Umurtqasizlar zoologiyasidan



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

Ishning bajarilishu
Siklopning harakatini kuzatish uchun ularning 
bir nechtasini suv to'ldirilgan stakanga solib, yorug' joyga qo'ying. 
Keyin oddiy qo'l lupasi yordamida kuzating.
Siklopning preparatini tayyorlab, uni mikroskopning kichik 
ob'ektivi orqali kuzating. Tumshuqsimon boshi tagida bo'g'im larga 
bo'linm agan antennulasini toping. O g'iz teshigining ikki yonida juda 
kichik yuqorgi jag 'lari bo'ladi. K o'krak qismidagi oyoqlari yaxshi 
ko'rinadi. Bu oyoqlar mayda tuklar bilan qoplangan. Oyoq tagidagi oval 
shaklidagi jabralarini toping. Qorin qismida oyoqlari bo'lmaydi. Yelka 
tomonida joylashgan xaltacha shaklida yurakni toping va siklopda qon 
tomirlar yo'qligiga e ’tibor bering. Shuningdek, elka tomonidagi nasi 
kamerasini va antenna tubidagi tomoq osti nerv tugunini toping. Ovqat 
hazm qilish sistemasini kuzating. Siklopning antennulalari ikkita uzun 
m o'ylovdan iborat bo'Iib, ularning tagida bo'g'im li antennalar 
joylashgan. Shu antennalami birinchi bo'g'im ini oldingi qismida bir 
dona nauplius ko'zi ko'rinadi. Qorin bo'lim ining ikki yonida tuxum 
xaltasi va qorin qismining uchida tukchalar bo'ladi.
Ovqat hazm qilish sistemasini kuzatib, bosh-ko'krak bo'limining 
oldingi qismida o'rta ichakni ko'rasiz. Bu ichak oldingi tomonda 
qizilo'ngach bilan qo'shiladi va orqa tomonida ingichka orqa ichakka 
aylanadi. Orqa ichak qorin bo'lim i oxiridagi ayri o'rtasida orqa chiqaruv 
teshigi bilan tashqariga ochiladi.
D afniya v a siklopning tuzilishi rasm ini albom ga chizing ham da 
bilim ingizni n a z o ra t qilish uchun quyidagi test topsh iriqlariga javob 
bering. C=25
1. 
Dafniyaning o'ziga xos tuzilish belgilarini ko'rsating: A- 
tanasining uzunligi 1-3 mm, B-tanasining uzunligi 1-2 mm, V-tanasi
153


yelka-qorin tomonga yassilangan, G-tanasi ikki yon tomondan 
yassilangan, D-tanasi sirtidan kutikula bilan qoplangan, E-tanasi sirtidan 
yupqa xitindan iborat chig'anoq bilan qoplangan, J-boshining oldingi 
qismi tumshuqsimon cho‘zilgan, Z-bosh qismidagi antenullalari uzun, 
yaxshi rivojlangan, I-bosh qismidagi antenullalari yaxshi rivojlanmagan, 
K-antennalari yaxshi rivojlangan, ancha uzun, L-antennalari kalta, M- 
antenulalari yordamida suvda harakat qiladi, N-antennalari yordamida 
suvda harakat qiladi, O-boshida bir ju ft fasetkali ko‘zi bor, P-boshida 
bittadan murakkab va oddiy nauplius ko‘zchasi bor, R-faqat bitta oddiy 
ko‘zi bor.
2. Siklonning o‘ziga xos tuzilish belgilarini ko‘rsating (1- 
topshiriqqa qarang).
3. Dafniyalar qanday nafas oladi? A-ko‘krak qismidagi 3 juft yassi 
oyoqchalarida jabralari joylashgan, 
B-jabralari yo‘q, 
V-ko‘krak 
qismidagi 5 ju ft yassi oyoqchalarida jabralari joylashgan, G-butun tana 
yuzasi bilan nafas oladi.
4. Sikloplar qanday nafas oladi? (3-topshiriqqa qarang).
5. Dafniyaning ovqat hazm qilish sistemasini og‘zidan boshlab 
tartib bilan ko‘rsating: A-og‘iz, B-o‘rta ichak, V-qizilo‘ngach, G-orqa 
ichak.
6. Dafniyaning qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan? A-yuragi 
bor, B-yuragi yo‘q, V-qon tomirlari bo‘lmaydi, G-yurakning ikki yon 
tomonida bittadan qon kiradigan va oldingi tomonida bitta qon 
chiqadigan teshikchalar bor, D-qon aylanish sistemasi juda 
sodda 
tuzilgan.
7. Siklonning qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan? (6- 
topshiriqqa qarang).

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin