Umurtqasizlar zoologiyasidan


-rasm. Ssifoid meduzalar: A-Ildizog‘iz meduza, B-Aureliya



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

20-rasm. Ssifoid meduzalar: A-Ildizog‘iz meduza, B-Aureliya 
(Aurelia aurita
):
1-og‘iz, 2-ropaliya, 3-og‘iz boiaklari, 4-halqa nay, 5-radial naylar,
6-paypaslagich!ar, 7-jinsiy bezlar.
59


Oshqozon xonalaridan 8 ta shoxchalar hosil qiluvchi va 8 ta 
shoxlanmaydigan radial kanallar boshlanadi va ular qirg‘og‘idagi 
doirasimon kanalga borib qo‘shiladi. Hamma kanallarning ichki yuzasi 
kiprikchali hujayralar bilan qoplangan. Bu kiprikchalaming harakati 
tufayli suv va ozuqa moddalar aureliyaning gastrovaskulyar sistemasi 
bo'ylab doimo oqib turadi. Bunda ozuqa shoxlanmaydigan kanallar 
orqali oshqozondan halqasimon kanalga, shoxlanuvchi kanallar orqali 
esa aksincha, teskari tomonga harakat qiladi.
Demak, gastrovaskulyar sistemaning kanallari meduzaning ancha 
katta tanasini ozuqa bilan ta'minlaydi. Suv bilan birga esa kislorod kirib 
undan meduza nafas oladi va qoldiq mahsulotlar suv bilan birga chiqib 
ketadi. Aureliya ayrim jinsli, yetilgan tuxum va spermatozoidlar 
gastrovaskulyar sistemaning kanallariga, keyin oshqozonga va u yerdan 
og‘iz orqali tashqariga chiqadi.
Ba'zi bir meduzalarda tuxum hujayrasi suvda urugManadi, lekin 
aureliyaning tuxumlari og‘izdan chiqqandan keyin, uning og‘iz oldi 
kurakchalaridagi tarnovchalaming xonalariga tushadi va shu yerda 
urug‘lanadi (2 1-rasm).
21-rasm . A ureliya m eduzasining rivojlanish jarayoni: 1-tuxum; 2-planula
lichinkasi; 3-sifistoma; 4-kurtaklanayotgan sifistoma; 5-boMinish yo ‘li bilan
efiralarning hosil bo'Iishi; 6-efira; 7-voyaga yetgan meduza.
60


Urug‘Iangan tuxum hujayrasi 
maydalanib blastula
gastrula 
davrlarini o‘tadi va usti kiprikchalar bilan qoplangan lichinka-planulaga 
aylanadi. Planula ancha vaqt erkin suzib yurganidan keyin dengiz tubiga 
cho‘kib, o ‘troq holda yashovchi sifistomaga aylanadi. Unda oldin 4 ta, 
keyin 8 ta va nihoyat 16 ta paypaslagichlar hosil bo‘ladi. Sifistoma 
kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi va yangi sifistomalar hosil qilishi 
mumkin. 
Sifistomaning 
ko‘ndalangiga 
boMinishidan 
halqasimon 
bo‘g ‘inlar paydo boMadi va sifistoma bir necha halqalardan iborat 
strobilaga aylanadi. Bu halqalar birin-ketin strobiladan ajraladi va 
tuzilishiga ko‘ra meduzalarga o‘xshash-efiralarga, ular esa suzib yurib 
kichik meduzalarga aylanadi. Demak, ssifoid meduzalarda jinssiz 
ko‘payish (sifistoma) bilan jinsiy ko‘payish (meduza) bo'gMnlari 
gallanib turadi.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin