Distillangan glitserinning olinishi. Distillangan glitserin texnik glitseringa nisbatan
yuqori konsentratsiyaga (98 %) va sifatga ega.
Distillangan glitserin olishning ikki xil usuli ma’lum:
1)
texnik glitserinni distillyasiyasi
2)
glitserinli suvni ion almashinish usuli bilan tozalash so‘ngra bug‘latish.
Xom glitserinni aralashmalardan tozalash suv bug‘i bilan vakuum ostida
haydash orqali amalga oshiriladi. Toza glitserinni qaynash harorati 290
0
C ga teng. Bunday
haroratda glitserin akrolein va turli kislotalar hosil qilib parchalanadi. Shuning uchun atmosfera
bosimida distillyasiya jarayonini o‘tkazish glitserin sifatini yomonlashtiradi. Hozirgi vaqtda
glitserinni distillyasiyalash 170-180
0
C da vakuum (15-20 mm simob ust) ostida olib boriladi.
Glitserinni distillyasiyalash vaqtida hosil bo‘lgan bug‘ni sekin-asta yoki fraksiyali kondensatsiya
qilinadi. Bunda havoli va suv yuzali kondensatorlar ishlatiladi. Bunda birinchi navbatda yuqori
haroratda qaynovchi komponent - glitserin kondensatsiyalanadi, demak havoli kondensator-dan
so‘ng yuqori konsentratsiyali 98 % li glitserin olinadi.
Yuqori va 1-navli glitserin olish uchun distillyasiyalangan glitserin aktivlangan ko‘mir
bilan oqlanadi (glitserin og‘irligiga nisbatan 0,25-0,75%). Oqlash jarayoni 2-3 soat davomida 80
0
C
da olib boriladi.
Glitserinni distillyasiya qilish qurilmasining texnologik sxemasi (40-rasm). Texnik glitserindan distillangan glitserin olish uchun 24-nasos orqali kelayotgan glitserin
30-bakda yig’iladi. Undan 31-nasos yordamida 32-issiqlik almashgichga keladi va bu yerda
qizdiriladi. So’ng 33-distillyatorda qizdirilgan mineral moy va ochiq bug’ yordamida bug’latiladi.
34-nasos orqali 35-distillyatorda yana bug’latish davom etadi. 36- va 37- bug’latgichlarda tugal
haydash amalga oshirilgach gudron hosil bo’ladi. Gudron 38-sig’imga yig’ladi va bu yerdan
chiqarib yuboriladi.
33,35 va 37-distillyatorlardan chiqayotgan glitserib bug’lari o’zaro ketma-ketlikda
ishlovchi 41 va 42-kondensatorlarda kondensatlanadi. Suyulgan glitserin 43-baklarga yig’iladi.
Undan 44-aralashtirgi beriladi va bu yerda aktivlangan ko’mir qo’shib oqlanadi. So’ng 45-nasos
orqali 46-filtga berilib filtrlanadi va ko’mir ajratib olinadi. Oqlanagan va distillangan glitserin 47-
sig’imda yig’iladi va 48-nasos orqali omborga yuboriladi.
41 va 42-kondensatorlarda sovumagan glitserin bug’lari 49-kondensatorga keladi va bu
yerda suyuqlanib 50-sig’imga yig’iladi. Undan 30-bakka qaytariladi.
Bug’latish qurilmalaridagi vakuum 39-vakuum nasos yordamida hosil qilinadi.