12-mashg‘ulot. Kiprikii chuvalchanglarning asosiy tuzilish xususiyatlari va ko‘payishi Oq planariyaning sistematik o‘rni Tip. Yassi chuvalchanglar-Piathelminthes Sinf. Kiprikii yassi chuvalchanglar-Turbellaria Turkum. Uchshoxlilar, ya’ni planariyalar-Tricladida Vakil. Oq planariya-Dendrocoelam lacteum Kerakli materiallar va jihozlar: Tirik va fiksirlangan planariya
preparati, mikroskop, Iupa, ignalar, buyum hamda qoplag‘ich oynalar,
oq planariyaning tashqi va ichki tuzilishi aks ettirilgan jadvallar.
Dars maqsadi. Yassi chuvalchanglar tipining erkin yashovchi
yirtqich vakillaridan-oq planariyaning tuzilishi va ko‘payish bilan
tanishish.
Identiv o ‘quv maqsadlari: 1. Oq planariyaning tashqi va ichki tuzilishini tushuntirib beradi.
2. Oq planariyaning jinsiy sistemasi, ko‘payishi va tarqalishini
so‘zlab beradi.
Ishning mazmuni Oq planariya sekin oqadigan suvlar ostidagi
chiriyotgan barglar va toshlar tagida bo‘ladi. Planariyaning kattaligi 15-
20 mm bo ‘lib, duksimon tanasining usti kiprikii epiteliy bilan
qoplangan.
Teri-muskul xaltasi teri epiteliy si, halqali muskul tolasi, qiyshiq va
bo‘ylama muskul tolalari hamda parenxima hujayralaridan iborat (23-
rasm).
Bosh tomoni bir oz qisilgan bo ‘lib, uning yelka tomonida bir juft
ko‘zi joylashgan. Oq planariyaning qorin tomonida kuchli muskulli
halqumi joylashgan. U suvda to‘lqinsimon harakat qiladi. O g‘iz teshigi
tanasining ikkinchi yarmiga yaqin joyda, qorin qismida joylashgan.
Ovqat hazm qilish sistemasi-og‘iz va halqum, oxiri uch shoxchali ko‘r
64
ichak bilan tutashadi. Chiqarish teshigi yo‘q, hazm bo‘lmagan
mahsulotlar og‘iz teshigidan tashqariga chiqariladi.