125
massaga juda kam miqdorda bug‘ berib qaynatib turiladi. Sovunli massaga bug‘ berish
to‘xtatilgandan so‘ng, uning hajmi o‘zgarmasligi va yuzasiga pufakchalar chiqmasligi karbonatli
sovunlanish tugaganligini bildiradi. Massa tarkibidagi Na
2
CO
3
miqdori 0,5% dan ko‘p bo‘lmaganda
karbonatli sovunlanish tugagan hisoblanadi. Natriy karbonat konsentratsiyasi ko‘payib ketgan
taqdirda massaga (qozonga) hisoblangan holda yog‘ kislotalari qo‘shiladi yoki qo‘shimcha
qaynatiladi. Karbonatli massada yog‘ kislotalar miqdori 67-70% bo‘lishi kerak.
Karbonatli sovunlanish tugagandan so‘ng, tugal sovunlash uchun, qozonga konsentratsiyasi
40-42% bo‘lgan natriy gidroksid (NaOH) eritmasi kam-kam miqdorda massani qaynatib, bug‘ bilan
aralashtirib turgan holda beriladi. Sovunlash jarayonida nordon sovun hosil bo‘lishini oldini olish
maqsadida massada ortiqcha ishqor miqdori bo‘lishi shart. Jarayon oxirida ishqor miqdori 0,1-0,2%
dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Tugal sovunlanishda birinchi navbatda qozondagi yog‘ kislotalar
neytrallanadi (shuningdek, nordon sovunlar va natriy bikarbonatlarni ham, agar ular bor bo‘lsa),
keyin neytral yog‘ sovunlanadi. Sovunli massani 30 minut davomida qaynatilgandan so‘ng uning
tarkibidagi erkin ishqor miqdori o‘zgarishsiz qolgan taqdirda, kaustik sovunlanish tugagan
hisoblanadi. Shu usul bilan pishirilgan sovun yelimi quyiluvchan, bir xil tarkibli, yupqa qatlamda
tiniq ko‘rinishga ega bo‘lishi, yog‘ kislotalari miqdori 60% dan kam bo‘lmasligi, o‘yuvchi natriy
miqdori 0,2% dan ortiq bo‘lmasligi va erkin natriy karbonat miqdori 1% dan ortiq bo‘lmasligi
kerak. Uni sovun uchun sig‘imga uzatiladi va sovitish quritish, mexanik ishlov berish uchun
yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: