i 23-rasm. A-oq planariyaning teri-m uskui xalta kcsmasi: 1-teri epiteliysi, 2- halqali muskullar, 3-qiyshiq muskuilar, 4-bo‘ylama muskullar, 5-parenxima hujayralari, 6-rabdit hosil qiluvchi hujayralar, 7-rabditlar, 8-teri bezlari. B-ayirish sistemasi uchki hujayrasi: 1-yadro, 2-hilpillovchi kipriklar, 3- hujayra nayi. Tanasining
oidingi
qismida
oval
shakldagi ikkita urg'ochilik ko'payish organi-
tuxumdonlari, tanasining o ‘rtaroq qismida esa
juda ko‘p erkaklik ko‘payish organlari-
pufakka o‘xshash urug‘donlari joylashgan
(24-rasm). Bu organlar jinsiy sistemasini
tashkil etadi. Urug‘lanishda ikkita planariya
yaqinlashib, urug‘ hujayralarini almashtiradi.
Urug‘langan tuxumlari sariq modda bilan
qoplanadi va to‘p-to‘p qilib pilla ichiga
qo'yiladi. Yosh planariyalar pilla devorini
yorib suvga chiqadi. Demak bitta planariya
tanasida jinsiy hujayralar yetishadi.
24-rasm. Oq planariyaning tuzilish sxemasi: l-paypaslagichsimon o ‘simtasi, 2-ko‘zi, 3-miya gangliysi, 4-ichakning old shoxi, 5-bo‘ylama nerv stvoli, 6-ko‘ndalang nervlari, 7-halqum, 8-halqum cho‘ntagi, 9-urug‘ y o ‘li, 10-og‘izteshigi, ll-u ru g‘- donlari, 12-qo‘shilish organi, 13-ichakning orqa shoxi, 14-jinsiy teshigi, 15-tuxum yo'li, 16-jinsiy kloaka, 17-kopulyativ xalta, 18-sariqdonlari, 19-tuxumdon. Chap tomonida ui-ug‘donlari, o ‘ng tomonida esa tuxumdon va sariqdonlari olib tashlangan. 65
Planariyada regenaratsiya xususiyati yaxshi rivojlangan. Agarda
suvning harorati oshsa yoki kislorod kamayib ketsa planariya mayda
boMaklarga bo‘linib ketadi, qulay sharoit kelishi bilan yana tanasini
qaytadan tiklashi mumkin.