Qon aylanish sistemasi ochiq. Qon yurakdan arteriya qon tomiriga
o ‘tib, butun organni qon bilan ta’minlaydi. Qisqichbaqalarning yuragi
odatda bir necha kamerali naycha-ga yoki pufakka o'xshash bo'Iib,
tanasining orqa qismida joylashgan.
Yurakni miksotsel bo'shlig'idan hosil bo'lgan xaltasimon yurakoldi
bo'lmasi o'rab turadi. Jabraiarda kislorod bilan to'yingan gemolimfa
maxsus vena tomirlari orqali yurak oldi bo'lm asiga kelib quyiladi.
Yurak devorida tirqishsimon klapanli
ostiy
(teshik)lar joylashgan. Daiyo
qisqichbaqasining ostiylari 3 juft bo'ladi. Yurak kengayganida klapanlar
ochiladi va gemolimfa yurak oldi bo'lmasidan yurakka o'tadi.
Yurak
qisqarganida aksincha klapanlar yopilib, gemolimfa yurakdan chiquvchi
arteriya tomirlariga o'tadi.
Daiyo qisqichbaqasining qon aylanish sistemasi ancha mukammal
tuzilgan.
Uning yuragidan oldinga uchta, orqa tomonga bitta yirik
arteriya chiqadi. Har qaysi qon tomiri bir qancha mayda tomirlarga
ajralib, tana bo'shlig'iga kelib qo'shiladi. Bu tomirlar orqali
oqib kelgan
gemolimfa to'qim alarga kislorod berib, CO
2
gazini oladi. Shundan so'ng
qorin sinusiga to'planib, jabralarga boradi va u yerda kislorod bilan
boyiydi. Jabralardan gemolimfa vena tomirlari orqali yana yurakoldi
bo'lmasiga kelib quyiladi.
Daryo qisqichbaqasi jabra bilan nafas oladi. Jabra ko'krak
qismining ikki yonida joylashgan. Daryo qisqichbaqasi jabralari 3
qator
bo'Iib jag'oyoqlar va yurish oyoqlar asosida joylashgan. Suv
boshko'krak qalqonining bir cheti bilan tana oralig'ida hosil bo'ladigan
tirqish orqali jabra bo'shliqlariga kiradi; ikkinchi chetdagi xuddi shunga
o'xshash tirqishdan chiqib ketadi. Suv ikkinchi va uchinchi juft jag'
oyoqlarining harakati tufayli jabralam i yuvib turadi.
Nerv sistemasi bosh qismida bir ju ft katta tomoq usti tuguni va bir
ju ft tomoq osti gangliyasidan iborat. Nerv
gangliyalari bir-biri bilan
tomoq oldi nerv halqasi bilan qo'shiladi va undan uzun qorin nerv
zanjiri boshlanadi.
Daryo qisqichbaqasi ayrim jinsli bo'Iib, tuxumdan yosh qisqichbaqa
chiqadi. Daiyo qisqichbaqasi erkagining qorin qismi urg'ochisinikiga
nisbatan ingichka; birinchi va ikkinchi ju ft
oyoqlar esa kopulyativ
(kuyikish) organiga aylangan.
Dostları ilə paylaş: