83
Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobilyatlar murakkab va ko‟pqirrali
psixologik bilimlardan iboratligini ko‟rsatib beradi. Ana shu tadqiqot
ma‟lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o‟rin
egallaydigan qator komponentlarni (tarkibiy qismlar) ajratib ko‟rsatish mumkin.
Didaktik kasbiy mahorat, shunchaki bilimlarni osonroq, hammabop va tushunarli
qilib, o‟quvchilar ongiga yetkazib
berish qobiliyatinigina emas, balki shu bilan birga
o‟quvchilarning mustaqil ishlarini, ularning bilish faolligini
oqilona va mohirlik bilan
boshqarib, ularni kerakli tomonga yo‟naltirib turishdan iborat qobiliyatni ham o‟z
ichiga oladi. Mana shu qobiliyatlar asosida o‟quvchilar psixologiyasiga xos doimiy
ustanovka ( yo‟naltirish) yotadi. qobiliyatli pedagog o‟quvchilarning tayyorlik
darajasini, ularning taraqqiyot darajasini, ularning taraqqiyot darajasini hisobga olgan
holda bolalarning nimani
bilish va nimani bilmasligini, nimalarni allaqachon esdan
chiqarganliklarini tasavvur qila oladi.
Ko‟pchilik o‟qituvchilarga, ayniqsa xafsalasiz o‟qituvchilarga, o‟quv materiali
oddiygina va hech qanday alohida tushuntirish
hamda izoh berishni talab
qilmaydigandek tuyuladi. Bunday o‟qituvchilar o‟quvchilarni emas, balki birinchi
galda o‟zlarini nazarda tutib ish olib boradilar. Shuning uchun ham o‟quv materialini
o‟ziga qarab tanlaydilar. qobiliyatli, tajribali o‟qituvchilar esa o‟zlarini o‟quvchi
o‟rniga qo‟yib, kattalar uchun aniq, ravshan va tushunarli bo‟lgan material o‟quvchilar
uchun noaniq va tushunarsiz bo‟lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo‟ladilar.
Snuning uchun ham bunday o‟quvchilar materialning
xarakteri va uni bayon
etish usullarini alohida o‟ylab ko‟rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish
jarayonida qobilyatli o‟qituvchi uchun o‟quvchilarning qanday tushunayotganliklari va
zarur bo‟lganda dars bayonotiga alohida e‟tibor berishga intilayotganliklari kabi
qator belgilarga qarab to‟g‟ri
tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi.
Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda
qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko‟ra bilish xarakteridagi matnda o‟qituvchining
fikri ayrim sinf o‟quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko‟rsatib,
nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shunday so‟ng esa matnni
o‟quvchilarga yengil va ularnining o‟zlashtirilishi uchun qulay qilib tuzish tavsiya
etiladi. Qobiliyatli o‟qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o‟zlashtirish,
o‟quvchilarga bir oz nafas olib, o‟zlariga kelib olishlari va o‟z diqqat – e‟tiborlarini bir
joyga qo‟yib, ayrim qo‟zg‟alishlarni «so‟ndirib», boshqalarni esa jadallashtirib,
ularning bo‟shashaganligini, sustligini va loqaydligini
yengishlari uchun zamin
tayyorlash zarurligini ham nazarda tutadi. Bunday o‟qituvchi zarur sharoit
yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars
o‟quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishning
vujudga keltirib, miya faoliyati
tormozlanadi va o‟quvchining so‟zlari yetarlicha idrok qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: