№1 2022
128
Gazdagi suyuqlik tomchilari va mexanik qo’shimcha gaz komponentlarining
harakatchan qismiga zarbali ta’sir ko’rsatib, gazni kelgusi qayta ishlashni
qiyinlashtiradi, quvur va jihozlarda tiqin hosil qilib, me’yoriy ishlashining buzilishiga
sabab bo’ladi.
Gaz quvuruzatkichlari, kompressorlar va gazni qayta
ishlash qurilmalarning
me’yorda ishlashini taminlash uchun gazlarning tarkibidagi qo’shimchalar va
namlikdan tozalash talab etadi.
Gaz tarkibida suv bug’lari, N
2
, CO
2
, H
2
S va meхanik zarralar kabi
qo’shimchalarni tozalash GQIZ ga uzatishda bir qator salbiy holatlarga olib keladi.
Chunki, gazlar sovutilganda yoki, bosimi oshirilganda bug’simon namlik
kondensatsiyalanishi va
ozod suv, muz yoki gidrat hosil qilishi mumkin.
Gazsimon yonilg’ilar siqilgan va suyultirilgan ko`rinishda ishlatiladi. Kritik
harorati havo haroratidan yuqori bo`lgan uglevodorodlar past bosimda gaz holatidan
suyuq holatga o`tadi. Bunday gazlar - suyultirilgan gazlar deyiladi (Masalan,
haroratda propanni suyuq holatga o`tkazish uchun
, butan uchun
bosim talab qilinadi).
Qayta ishlash va uaztishga yuborilayotgan tovar gazning sifat ko’rsatkichlariga
qo’yiladigan talablarning keskinlashishi hamda gazli xomashyo tarkibidagi
nordon
komponentlar miqdorini xalqaro standartlar talablariga qadar kamaytirish zaruriyati,
gazlarni tozalash tizimini takomillashtirsh hisobiga
tayyorlanadigan tovar gaz
tannarxini kamaytirish, gazlarni tozalash va quritish jarayonlarida qo’llaniladigan
sorbentlar, ingibitorlar va boshqa turdagi reagentlarni mahalliylashtirishni ko’zlab,
neft va gaz kimyosi sanoati tarmoqlarini tubdan isloh qilish va undagi uglevodorodli
xom ashyoni samarali qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilish maqsadida mavjud
texnologiyalarning zamonaviy, energiya va resurs tejamkor hamda chiqindisiz
texnika va texnologiyalar bilan bosqichma-bosqich almashtirishni talab qiladi.
Gazni qazib olish va uzatishda bosimning
bosqichma-bosqich kamayishi
namlikka to’yingan gazning haroratini pasayishiga olib keladi. Bunday sharoitlarda
tabiiy gaz molekulasi suv bilan o’zaro ta’sirlashib qattiq kristal zarralarni hosil qiladi.
Bundan tashqari, tabiiy gazlardagi singari issiqlik ajralib,
tizimdagi harorat
ko’tariladi. Hajm doimiy qolgani bois, harorat oshishi bilan tizimda bosim o’sadi.
Gazlarni tashish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish qurilmalari, jihozlari
hamda quvuruzatkichli kommunikatsiyalarga korrozion tajovuzkor tavsifga ega,
ekologiyaga salbiy ta’sir ko’rsatib inson hayotiga jiddiy xavf tug’diruvchi nordon
gazlarni utillash bugunnning ustivor vazifalaridan biri sanaladi.
Nordon gazlar (ayniqsa namlik ishtirokida) yuqori korrozion ta’sir namoyon
qilib, katalizatorlarni zaharlaydi. Vodorod sul’fidi va uning yonish mahsulotlari
zaharli sanalib, tevarak atrofga zararli ta’sir o’tkazadi.