55-rasm. D afniyaning tuzilishi: 1-antenullasi, 2-antennasi, 3-nauplius ko‘zi, 4-
murakkab ko‘zi, 5-maksillyar bezi, 6-yuragi, 7-ko‘krak oyoqlari, 8-ayricha,
9-nasl xonasi, 10-tuxumdoni, 1 l-muskullari, 12-jigar o ‘simtasi.
Dafniyaning boshi yarim shar shaklida bo‘lib, uning oldingi qismi
tumshuqsimon cho‘zilgan bo‘ladi. Bosh qismidagi antennulalari
rivojlanmagan, ular qisqagina o ‘simta
shaklida, juft antennalari esa
ancha uzun bo‘lib, ulaming har biri ikki shoxchadan tashkil topgan.
Bular dafniyaning harakatlanish organidir. Antennalar yordamida
dafniya suvga tayangan holda sakrab-sakrab harakatlanadi, shunga ko‘ra
“suv burgasi” deb ham ataladi.
Shuningdek, dafniyaning bosh qismida bittadan murakkab yoki
fasetkali ko‘zi va oddiy nauplius ko‘zchasi joylashgan. K o'krak
qismidagi 5 ju ft yassi oyoqchalarida jabralari bor. Bu oyoqchalar
suvdagi oziq zarralarini sizib olishda ham muhim ahamiyatga ega.
M ana
shi jarayonda suv bilan birga kirgan mikroorganizmlar, suv o ‘tlari,
sodda hayvonlar va mayda kolovratkalarni sizib olib og‘iz tomonga
qarab haydaydi. Demak dafniyalar filtrlovchilardir.
Dafniyaning ichki organlaridan ovqat hazm qilish sistemasini,
yuragi va nasi xonasini ko ‘rish mumkin. O g‘iz
tananing oldingi uchid
joylashgan bo‘lib, u yuqoriga lab bilan yopilgan b o iad i. O g‘izdan keyin
boshlanadigan qisqa qizilo‘ngach o ‘rta ichakka ochiladi, u esa o ‘z
navbatida orqa ichakka ulanadi. Dafniyalaming o ‘rta ichagi “jigar”
o ‘simtasi deb ataluvchi ju ft o ‘simtani hosil qiladi. Yuragi tanasining
yelka tomonida joylashgan. Dafniyalarda qon tomirlari bo‘lmaydi.
Yurakning ikki yon tomonida bittadan qon kiradigari va oldingi
150
tomonida bitta qon chiqadigan teshikchalari-ostiyalari bor.
Yurak
qisqarganda qon vazifasini bajaradigan gemolimfa suyuqligi uning
oldingi teshikchasidan chiqib, bosh tomonga yo‘naladi. Undan qaytib
qorin tomondagi tana bo‘shlig‘ida keladi.
Shu yerda oyoqlarda
oksidlanib, ostiyalar orqali yurakka o‘tadi.
Dafniyalar ayrim jinsli, erkaklari urg‘ochilariga nisbatan kichikroq
bo'ladi. Urg‘ochilarining yelka tomonida-chig‘anoqning ostida tuxum
kamerasi joylashgan. Tuxum kamerasi
tuxumdon bilan bevosita
bogiangan bo'ladi. Kameraga tushgan urug'lanmagan tuxumlar to
ulardan
kichik dafniyalar
paydo
bo'lgunga
qadar rivojlanadi.
Urug'langan yoki qishlab qoluvchi tuxumlar esa dafniyalar o'lgandan
keyin uning chig‘anog‘i ostida egarcha-efippiylar hosil qiladi. Efippiylar
qishlab qoluvchi tuxumlarni tashqi muhit ta'siridan
saqlaydi va shamol
yordamida boshqa suv havzalariga tarqalishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: