261
derazalar – yog`ochdan, tom – yog`och, yupqa temir, shifer, tol - qora
smola shimdirilgan kartondan; tashqi eshiklar – DSP dan, ichki
eshiklar – DVP dan qilinadi.
16-rasm. Yashash binosi arxitekturasi va qurilishi bilan tanishish:
1 –
binoning asosiy qismlari; 2 - qurilish materiallariga suvning
ta‘sirini aniqlash tajribalari; 3 – material yonuvchanligini tekshirish; 4
– bino qurishda ishlatiluvchi materiallar
Bino va uning qismlari bilan tanishgandan keyin uchinchi sinf
o`quvchilari
ekskursiyada
to`plangan
qurilish
materiallari
namunalarini diqqat bilan qarab chiqish, bu materiallar rangini,
ularning qattiqligini aniqlash vazifasini olishadi. O`quvchilar beton va
shifer kul rang, g`isht
- qizil va oq, gudron - qora rangdaligini
aniqlashadi. Bu materiallarning hammasi qattiq.
Ko`rsatish tajribalari jarayonida o`qituvchi bolalarni bu
materiallarning suv va olovga munosabati bilan tanishtiradi.
O`qituvchi navbat bilan beton, g`isht, shifer va gudron bo`laklarini
suvli stakan ichiga solib oladi, o`quvchilar ularni qarab chiqadi.
Bolalar bu materiallar suvda cho`kishi va ho`llanmasligini qayd
etadilar (16.2-rasm). Qurilish materiallarini alanga ustida qizitish
jarayonida o`quvchilar beton, g`isht va
shifer qattiqligicha qolishi,
gudron esa yumshashini aniqlaydilar (16.3-rasm).
Zamonaviy qurilish materiallarining asosiy xususiyatlari –
mustahkamlik, namga chidamlilik va olovga qarshilik. Bunday
materiallardan qurilgan binolar uzoq saqlanadi. Ular yomg`ir va
olovdan qo`rqmaydi.
262
O`qituvchi o`quvchilarga beton va g`isht parchalarini yana bir
marta qarab chiqishni taklif qiladi. U bu materiallar zamonaviy
binolarni qurishda asosiy ekanligini aytadi. Qizil g`isht loydan, oq
silikat g`isht – sof kvarts qumiga (92-95 %) ohak qo`shib (5-8 %)
tayyorlanadi. Beton qum, sement, suv aralashmasidan olinadi. Beton
qisilishda
yuklanishga yaxshi chidaydi, lekin cho`zilishdagi
yuklanishni yaxshi ko`tarmaydi. Undan detallar cho`zilishda
sinmasligi uchun avval metall xivichlardan to`r yasalib, keyin uning
ustiga beton quyiladi. Beton quyilgan metall to`rlardan tayyorlangan
detallar temirbeton deb ataladi. Yirik temirbeton bloklardan uylar
qurish g`ishtdan ko`ra tezroq amalga oshiriladi. Hozir temirbeton
zavodlarida plitalar bilan birga butun xonalar, ba‘zan
esa butun
xonadonlar tayyorlanmoqda. Tayyor xonalar yoki xonadonlarni
qudratli avtomashinalarda qurilishga tashib kelib, katta kranlar bilan
ko`tarib, joyiga o`rnatiladi. Bir hafta ichida bunday bloklardan
quruvchilar beshqavatli uy yig`a oladilar.
Ekskursiya vaqtida o`quvchilar qurilishda yog`och keng
qo`llanishini kuzatganlar. Yog`ochdan romlar, deraza va eshiklar,
pollar qilinadi. Katta yuzalarni qoplashda yog`ochdan
foydalanish
maqsadga muvofiq emas. Ularning o`rniga DSP va DVP dan
foydalaniladi. DSP tayyorlash uchun yog`och qirindilari, DVP
tayyorlash uchun tolalari maydalanib ishlatiladi. Ular smolalar bilan
aralashtirilib, press yuzasiga muayyan qalinlikda eyiladi va qizitilgan
holatda katta bosim ostida qisiladi. Shunday tarzda bir necha kvadrat
metr kattalikdagi tekis plitalar hosil qilinadi. DSP qalinligi odatda 10-
12 mm, DVP esa 3-5 mm bo`ladi.
Uchinchi sinf o`quvchilari DSP va DVP bo`laklarini diqqat bilan
ko`rib chiqib, ular yuzasi silliq ekanligini aniqlaydilar; DSP ning
yuzasida
mayda qirindilar, DVP da esa tolalar ko`rinib turadi. DVP
ning teskari yuzasi odatda unchalik silliq bo`lmaydi.
263
17-rasm. Qurilish materiallari mustahkamligi va egiluvchanligini
sinash
O`qituvchi
yog`och
materiallarining
tarangligi
va
mustahkamligini ko`rsatuvchi tajribani ko`rsatadi (17-rasm). U
yog`och DSP va DVP dan kesib olingan 150x20x3 mm o`lchamli
bo`laklarni navbat bilan olib egadi. O`quvchilar yog`och bo`lagi bir
tekis egilishi, DSP bo`lagi sinishi, DVP bo`lagi esa bukilib qolishini
kuzatadilar. Tajriba asosida o`quvchilar eng tarang va mustahkam
material bu yog`ochligi, ikkinchi o`rinda DVP turishi,
eng nozik va
mustahkam bo`lmagani DSP ekanligi haqida xulosa chiqaradilar.
Dostları ilə paylaş: