2- Ma`ruza. Yosh va pedagogik
psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlarilari.
Darsning maqsadi:
Talabalarni kasbiy faoliyati jarayonidagi psixologik tadqiqotlar
o`tkazishda psixologiyaning asosiy metodlaridan amaliy foydalanish imkoniga ega
bo`lish uchun ularni o`zlashtirishdir.
Mavzuning dolzarbligi:
Hozirgi zamon fan-texnika va jamiyat taraqqiyoti,
shuningdek odamlarda ro‟y berayotgan ijtimoiy-psixologik o‟zgarishlar shaxs
ruhiyatida hissiy zo‟riqishlarning yuzaga kelishiga asos bo‟lmoqda.Ilmiy tadqiqot
metodlari-shaxsning yosh psixologik xususiyatlar,holat va psixik jarayonlarni
o‟rganishdagi asosiy manba bo‟lib, tegishli metod asosida shaxs psixik xususiyat,
holat jarayonlarini ijobiy tomonga yo‟naltirishda muhim rol o`ynaydi.
Reja: 1.
Psixologiyada tadqiqot metodlarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
10
2.Tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi: 3.Tadqiqot bosqichlari.
Tayanch so’z va iboralar
Psixologiya, metod, kuzatish, ekperiment, suhbat, diagnostika, test, biografiya, anketa,
proyektiv metodlar, sotsiometriya, suhbat metodi, pisixologik eksperiment.
Barcha boshqa psixologiyaning tarmoqlari singari yosh psixologiyasi va
pedagogik psixologiya ham o‟z tadqiqot metodlariga ega.
Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab
hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya‟ni qaysi yo„llar bilan, qanday
usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug„iladi. Psixologiyada chinakam ilmiy bilimga
ega bo„lmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan
foydalana bilish kerak.Har bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng
oddiy
usullarni bilishi lozim.Har bir fan kabi psixologiya ham psixik (ruhiy) hayot
hodisalarini chinakamiga ilmiy asosda bilib olish uchun quyidagi talablarga amal
qilingan lozim: Tekshiriladigan har bir psixik hodisaga boshqa hodisalar bilan
bog„langan deb qaralishi zarur. Masalan, psixik hodisani uning nervfiziologik asosdan
ajratib o„rganish yaramaydi, xotirani tafakkur, diqqat va umuman shaxsdan ajratib
o„rganish yaramaydi va hokazo.
Har bir psixik hodisa va umuman shaxs vujudga kelish, taraqqiy etish va o„zgarish
jarayonida ko„zdan kechirilishi zarur. Shuning uchun, masalan, bolalar va o„smirlar
psixikasining taraqqiyot qonunlarini
bilmasdan turib, voyaga yetgan odam psixikasini yetarlicha yaxshi bilib bo„lmaydi.
Psixik hayot hodisalarini ularni taraqqiyot jarayonida o„rganganda miqdor
o„zgarishlarining sifat o„zgarishlariga o„tishini va bir sifat holatining ikkinchi sifat
holatiga o„tishini ko„zdan kechirmoq kerak. Masalan, odam psixikasining taraqqiy
etishini o„rgana turib, bilim olish va to„plash jarayonida odamning bilish qobiliyatlari:
xotirasi, tafakkuri va nutqi, mushohadakorligi sifat jihatidan o„zgarishni ko„rsatib bersa
bo„ladi. Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida shakllanadi. Hozirgi mustaqillik
sharoitida milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash,
yangicha tafakkur qilingan va dunyoqarashni shakllantirish milliy mafkura va milliy
g„oyaning shakllanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni
bilishi kuzatishdan, tajribadan boshlanadi. Shu sababli, ilmiy psixologiya ham o„z
mavzuini o„rganishni tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil
qilingandan boshlashi lozim. So„ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar
asosida,psixik hayot qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar
chiqarilishi lozim.
Har bir fandagi kabi psixologiyada ham tajriba, kuzatish va eksperiment shaklida
qo„llaniladi.
11
Kuzatish
Tashqi
obyektiv
kuzatish
Ichki
subyektiv
kuzatish
Birgalikda
kuzatish
Erkin
kuzatuv
Standartlash
tirilgan
kuzatuv
Guruh
dan
tashqarida
kuzatish
Dostları ilə paylaş: |