S H O P E N I J O D I N I N G T A V S I F I Bastakorning m usiqiy uslubi favqulodda yagonaligi bilan ajraiib turadi. «Shopencha intonatsiya», tabiiy va takrorlanmas holda polyak bastakorining avval yaratgan, shuningdek ijodiy y o ‘lining oxirida yaratgan asarlarini ham bir ipga chizib beradi. Shopen o ‘z ijodini fortepiano musiqasi doirasida chegaralab beradi, bu sohada esa u juda baland darajalarga hamda badiiy ko‘p qirralikka www.ziyouz.com kutubxonasi
erishdi. U ayni shu cholg'u asbobidan butun boshli orkestr uchun rangia» palitrasini chiqara oldi. Jahonning mashhur pianinochilaridan biri
Anton Rubinshteyn bejiz «Shopen- fortepianoning «bardi (kuychi shoir), rapsodi (xalq kuychisi), ruhi, joni» demagan edi. Shopenning musiqiy fikrlari fortepiano ustida badihatan tug‘ilgan hamda so f pianino jarangi bilan ifodalangan. Uning fortepiano ijodi fortepiano musiqasining keyingi taraqqiyottida juda katta rol o ‘ynadi. Shopenng ta’siri faqat List va bastakorning boshqa zamondoshlarigagina bo‘lgan emas; rus bastakorlarining ko‘plab avlodi, XIX asr o'rtalaridan boshlab to Skryabin va bizning zamonamizacha bo‘lgan bastakorlar ijodiga o'z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Shopen ijodining asosini uning vatani, shu vatan tarixi, tabiati, kishilari, urf-odatlari, an’analari bilan bog‘liq b o ig a n mavzular tashkil etadi. Shopen original musiqiy janrlar va shakllar ijodkori bo‘lgan. Uning cholg'u miniatyuralari yangicha hayot kasb etadi. Shopen prelyudiyalami ijodning mustaqil turi sifatida tasdiqladi, etyud