26
sub`yektiv toonlari.
Chaqaloqik davri.
Odamzod bolasi boshqa jonzodlar
bolasiga nisbatan ancha
zaif tug‟iladi. Unda zarur fiziologik funksiyalarning kechishi uchun zarur bo‟lgan
shartsiz reflekslari, himoya refleksi va orientirovka reflekslaridir. Chaqaloqlik davrida
bosh miyaning rivojlanishining zarur sharti – analizatorlarning aktiv ishlashidir. Agar
chaqaloq sensor izolyatsiya holatiga tushib qolsa, uning rivojlanishi
keskin ravishda
orqada qola boshlaydi. 2-3 oylikka borganda bolaga tashqi muhitga va kattalarga
nisbatan maxsus emotsional harakat paydo bo‟ladi. Oyog`i va qo‟llari bilan tipirchilay
boshlaydi. Bu reaksiya jonlanish kompleksi deb ataladi. Uning paydo bo‟lishi
chaqaloqlik davri tuguganligini bildiradi.
Go’daklik davri.
2-3 oydan 1 yoshgacha davrni o‟z ichiga oladi.
Bu yosh
davrda yetakchi faoliyat kattalar bilan emosional muloqotdir. Bu muloqot sekin-asta
birgalikda faoliyatga aylanib boradi. Muloqot davomida nutqning
asoslari rivojlanib
boradi. 2 oydanoq bolalarda g‟o‟ldirash belgilari paydo bo‟ladi.
Sekin-asta taqlid asosida bola ona tilining fonemasini o‟zlashtira boshlaydi. 1
yoshda bola 30-40 ta so‟zni o‟zlashtirish kerak. Kattalar bilan muloqot davrida bolaga
yurish, predmetlar bilan harakat qilish o‟rgatilgandagina bola tarbiyalanadi va psixik
taraqqiyot yuz beradi.
O.Bryune ma‟lumotlariga ko‟ra bolalar hayot sharoiti va tarbiya uslubidan qat‟iy
nazar psixik rivojlanishda bir xil natija ko‟rsatadilar. 1 yoshgacha bo‟lgan davrda ota-
onasidan ajralgan bolalar oiladagi sharoitidan qat‟iy nazar psixik rivojlanishdan orqada
qolar ekanlar.
1 yoshgacha bo‟lgan davrda bola psixik jarayonlar va sifatlarning rivojlanishida
katta natijalarga erishadi.
Avval boshini tutishni, emaklashni, 6
oyga borib, o‟tirishni
o‟rganadi. 3-4 oylikdayoq predmetlarni ushlay boshlaydi va harakatlarni namoyon
qiladi. Bu harakatlar avvaliga tartibsiz bo`lib, bola ko‟p xato qiladi, keyinchalik sekin-
asta harakatlar aniqlasha boradi. Go‟dak predmetlar bilan oddiy manikulyasiya qilishni
o‟rganadi. So‟ngra bu oddiy harakatlar ichki planga – ko‟rish idroki planiga o‟ta
boshlaydi. Go‟daklikning oxiriga kelib bolalarga taqlidchanlik kuchayadi.
Dostları ilə paylaş: