198
qanchalik mos kelishini ko`rsatib o`tish imkoniyatini qo`ldan
chiqarmaydi. Masalan, darsda samolyot yoki planerning qog`oz
modelini tayyorlashda bu buyum uchun qalin va tarang qog`oz
olish
zarurligini qayd etadi. Turli qalinlik, zichlik va taranglikdagi bir xil
o`lchamdagi qog`oz ishlanmalarini ko`rsatib, o`qituvchi amalda ushbu
modelni tayyorlash uchun chizma va karton qog`ozi
yaxshiroq mos
kelishini ko`rsatib beradi. Qog`ozning xuddi shu turlari turli inshootlar
maketi, geometrik jismlar modellarini tayyorlash uchun ham mos.
Bolalar tomonidan ishlov beriluvchi materiallar assortimentining
yangi yoki o`ziga xos xususiyatlarga ega turlari bilan asta-sekin
to`ldirilib borilishi kichik maktab o`quvchilariga
bu xususiyatlarni
yaxshiroq o`rganish va olingan bilimlarini amaliy faoliyatlarida ongli
qo`llashga ko`maklashadi.
Bu bilimlar tizimlashtirilsa, o`quvchilarning material xususiyatlari
va ularga ishlov berish usullari to`g`risidagi bilim sifati yaxshilanadi.
Bunday tizimlashtirishning ajoyib vositasi – bu o`quvchilar tomonidan
material majmuasining tanlanishi va tayyorlanishidir. Shuning uchun
o`quvchilarni qog`oz va kartonning yangi turlari bilan o`quvchilarni
amaliy tanishtirib borib, o`qituvchi ular
oldiga majmualarini yangi
namunalar bilan to`ldirib borish vazifasini qo`yadi.
Masalan, III va IV sinf o`quvchilarining o`quv majmualarida
o`rash qog`ozi, gul qog`oz va gofrilangan qog`oz, kalka,
metallashtirilgan va parafinlashtirilgan qog`oz, fotoqog`oz va hokazo
namunasi paydo bo`ladi.
III va IV sinf o`quvchilari o`z majmualariga yangi qog`oz
turlarini oddiy qo`shish va namunalar ostiga u yoki bu turdagi qog`oz
nomlarini yozib qo`yish bilan cheklanib qolmaydilar. Ular o`zlarining
qog`oz va karton majmualari uchun namunalar tanlab, bu namunalarni
eng muhim belgilari:
vazifasi, pardoz turi, sifati bo`yicha
guruhlaydilar.
Namuna ostiga qisqa yozuv yoziladi, shu yozuv asosida material
nomi,
uning vazifasi, qo`llanish sohasi bo`yicha ma‘lumotga ega
bo`lish mumkin. Masalan, «Bosmalash qog`ozlari» degan umumiy
sarlavha ostiga kitob-jurnallar uchun,
gazeta uchun, muqovalash
uchun, afisha uchun, hujjatlar uchun degan yozuvlar ostiga namunalar
joylashtirilishi mumkin.
199
Albatta, III va IV sinf o`quvchilari tomonidan texnologiya
darslari va sinfdan tashqari mashg`ulotlarda qog`oz va kartonning
aynan qaysi turlari amaliy qo`llanishini oldindan bilish qiyin. Bu
amaliy ishlar mavzusi va materiallar borligiga bog`liq.
Lekin barcha
hollarda majmualar tuzish va tayyorlash bo`yicha ishlarning muhim
ahamiyatini tan olish zarur.
Dostları ilə paylaş: