Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Plastik massalar bilan tanishishda kuzatishlar va ko`rsatib



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Plastik massalar bilan tanishishda kuzatishlar va ko`rsatib 
berishlar. 
Ekskursiyalarda, uyda, maktab ustaxonalarida o`quvchilar 
sinf to`plamlari uchun plastik materiallarni to`play oladilar. 
O`qituvchi plastik massalar gazlamadek yumshoq va egiluvchan 
(kapron), tiqindek yengil (penoplast), po`latdek mustahkam (shisha 
plastik), toshdek qattiq (tekstolit), billurdek tiniq (orgshisha) bo`lishini 
aytadi. Zamonaviy plastik massalar uchun toshko`mir, neft, tabiiy 
gazlardan olinuvchi sintetik smola asos bo`lib xizmat qiladi. Plastik 
massalar uchun smolalar qozonlarda yuqori bosim ostida qizitiladi. 
Smolalardan quyish va turli qo`shimchalar bilan presslash yordamida 
turli mahsulotlar tayyorlanadi. 


264 
18-rasm. Plastik massalar va ulardan mahsulotlar: 
1 – plastik massalar; 2 – plastmassadan tipik mahsulotlar;
3 – plastmassaning ba‘zi xossalarini oddiy o`rganish 
Quyidagi plastik materiallar keng ma‘lum: xaltachalar, sisternalar, 
chelaklar, bochkachalar, plyonkalar tayyorlash uchun ketadigan 
yumshoq, chidamli, yengil material – polietilen (18-rasm), baliq 
ovlash to`rlari, tasmalar, tiqinlar tayyorlashga ketuvchi elastik va 
mustahkam material kapron, mashina detallarini tayyorlashga 
ketuvchi mustahkam material – tekstolit (smola shimdirilgan mato); 
plita yuzlari, gramplastinkalar, o`yinchoqlar va boshqa mahsulotlarni 
tayyorlash uchun ketuvchi yengil elastik material – polixlorvinil. 
Uchinchi 
sinf 
o`quvchilari 
plastik 
massalarning 
ba‘zi 
xususiyatlari bilan tanishadilar. Har bir partaga navbatchilar karton, 
polietilen, tekstolit, kapron va polixlorvinilning 0,3-0,5 mm 
qalinlikdagi parchalarni tarqatadilar. Namunalardan qaychi bilan 


265 
yo`llar kesib olib, o`quvchilar karton, polietilen, polixlorvinil oson 
kesilishi, tekstolit esa kesilmasligini aniqlaydilar. 
Namunalarni yirtishga harakat qilib, bolalar karton yirtilishi
polietilen, kapron, tekstolit, polixlorvinilni yirtib bo`lmaydi – ular 
juda mustahkam material degan xulosada keladilar. 
Namunalarni bukib, o`quvchilar karton oson bukilib, bukilgan 
holda qolishi, polietilen, kapron, polixlorvinil bukilib, darhol 
tekislanishi, tekstolit bukilishda sinishini aniqlaydilar. 
Turli xil materiallari bilan ashlash jarayonida o’quvchilarga 
igna, qaychi, elimni ishlatish usullarini, ehtietkorlik qilish lozimligi 
va ularni xavfli tomonlarini tushuntirib, kerakli ko’rsatmalar berilishi 
zarur. 
Gerbariy ramkalarida quritilgan o‘simliklarning ko‘pchiligi 
o‘zining tabiiy rangini saqlab qoladi. Bunda o‘simlik yumshoq kogoz
yoki gazeta orasiga solib qo‘yiladi. Har bir varaq qog‘oz va o‘simlik 
o‘rtasiga yana bir necha qavat qog‘oz yoki gazeta qo‘yiladi, chunki 
quritilayotgan o‘simlik o‘zidan namlik chiqaradi. Shundan so‘ng 
papka ikkita to‘rsimon rama o‘rtasiga qo‘yilib, ochiq havoga 
qo‘yiladi. Agarda havo harorati kechqurun va kechasi juda 
pasayadigan bo‘lsa, quritilayotgan o‘simlik issiq va quruq joyga 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin