qush; 12 - kazuar; 13 - asalchi qush; 14 - katta jannat qushi;
15 —papuas cho ‘chqasi; 16 - plashli kaltakesak; 17 - qora laylak.
Avstraliya faunasi uchun xos b o ig a n muhim xususiyatlardan biri, 
fauna tarkibida turlar soni ko'p b o ig a n xaltalilar turkumining mav-
173


judligidir. Avstraliya oblastida xaltalilar turkumining 8 oilasi, 50 av- 
lodi, 162 turi uchraydi. Xaltalilar turkumiga quyidagi oilalar kiradi: 
yirtqich xaltalilar (Dasyuridae); nambatlar yoki xaltali chumolixo‘rlar 
(Myrmecobiidae); xaltali krotlar (Notoryctidae); bandikutlar (Para- 
melidae); opossumlar yoki falangistlar (Pholangeridae); xaltali ayiq- 
lar yoki koalalar (Phascolarctidae); vombatlar (Vombatidae); kengu- 
rular (Macropodidae).
Avstraliya oblastida yuksak sutemizuvchilar ham uchraydi va ular 
faqat kemiruvchilar va qo‘lqanotlilarga mansub turlardan iborat. Din 
go iti esa Avstraliyaga yaqinda olib kelingan turlardan sanaladi. Avs 
traliya kemiruvchilari sichqonlar oilasiga mansub. Materikda kalamush- 
lardan tashqari subendemik kenja oila-Hydromynae vakillari ham 
uchraydi. Ulaming hayoti ham suvda, ham quruqlikda kechadi (qun- 
duzsimon kalamush). Qo‘lqanotlilar mevaxo‘r va hasharotxo‘rlardan 
iborat bo‘lib, ular orasida endemik turlar keng tarqalgan.
Yevropa turlarini keltirish oqibatida Avstraliya faunasi “yevropa- 
lashtirilgan” va buning natijasida ayniqsa sutemizuvchilar tarkibi tub- 
dan o ‘zgargan. Bu jarayon Avstraliya florasiga ham o‘zining salbiy 
ta’sirini o‘tkazgan.
Oblastda uchraydigan qushlar 50 oilaga mansub bo‘lib, ular 600 
tumi o ‘z ichiga oladi va shundan 400 turi endemiklardir. Uchol 
maydigan yirik kazuarsimonlar turkumi mazkur oblastga xos qushlar- 
dir. Kazuarlar (3 tur) asosan, Yangi Gvineyada, qisman materikning 
shimoli-sharqiy qismida tarqalgan quruqlikda yashaydigan qushlar- 
dir. Avstraliya va Tasmaniyada dasht va savannalarda yashab, meva- 
lar bilan oziqlanadigan emu oilasiga mansub yagona endemik tur 
uchraydi. Qushlar faunasida endemik liradumlilar oilasi (2 tur) ham 
alohida ahamiyaga ega. Bular yirik, bo‘yi 75-100 sm bo‘lgan chum 
chuqsimonlarga mansub turlar bo‘lib, zich butazorlarda yashaydi. 
Ulaming dumi lira muzika asbobini eslatadi. Avstraliyaning janu 
bida uchraydigan bu qushlar muhofazaga olingan. Yo‘qolib ketish 
xavfi ostida turgan butazor (Atrichomithiodae) qushlari ham endemik 
oilani tashkil etadi. Oblastning shimoliy qismi uchun jannat qushlari
174


xarakterli bo‘lib, ular pat-parlarining shakli va rangi bilan tubdan 
ajralib turadi. Jannat qushlari (40 tur) Yangi Gvineya va unga qo‘shni 
orollarda yashaydi. Pat-parlarining chiroyliligi ulaming inson tomo- 
nidan ko‘plab qirilishiga sabab boigan. XIX asr oxirlarida yiliga 50 
mingtagacha jannat qushlari ovlangan.
40 turdan tashkil topgan kapachi qushlar oilasining vakillari meva 
lar, mollyuskalar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Ular Yangi Gvineya 
va unga yaqin orollarda yashaydi. Avstraliyaning shimoli-sharqida 
ham ulami uchratish mumkin. Bu qushlar oilasiga mansub ayrim tur- 
laming narlari yerga кара qurib, uni turli gullar, barglar, chig‘anoqlar 
bilan bezaydi. Ulaming haqiqiy tuxum qo‘yadigan uyalari esa oddiy 
bo iib , daraxtlarda j oylashadi.
Avstraliyada xas tovuqlar (Megapoiddae) oilasi bir nechta turlar­
dan iborat bo iib , ular materikning qumq, markaziy qismida hamda 
uning shimoli-sharqiy o ‘rmon qismida tarqalgan. Bu qushlar o‘ziga 
xos ko‘payish xususiyatiga ega. Ular tuxumlarini qumga, tuproqqa, 
vulkanlar hosil qilgan kulga yoki chiriyotgan o ‘simlik qoldiqlariga 
ko‘mib qo‘yishadi va bu joyda issiqlik ta ’sirida tuxumlarda inkubatsi- 
ya davri kechadi, ya’ni tuxumlar qushlar tomonidan bosilmaydi.
Avstraliya to‘tilariga kakadu, rozella, tovlanma to‘ticha kabi tur- 
lami kiritish mumkin. Rozella to ‘tisi insonning yoidoshiga aylangan 
tur bo iib , ba’zi joylarda ular bug‘doy, mevalar va bedaga zarar yet 
kazadi. Tovlanma to‘ticha esa ko‘pincha uy qushi sifatida saqlanadi. 
Avstraliyaning janubida elegant to'tichasi yashaydi. Bu tur faqat Avs 
traliya va Yangi Zelandiya uchun xosdir.
Mazkur oblast uchun ko‘k targ‘oqlar ham xos. Ular orasida yirik 
kulguvchi ko‘k targ‘oq yoki qah-qahchi ko‘k targ‘oq (Dacelo gigas) 
ilonlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Bu yerda chumchuqsimonlar 
turkumiga mansub boigan 160 tumi o‘z ichiga olgan asal so‘ruvchilar 
(Meliphagidae) oilasi ham uchraydi. Ular Avstraliyadan tashqari, Poli 
neziyada va Yangi Zelandiyada ham tarqalgan. Mazkur turlar gul nektari 
va changi hamda hasharotlar bilan oziqlanadi va ulaming ko‘pchiligi 
ekvaliptlaming changlanishida muhim ahamiyatga ega.
175


Avstraliyada o ‘rdaklar, g‘ozlar, saqoqushlar, burgutlar va lochin- 
lar ham tarqalgan. Keng tarqalgan qush turlari asosan to ‘rg‘aylar 
(Grallinidae), o‘rmon qaldirg‘ochlari (Artamidae) va Avstraliya 
zag‘izg‘onlari (Gracticidae) oilalariga mansubdir.
Avstraliyada sudralib yuruvchilar asosan orolga xos xususiyat 
kasb etgan. Bu oblastda 400 tur sudralib yuruvchilar uchraydi. Shun 
dan 240 turi kaltakesaklar, 140 turi ilonlar, 10 turi toshbaqalar va 3 
turi timsohlardan iborat. Materikda ilonbosh toshbaqalar (Chelydae) 
oilasi uchraydi. Ular Avstraliyadan tashqari, Yangi Gvineya va Janu 
biy Amerikada ham tarqalgan. Bu oila vakillari bo‘yinlarini ichiga 
torta olmaydi, yon boshiga bukadi. Ular chuchuk suv baliqlari va 
umurtqasizlar bilan oziqlanishadi. Ikki timoqli toshbaqalar oilasi 
ham bu hudud uchun xos bo‘lgan reptiliyalardan sanaladi. Avstrali 
yada mayda endemik tur Avstraliya tor tumshuqli timsohi yashaydi. 
Bundan tashqari, taroqli timsohlar ham oblast uchun xos turlardir. 
Kaltakesaklardan gekkonlar butun oblast bo‘ylab keng tarqalgan 
bo‘lib, ular ajoyib tashqi tuzilishga ega (dumi kuchli siqilgan yoki 
yo‘g ‘onlashgan). Tangacha oyoqlilar oilasi (13 tur) endemik bo‘lib, 
ulaming tanasi ilonga o ‘xshab cho‘zilgan, oldingi oyoqlari yo‘q, orqa 
oyoqlari esa ko‘pincha reduksiyalangan. Avstraliyaning shimoli- 
g'arbiy rayonlarida plashli kaltakesak yashaydi, uning bo ‘yni atrofida 
teri burmalari, ya’ni “yoqa” mavjud bo‘lib (erkaklarida yoyilgan yo- 
qasining diametri 15 sm ni egallaydi), u orqali kaltakesak dushman- 
larini cho‘chitadi. Bu kaltakesak xavf tug‘ilganda orqa oyoqlariga ta 
yanib, vertikal holda qochishga ham moslashgan. Bu yerga xos molox 
(Moloch horridus) kaltakesagining butun tanasi (20 sm) turli-tuman 
muguz tikan va o‘simtalar bilan qoplangan bo‘lib, u qumli cho‘llarda 
yashab, chumolilar bilan oziqlanadi. Uning terisi juda gigroskopik va 
suvni shimish xususiyatiga ega bo‘lib, uni filtrlovchi qog‘ozga qiyos- 
lash mumkin. Buning natijasida kaltakesakning massasi deyarli 30% 
gacha oshadi. Bunday xususiyat unga yomg‘ir suvidan foydalanib, 
quruq cho‘l sharoitida yashay olishga imkon bergan.
176


Avstraliya ssinklari endemik avlodlarga mansub (tikanli ssinklar 
va boshqalar). Qisqa dumli ssink (Trachysaurus rugosa) tirik tug‘ish 
xususiyatiga ega bo iib , uning embrioni tuxum qobigiga ega emas. 
Embrion rivojlanish jarayonida tuxum y o iid a yoidosh orqali ona 
sining qoni bilan oziqlanadi. Oblastda echkemarlar anchagina va 
ular orasida eng maydasi qisqa dumli echkemardir (20 sm). Avs­
traliya ilonlari ko‘pincha keng tarqalgan ilonlar guruhiga mansub, 
ammo ular orasida endemiklari ham uchraydi. Bularga tropikopolit 
ko‘rilonlar va pitonlar (rombsimon piton va boshq.) tegishli. Zaharli 
ilonlar zaharsizlarga qaraganda ustunlik qiladi. Zaharli ilonlar aspid 
simonlarga (22 avlodi uchraydi) tegishli bo iib , ular qadimgi va sodda 
tuzilgan ilonlardan tashkil topgan. Ular orasida taypanlar (3,5 metr), 
yoibars ilonlar va boshqalar alohida ajralib turadi. Yoibars ilonlar 
zahari quruqlikda tarqalgan ilonlar orasida eng kuchli hisoblanadi.
Amfibiyalar faunasi tarkibida dumlilar mutlaqo uchramaydi. Dum- 
sizlar orasida qurbaqalar, kvakshalar va svistunlar tarqalgan. Svistun 
laming 56 turi, kvakshalaming Avstraliya va Yangi Gvineyada 44 
turi uchraydi. Avstraliya qurbaqasi (Chiroleptes platycephalys) ma- 
terikning markaziy qismidagi choilarda yashaydi va u tana bo‘shlig‘i 
va teri ostidagi bo‘shliqqa suvni zaxira holida yig‘adi. Mahalliy aholi 
bu suvdan ba’zan ichimlik suvi sifatida foydalanadi.
Ixtiofaunasi tarkibida Afirika va Janubiy Amerikada ham tarqalgan, 
qadimgi relikt gumh sanalgan ikki xil nafas oluvchilaming yagona 
vakili muguz tishli baliq (Neoceratodus forsteri) uchraydi. Uzunligi 
475 sm, massasi 10 kg gacha yetadigan bu yirik baliq sekin oquvchi 
daryolarda tarqalgan bo iib , daryolar qurib qolganda, suv tubidagi 
balchiqqa botib, o‘pkasi bilan nafas oladi. Xuddi shunga o‘xshash 
suyak tillilar oilasiga mansub skleropagos (Scleropages leichhard- 
ti) ham suzgich pufagi orqali atmosfera havosi bilan nafas olishga 
moslashgan. Gallaksiyelar oilasi (Galaxiidae)ning turlari ham ajoyib 
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu gumhga mansub baliqlar faqat 
janubiy yarim sharda tarqalgan bo iib , ulaming 24 turi Avstraliya va 
Tasmaniyada, 20 turi Yangi Zelandiyada, 7 turi Janubiy Amerikaning
177


janubida, 2 turi Janubiy Afrikada tarqalgan. Bu oilaning 3 ta avlodi 
Avstraliya uchun endemikdir. Avstraliyada karpsimonlar uchramaydi. 
Baliqlaming keng tarqalgan bu guruhining mazkur oblastda uchra 
masligi, daryolaming kamligi bilan tushuntiriladi.
Avstraliya oblastining umurtqasizlar faunasi tarkibida turlar soni 
kam. Kunduzgi kapalaklar va boshqalar materikning shimoli-sharqi- 
dagina uchraydi. Hasharotlardan chumolilar keng tarqalgan bo iib , 
ular nisbatan qadimiy va sodda tuzilishga ega boig an turlardan 
tashkil topgan. Termitlaming 170 turi tarqalgan. Fitofaglar orasida 
to ‘g‘ri qanotlilar faunasi tarkibida turlar soni ancha ko‘p. Umuman 
olganda, mazkur oblast entomofaunasi primitiv va keng tarqalgan tur­
lardan tashkil topgan. Tikuvchi yashil chumolilar o‘ziga xos bo iib , 
ular barglardan uya qurishda o‘zlarining lichinkalaridan igna sifatida 
foydalanishadi. 0 ‘rgimchaksimonlar turkumiga mansub avlodlaming 
ko‘pchiligi endemiklardir. Oblastda eng yirik yom gir chuvalchang- 
lari sanalgan megaskoletsid (uzunligi 2,5 metrgacha) oilasi vakillari 
uchraydi.
Avstraliya oblastining faunasi landshaftlarining turli-tumanligiga 
qaramay bir xillikka ega. Faqat Yangi Gvineyada va unga qo‘shni 
orollarda hamda materikning shimoliy chekkasida fauna nisbatan xilma- 
xil. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Avstraliya zoogeografik oblastini 
Avstraliya va Papuas (Yangi Gvineya) kabi ikkita hududga bo iib
o‘rganish oblast faunasini yanada to iiq tavsiflash imkonini beradi.
Avstraliya hududi Avstraliya materigining asosiy qismini (shi- 
molidan tashqari), Tasmaniyani va uning sharqida joylashgan qo‘shni 
orollami o‘z tarkibiga birlashtiradi. Maydonining kattaligiga va 
ekologik sharoitlarining keng doirada tebranishiga qaramay, fauna 
sining tarkibida turlar soni nisbatan kam boiadi. Bunday xususiyat 
mazkur hududning nisbatan alohidalashganligi bilan tushuntiriladi.
Ushbu hududda choilar va savannalarga xos hayvon turlari keng 
tarqalgan hamda turlaming ko‘pchiligi c h o i mintaqasida ham, sa 
vannada ham uchraydi. Cho‘1 mintaqasining hayvonot dunyosi uzoq 
tarixiy alohidalanish sharoitida shakllangan b o iib , turlarda c h o i sha
178


roitiga nisbatan moslashish hamda o‘ziga xos hayotiy shakllar yetarli 
darajada yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu yerda yirik hayvon guruhlari, 
jumladan, yirtqichlar, tuyoqlilar va boshqa qator turlar uchramaydi.
Sutemizuvchilar faunasi tarkibida (qo‘lqanotlilardan tashqari) 41 
avlod, 139 tur uchraydi, shundan 34 avlod 106 tur xaltalilarga tegish
li. Bitta guruhga aloqador bo‘lgan bunday xilma-xillik orol faunasiga 
xos xususiyatlardan biridir. Xaltalilaming 6 ta oilasi uchraydi, ular- 
ning deyarli hammasi endemiklardir. Cho‘l va savannada uchraydigan 
xaltalilarga malla va kul rang kenguru, vollabi va kengurusimon ka- 
lamushni kiritish mumkin. Bu turlar asosiy fitofaglar rolini bajaradi. 
Mazkur guruhga xaltali qo‘shoyoqchani, xaltali sichqonlarni va xal 
tali kalamushlami ham kiritish mumkin. Ayni vaqtda kengurusimon 
kalamushlar itlar va tulkilar tomonidan ko‘plab qirilgan hamda quy 
onlar ta’sirida o‘z areallarini qisqartirishga majbur bo‘lishmoqda. 
Hozirda ular kam sonda chala cho‘l mintaqasida saqlanib qolgan. 
Qo‘lqanotlilaming xilma-xilligi nisbatan yuqori darajada namoyon 
bo‘ladi hamda ulaming 14 oilasi va taxminan 30 turi uchraydi. Ular- 
dan bitta avlod va 17 tur darajasidagi endemiklar uchraydi. Bir teshik- 
lilardan faqat о ‘rdakburun tarqalgan.
Qushlaming 270 avlodi uchraydi va shundan 100 tasi endemiklar­
dir. Tasqara, vyurok, qizilishton, chug‘urchuq va boshqa ayrim qush 
guruhlari uchramaydi. Qurg‘oqchil mintaqa uchun xos bo‘lgan eng 
tipik qush turiemudir. Xuddi shunday, barcha qurg‘oqchil mintaqa- 
larda to‘qimachilar va mayda to‘tilar kabi boshoqlilaming urug‘lari 
bilan oziqlanuvchi turlar tarqalgan.
Cho‘l mintaqasi uchun turli-tuman reptiliyalar xos va ular orasida 
kaltakesaklar ustunlik qiladi. Ayniqsa, agamalar, ssinklar va echke- 
marlar oilalari nisbatan keng tarqalgan.
Umurtqasizlardan uncha ko‘p bo‘lmagan saprofaglar-termitlar 
nisbatan keng tarqalgan. Xuddi shunday, chumolilami hamma joy da 
uchratish mumkin. Ayniqsa, yirik va tajovuskor buldog chumolilari 
katta jag ‘lari hamda nashtari bilan ajralib turadi. Ular sodda tuzilishga 
ega bo‘lgan ponerin kenja oilasiga mansub bo‘lib, Afrikada ham tar-
179


qalgan. Ammo Avstraliyada ulaming qadimgi turlari tarqalgan. Buta 
va o ‘t o ‘simliklarida hamda xazondan shakllangan qatlamda turli- 
tuman chigirtkalar, juftqanotlilar, kapalaklar, suvaraklar va chumoli 
lar juda ko‘p. Akatsiyalaming ildizlarida ayrim qo‘ng‘izlaming yirik 
lichinkalari yashaydi va ular aborigenlar uchun sevimli oziqa bo‘lib 
xizmat qiladi.
Papuas (Yangi Gvineya) hududi Selebes, Timor, Molukk, Yangi 
Gvineya, Solomonov orollarini, Bismark arxipelagi hamda qator may 
da orolchalami o‘z tarkibiga birlashtiradi. Avstraliya orolining qadimda 
Yangi Gvineya bilan tutash bo‘lganligini hamda ulaming landshaftlari 
o‘zaro o‘xshashligini inobatga olgan holda, Papuas hududiga Avstrali 
yaning chekka shimoliy qismini ham kiritish mumkin.
Faunasining asosiy qismi tropik va subtropik o ‘rmonlarda tarqal­
gan bo‘lib, ular asosan Yangi Gvineya va materiklaming shimoli- 
sharqiy chekkasiga to ‘g ‘ri keladi. Faunasi tarkibida turlar soni ko‘p. 
Hayoti tropik o‘rmonlar bilan bog‘liq bo‘lgan hayvonlar gurahi domi- 
nantlik qiladi.
Bu yerda sutemizuvchilaming (qoTqanotlilardan tashqari) 38 av- 
lodi uchraydi. Qo‘lqanotlilar juda xilma-xil bo‘lib, ulaming 8 avlodi 
endemiklar sanaladi. Sutemizuvchilardan xaltalilar va bir teshiklilar 
xarakterli turlardir. Bir teshiklilardan exidna va proexidnalar uchray 
di. Bu yerda tog‘-o‘rmon landshaftlarining ko‘pligi, tekislik min- 
taqalarida yashashga moslashgan yirik kengura turlarining uchrashini 
cheklaydi. Bu joylarda daraxtlarda yashovchi mayda tovushqonsi 
mon kengurular, bandikutlar va boshqalar uchraydi. Yuksak sutemi­
zuvchilar faunasi suv sichqonlari, Papuas cho‘chqasi va ko‘p sondagi 
qo‘lqanotlilardan tashkil topgan.
Qushlaming 151 avlodi uchraydi va ulardan 87 tasi endemiklarga 
to‘g ‘ri keladi. Bu yerda kazuarlaming 3 turi, kapachi qushlar va jan 
nat qushlari tarqalgan. To‘tilardan qora va oq kakadu, kaptarlardan 
yirik кар tar uchraydi. Ko‘k targ‘oqlar va xas tovuqlar turli-tuman 
bo‘lib, zichligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega. Yirtqich qushlar- 
dan garpiya qayd etiladi.
180


Reptiliyalar kam, gekkonlaming endemik avlodi va toshbaqalar- 
ning endemik oilasiga mansub turlar tarqalgan. Reptiliyalar faunasi- 
ning asosini gekkonlar, ssinklar, echkemarlar, timsoh, terili toshbaqa, 
ko‘p turdagi ilonlar (ulaming katta qismini zaharli ilonlar) tashkil 
etadi. Amfibiyalardan baqalar uchraydi.
Avstraliya faunasi tarkibida mezazoy va uchlamchi davrda ya- 
shagan hayvon turlari saqlanib qolgan. Ularga xaltalilar va tuxum 
qo‘yuvchilami misol qilish mumkin. Fauna tarkibida bu kabi qadi- 
miy turlaming boiishi, faunaning turli biotik va antropogen omillar 
ta’siridan nisbatan tez o ‘zgarishiga hamda fauna tarkibida turlaming 
kamayishiga sabab boimoqda.
Avstraliya faunasining “yevropalashtirilishi” va uning oqibatlari. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, Avstraliya faunasining nisbatan qadimiy- 
ligi uning tarkibidagi turlaming morfologik va fiziologik tuzilishini 
soddaligida ham yaqqol namoyon boiadi. Ayni vaqtda yuz berayotgan 
evolutsion jarayonlar bunday sodda tuzilishga ega b o ig an ko‘pchilik 
turlar uchun noqulayliklar tug‘diradi (areali qisqaradi, soni kamayadi, 
qirilib ketadi). Ayniqsa, keyingi yillarda insonning turli faoliyatlari 
natijasida faunaga boiadigan bevosita va bilvosita ta’sirlar hayvonot 
dunyosining antropogen transformatsiyalanishiga olib kelmoqda.
Avstraliya oblastiga tegishli barcha rayonlarga yoppasiga bu joyga 
aloqador boim agan har xil turlar va asosan, Yevropa turlari introduk 
siya qilingan. Bu jarayon ayni vaqtda ham davom etmoqda. Bunday 
turlar ongli ravishda ya ba’zan ta§odifan kelib qolgan b o iib , oblast 
biokomplekslariga u yoki bu darajada o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. In 
troduksiya qilingan turlaming ayrimlari shu darajada tez ko‘payib 
ketganki, ular nafaqat tabiiy komplekslarga ziyon yetkazish, balki in 
son xo‘jaligiga ham xavf tug‘dirish darajasiga yetgan. Jumladan, Avs- 
traliyaga quyonlaming keltirilishi o‘tloqlaming asosiy qismi yo‘qolib 
ketishiga sabab b o ig an va natijada fitofag xaltalilaming tur soni va 
zichligi kamayib ketgan. Buning oqibatida kengumlaming ayrim 
turlari, xaltali bo‘ri, bir necha turdagi vombatlar qirilib ketgan. Ayni 
vaqtda Avstraliyada bug‘ular, sema, Yevropa tulkisi, rusak tovush
181


qoni va boshqa qator kelib qolgan turlami uchratish mumkin. Shunga 
o‘xshash ayrim holatlami nafaqat Avstraliya, balki boshqa zoogeo 
grafik oblastlarda ham ko‘rish mumkin.
Hozirgi vaqtda Avstraliya oblasti mahalliy turlarining ko‘pchiligi 
yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Aynan shu sababli, hozirda 
Avstraliyaga chetdan hayvonlami olib kirishni va mahalliy noyob turlami 
Avstraliyadan olib ketilishini cheklovchi juda qattiq qonunlar joriy 
etilgan. Xuddi shunday yo‘qolib ketish xavfi ostidagi va endemik turlami 
muhofaza etiladigan hududlarda saqlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.
. Avstraliyaga keltirilgan har qanday tur mahalliy turlarga to‘g‘ridan- 
to‘g ‘ri yoki bilvosita o‘z ta’sirini oikazadi. Jumladan, bu yerdagi 
dashtlarga qoramollaming keltirilishi, ular ajratadigan go‘ngning 
chirimasdan ko‘p miqdorda yig‘ilib qolishiga sabab boigan. Asosan 
xaltalilaming ekskrimentlari bilan oziqlanishga moslashgan mahalliy 
go‘ng qo‘ng‘izlar qoramollaming go‘ngini parchalashni o‘zlashtira 
olmagan. Oqibatda parchalanmagan ko‘p miqdordagi qoramol go‘ngi 
o‘tloqlaming rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan. Mazkur muammoni 
hal qilish maqsadida, Avstraliyaga Yevropa va Amerikadan bir necha 
turdagi kaprofag qo‘ng‘izlar olib kelingan. Keltirilgan qo‘ng‘izlardan 
6
turi muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan va ular go‘ngni tuproq ostiga 
olib kirib, uning parchalanishiga va tuproq unumdorligining oshishi- 
ga hamda go‘ng bilan oziqlanuvchi chivinlar sonining qisqarishiga 
sabab boigan. Avstraliyaga Yevropa tulkisini iqlimlashtirishdan ku 
tilgan asosiy maqsad tulki ovini uyushtirish boigan. Ammo iqlim­
lashtirilgan tulkilar mayda xaltalilami ov qilishni o ‘zlashtirishgan va 
oqibatda ayrim joylarda xaltalilaming butunlay qirilib ketishiga sa 
bab boigan.
Yuqoridagilarga va shu kabi boshqa asoslarga tayangan holda ay 
tish mumkinki, muayyan hududda tabiiy shakllangan biogeotsenoz 
tarkibiga kiritiladigan har qanday yot tur mazkur biogeotsenozning, 
jumladan, mahalliy faunaning tur tarkibi va sonining u yoki bu da 
rajada o‘zgarishiga hamda muammoli vaziyatlaming shakllanishiga 
sabab boiadi.
182


B.Grjimek (1977) m a’lumotlariga ko‘ra, keyingi 400 yil ichida 
130 turdagi sutemizuvchilar va qushlar qirilib ketgan. Shundan 76 
tur Birinchi jahon urushidan keyin qirilib ketganligi qayd etiladi. Ke 
lajakda hayvonlaming у ana 550 turi butunlay yo‘qolib ketish xavfi 
ostida turganligi to‘g‘risida m a’lumotlar bor. Bunday holat ayniqsa, 
oral faunalarida hamda mahalliy faunaga yot turlaming kirib kelishi 
oqibatida sodir bo‘lishi ko‘proq kuzatiladi. Ayniqsa, nisbatan mayda 
orollarda yashovchi endemiklar yuqoridagi ta’sirlardan ko‘proq ziyon 
ko‘radi.
Yevropa va Shimoliy Amerika faunasiga mansub turlar ancha 
raqobatbardosh bo‘lib, ular Avstraliyaning morfo-fiziologik jihat- 
dan nisbatan sodda bo‘lgan mahalliy faunasini o ‘z yashash joylari- 
dan siqib chiqaradi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, raqobatbardosh 
turlami nisbatan sodda tuzilgan fauna vakillari tarqalgan joylarga 
iqlimlashtirilishi yoki tasodifan kelib qolishi muammolaming kelib 
chiqishiga sabab bo‘ladi. Ba’zi hollarda, hatto ongli ravishda hayvon 
larni iqlimlashtirish jarayonlarida ham uning yangi yashash joyidagi 
mavjud biotsenoz elementlari bilan bo‘ladigan ekologik munosabat 
lariga yetarli darajada e’tibor berilmaydi. Bu holat ham yuqoridagi 
kabi muammolaming shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Juda ko‘p hayvon turlarining yangi yashash joylariga tasodifan 
kelib qolganligi to‘g‘risida m a’lumotlar uchraydi. Bunday turlarga 
birinchi navbatda turli ekto va endoparazitlami hamda insonning 
yo‘ldoshiga aylangan boshqa sinantrop turlami misol qilish mumkin 
(kul rang va qora kalamushlar, uy sichqonlari, burga va kanalar va 
boshq.).
Inson tomonidan turlami ongli va tasodifan bir yashash muhitidan 
ikkinchisiga ko‘chirib o ‘tkazilishi turlaming tarqalish imkoniyatlarini 
cheksiz oshiradi. Natijada, hatto ekologik vagilligi past bo‘lgan turlar 
ham keng tarqalish va yangi muhitni egallash imkoniga ega bo‘ladi, 
ya’ni turlaming tabiiy ravishda kechib o ‘tishi qiyin bo‘lgan to‘siqlar 
antropogen omillar yordamida juda qisqa muddatda bartaraf etila­
di. Shuni qayd etish lozimki, inson tomonidan yoki tasodifan yangi
183


muhitga kelib qolgan turlaming ayrimlari m a’lum muddat davomida 
moslashish natijasida bu yerda yashab qolsa, boshqalari yashay ol 
maydi. Ayniqsa, hayvonot dunyosi tarkibida turlar soni ko‘p va ma 
terik xususiyatiga ega boig an oblastlarga iqlimlashtirilgan yoki ta 
sodifiy kelib qolgan turlaming yashab ketishi ancha qiyin kechadi. 
Aksincha, hayvonot dunyosi tarkibida turlar soni kam, orol xususi 
yatiga ega b o ig an faunalarga kelib qolgan turlaming yashab qolishi 
va tarqalib yangi ekologik javonlami egallashi juda tez va muvaffaqi 
yatli kechadi.
Turning yangi joyda yashab ketishi uning turlararo kurashdagi 
raqobatbardoshligiga bogiiq. Agarda turning bu ko‘rsatkichi yuqo 
ri b o isa, u ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha past pog'onani egallovchi, 
ekologik xususiyatlari bilan o ‘ziga o ‘xshash boig an boshqa turlami 
siqib chiqaradi. Aynan mana shunday holatlami o ‘rganish va oldindan 
ko‘ra bilish har qanday tumi iqlimlashtirishda va uning kelgusida bio- 
tsenozda tutgan o ‘mini aniqlashda juda muhim.
Yevropa chumolilari va tuproq chuvalchanglari Avstraliyada va 
boshqa qator hududlarda (Janubiy Amerika, Janubiy Afrika, Yangi 
Zelandiya) tez tarqalib ketgan. Buning asosiy sababi, mahalliy tur­
laming chekinishi (siqib chiqarilishi), ya’ni raqobatga bardosh berol- 
maganligidir. Avstraliyada ayni vaqtda tuproq chuvalchanglarining 
mahalliy turlarini topish juda qiyin.
Dingo iti Avstraliyaga shimoldan keltirilgan tur b o iib , u mahalliy 
tur-xaltali bo‘ri va vombatni o ‘z arealidan siqib chiqargan. Keyincha- 
lik mazkur turlar dingo itining tarqalishi qiyin boig an Tasmaniyada 
saqlanib qolgan. Eng yirik xaltali yirtqichlardan boig an xaltali bo‘ri 
XX asming o‘rtalarida inson tomonidan butunlay qirib tashlangan.
Kuzatishlaming tahlili shuni ko‘rsatadiki, shimoliy yarim shar- 
da yashovchi turlar janubiy materiklarga tushib qolganda u yerda 
gi turlami o‘z arealidan jadal siqib chiqaradi. Bu holat “Yevrosiyo 
turlarining ustunligi” qonuniyati deb yuritiladi va Yevrosiyo turlari- 
ning janubiy yarim shardagi turlarga qaraganda geologik jihatdan 
yoshligi, nisbatan morfo-fiziologik jihatdan progressiv tuzilishi bilan
184


tushuntiriladi. Yevrosiyo faunasining asosan uchlamchi davr oxiri va 
to‘rtlamchi davrda shakllanganligini, Avstraliya faunasi tarkibidagi 
xaltalilar va bir teshiklilar mezozoy erasiga xos turlar ekanligini ino 
batga olganda, yuqoridagi fikr yana bir bor o ‘z tasdig‘ini topadi. Odat- 
da, faunani “yevropalashtirish” mahalliy turlaming siqib chiqarilishi 
bilan xarakterlanadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Avstraliya fau 
nasi ayni vaqtda asosan shimoliy yarim sharda yashovchi turlar hiso 
biga shakllanib bormoqda. Bunday sharoitda mahalliy faunani saqlab 
qolish masalasi dolzarbligicha qolmoqda.
Shunday qilib, bir turning ikkinchi bir tumi o ‘zi yashayotgan 
arealdan siqib chiqarish hodisasi, odatda, qon-qarindosh bo‘lmagan, 
sistematik jihatdan uzoq, turli geologik davrlarda paydo bo‘lgan ham 
da bir xil yashash muhitini tanlovchi turlar orasida yaqqolroq sodir 
bo‘ladi. Bu hodisa ko‘pincha filogenetik jihatdan qari va yosh turlar, 
ya’ni xaltalilar va yo‘ldoshlilar orasida ko‘proq kuzatiladi.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, Avstraliya fau 
nasi keyingi yillarda tub o ‘zgarishlarga uchragan. Yevropaliklaming 
Avstraliyaga kirib kelishi faunanining Yevrosiyoga xos turlar bilan 
egallanishiga sabab bo‘lgan.
Har qanday muhitda yashashidan qat’i nazar, inson o‘zining mod 
diy va m a’naviy ehtiyojlarini qondira oladigan narsa va hodisalarga 
ehtiyoj sezadi hamda uni ishlab chiqarishga, ko‘paytirishga intiladi. 
Afsuski, mazkur faoliyatni amalga oshirishda u tabiat komponent- 
lariga qay darajada ta ’sir ko‘rsatayotganligini ko‘pincha ancha kech 
tushunib yetadi. Xuddi shu sababli ko‘p hollardaAvstraliya oblastining 
avtoxton turlari qirilib ketgan, soni kamaygan yoki areali qisqargan.
Dastlabki kelgindilar tomonidan Avstraliyaga ongsiz ravishda yoki 
tasodifan ko‘pgina turlar (hasharotlar, o‘rgimchaklar, mollyuskalar, 
qisqichbaqalar, chuvalchanglar) olib kelingan. B a’zi chorva mol- 
lari (qoramol, qo‘y, echki, cho‘chqa), parrandalar (xonaki kaptarlar, 
tovuq, o ‘rdak va boshq.) ongli ravishda keltirilgan bo‘lib, ular bilan 
birgalikda har bir turning o‘ziga xos mikrofaunasi (ektoparazitlar va 
endoparazitlar) ham Avstraliyaga kirib kelgan.
185


Avstraliya oblasti mahalliy faunasining toialigicha mezazoy erasi 
va uchlamchi davrga xos ekanligini hisobga olganda, fauna juda qa 
dimiy kelib chiqishga ega bo‘lib, nisbatan sodda tuzilgan vakillar- 
dan tashkil topgan. Yuksak tuzilishga ega boig an turlaming bu joyga 
turli y o ila r bilan kirib kelishi mahalliy faunaning kamayib ketishiga 
sabab boimoqda. Iqlimlashtirilgan yoki tasodifan kelib qolgan tur­
laming ayrimlari shu darajada ко‘payib ketganki, ular Avstraliya eko 
tizimlari uchun haqiqiy xavf tug‘diruvchi omilga aylangan. Yuqorida 
ta’kidlanganidek, quyonlaming bu joyga keltirilishi xaltalilaming 
tur tarkibi va zichligining qisqarishiga sabab boigan. Kengurular va 
vombatlaming ayrim turlari va xaltali bo‘ri butunlay yo‘qolib ketgan. 
Ayni paytda dastlabki faunaning asosiy qismi yo‘qolib ketish xavfi os- 
tida turibdi. Yo‘qolib ketish arafasida turgan endemiklami qo‘riqxona 
sharoitida saqlash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
Avstraliya egallagan katta maydonning choiga aylanishi va bu 
yerdagi iqlimning o ‘zgarishi karkidon kattaligidagi yirik xaltali hay 
von turi Diprotodon optimum ning qirilib ketishiga olib kelganligi 
haqida m uium otlar bor.
Hozirgi vaqtda Avstraliyada bir nechta yirik milliy bog‘lar tash 
kil etilgan b o iib , boshqa hayvonlaming bu joyga kirishi yoki chiqib 
ketishini cheklash maqsadida ulaming ayrimlari to iiq sim to‘r bilan 
o‘rab olingan. Shunday boiishiga qaramasdan, Avstraliyaning eng 
yirik tajovuzkor yirtqichlaridan sanalgan dingo iti sim to‘rlaming 
ostini kovlash orqali milliy bogiarga kirib, u yerdagi hayvonlar- 
ning ko‘plab qirilishiga sabab boim oqda. B a’zan, milliy bogiardan 
tashqariga chiqib ketishga uringan hayvonlaming sim to‘rlarga ilinib 
nobud b o iish hollari ham uchrab turadi.
Avstraliyaga dastlabki kelgindilaming kirib kelishi muz davridan 
keyin boshlangan. Bu davrda tuban tuzilishga ega, yetarli darajada 
himoyalanmagan sutemizuvchilar faunaning asosini tashkil etgan va 
ular kelgindi ovchilarga juda oson o ija boigan. Ovchilar bu davrda 
asosan bumerang va nayzalar kabi sodda ov qurollaridan foydala- 
nishgan.
186


Avstraliyada xuddi shunday Janubiy Amerika va Afrikada ayni 
vaqtda ham mahalliy aholining aksariyat qismi hayvonot dunyosi bi 
lan juda yaqindan aloqada va yonma-yon yashab kelmoqda. Aborigen 
aholi ov jarayonida hayvonot dunyosining butunlay qirilib ketishiga 
yo‘l qo‘ymaydigan uslublardan foydalanadi va shu asosda hayvon 
laming muhofazasini ta’minlaydi. Bu holatni ko‘pincha tub aholining 
son jihatdan kamligi va ov qurollarining soddaligi bilan tushuntirishga 
urinishadi. Aslida esa bu holat tub aholining mahalliy ov qoidalariga 
amal qilishi (hayvonlami m a’lum miqdorda ovlashi, o‘zini ov qilish- 
dan jilovlashi, diniy qarashlar va boshq.) bilan tushuntirilishi mum­
kin. Masalan, Yangi Gvineyaning Janubiy qirg‘oqlarida yashovchi 
melaneziy qabilasi har yili dengiz qushlarining tuxumlarini yig‘ish 
bilan shug‘ullanadi va qushlar populatsiyasining sonini saqlash 
maqsadida uyada albatta m a’lum miqdorda tuxumlami qoldiradi. 
Ammo keyinchalik mazkur qabila yashaydigan joyga boshqa bir qa 
bilaning kelib qo‘shilishi, bu ov uslubining buzilishiga va qushlaming 
uya koloniyalari yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lgan. Xuddi shunday, 
Yangi Gvineyaning sharqiy qismidagi qishloqqa kelgan “zamo 
naviy” avstraliyalik ovchi aborigenlarga baliq ovlashning nisbatan 
samarali usulini joriy etishni taklif qilganida, qishloq oqsoqoli 
bunga yo ‘l qo‘ymagan va baliqlarning qirilib ketishidan xavfsi- 
rashini m a’lum qilgan holda e ’tiroz bildirgan. Jannat qushlarining 
narlaridagi parlar kiyimlarni bezash maqsadida foydalanilganligi 
oqibatida ularning soni kamaygan va areali qisqarib ketgan. Ma 
halliy aholi esa shunday turlardan biri (Paradisaea opoda raggiana) 
ni o‘z qabilasining mulki sifatida muqaddas biladi va faqat qari 
vakillarinigina ovlaydi.
Zamonaviy sivilizatsiyaning Avstraliyaga tobora chuqur kirib 
borishi va takomillashuvi mahalliy fauna tur tarkibi turlar soni- 
ning kamayishiga, ko‘pchilik turlaming muhofaza qilinishiga sabab 
bo‘luvchi asosiy omillardan biridir.
187



Yüklə 352,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin