200
2 – rasm.
IV sinf
o`quvchilari qog`oz va kartonning fizikaviy va texnologik
xususiyatlarini
o`rganishda
ularni
texnologiya
darslarida
foydalanadigan boshqa materiallar – gazlama, tabiiy material,
plastmassa plyonkalar xususiyatlari bilan taqqoslaydilar (3-rasm).
O`quvchilar ishlov berilayotgan materiallarning
sifat xususiyatlari
to`g`risidagi o`z bilimlarini oshirib borib, ular bajarayotgan ishlari
sifatining yaxshilanishiga erishishlaridan qoniqish hosil qilishlari
muhim.
3-rasm
201
O`quvchilar amaliyotidan aniq misollar asosida o`qituvchi
materiallar xususiyati to`g`risidagi bilimini to`ldirib
borish qanchalik
muhimligini tushuntiradi. U bolalarga barcha ishlab chiqarish
xodimlari o`rganadigan materiallar to`g`risidagi maxsus fanlar –
materialshunoslik, materiallar qarshiligi, ularga ishlov berish
texnologiyasi – mavjudligini ma‘lum qiladi.
Qog`oz – varaqli material.
Texnologiya
darslarida amaliy ish,
suhbat va maxsus kuzatishlar jarayonida o`qituvchi o`quvchilarni
qog`oz varaqli material degan xulosaga olib keladi: uning qalinligi
boshqa ikki o`lchamga (uzunligi va kengligi) qaraganda ahamiyatsiz.
Qog`oz sotuvga u yoki bu kattalikdagi varaqlar yoki muayyan kenglik
va foydalanish uchun qulay uzunlikdagi yo`llar ko`rinishida
chiqariladi. Boshqa ko`pchilik yupqa materiallar (gazlama, plyonka,
tunuka va hokazo) kabi qog`oz qaychi bilan kesiladi.
Darsda birgalikda kuzatish, tajriba almashish va turli tur va
navdagi qog`oz namunalarini o`rganish orqali o`quvchilar
u yoki bu
turdagi qog`oz vazifasiga qarab varaqlar va yo`llar shakli va o`lchami
o`zgarishini bilib oladilar. Yozuv uchun qog`oz «kanselyariya»
formati ko`rinishidagi o`ramlar shaklida kesilib sotuvga chiqariladi:
katta bo`lmagan varaqlarda yozish qulay, ularni saqlash ham qulay.
Pochta qog`ozi varaqlari formati yana ham kichik. Rasm va chizmalar
uchun qog`oz, aksincha, katta varaqlarda, ba‘zan
esa rulonlarga
o`ralgan keng yo`llar ko`rinishida chiqariladi: inshootlar va
mashinalar loyihalari chizmalari va rasmlar uchun turli formatdagi
qog`oz kerak va u joyida kesiladi.
Chizma uchun kalka, millimetr qog`ozi, gul qog`ozlar rulonlarda
o`ralgan holda chiqariladi, bosish va o`rash uchun qog`oz
esa katta
og`ir rulonlarda chiqariladi: ularni bu holda tashish, saqlash va
keragicha foydalanish oson.
Kuzatishlar orqali o`quvchilar qog`oz namunalarini boshqa
varaqli materiallar – gazlama, charm,
plastmassa plyonka, fanera,
tunuka, folga namunalari bilan taqqoslaydilar. Bu ishning politexnik
ahamiyati beqiyos: taqqoslash ishi kichik maktab o`quvchilarining
turli
materiallar,
ularning
xususiyatlari,
tasnifi
to`g`risidagi
tasavvurlarini kengaytirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: