gidra tanasining qisqarishi va cho‘zilishini ta'minlaydi. Bularni
qoplovchi muskul hujayralari deyiladi.
18-rasm. Gidraning ichki tuzilishi: A-gidra gavdasi tuzilishining tik kesimi;
1-ektoderma va uning ostidagi tayanch parda; 2-endoderma; 3- og‘iz; 4-paypas-
lagichlari; 5-gastral bo‘shliq; 6-paypaslagichdagi otiluvchi hujayralari; 7-tovon;
8-tuxumi rivojlanayotgan bezlar; 9-urug‘don; B- otiluvchi hujayra; D-gidraning
ko‘nda!ang kesimi. E-gidra tanasining kattalashtirilgan bir qismi; F-
kattalashtirilgan muskul hujayrasi; G-paypaslagichda joylashgan otiluvchi
hujayralar.
Ektodermada yana interstitsial hujayralar (jinsiy va boshqa
hujayralarni hosil qiladigan) va mayda yulduzsimon shoxlangan nerv
hujayralari ham mavjud. Bular eng sodda tuzilgan tarqoq holatdagi nerv
sistemasini tashkil qiladi. Shuning uchun gidra tashqi ta'sirlarga qisqarib
javob beradi.
Endoderma hujayralari gidra tana (gastral) bo‘shlig‘ining ichki
yuzasini qoplagan yirik xivchinli hujayralardan tarkib topgan.
Xivchinlar suv oqimi hosil qilishga yordam beradi. Shuningdek, bu
hujayralar
orasida
ovqat
boMakchalarini
soxta
oyoqchalar-
psevdopodiylar hosil qilib qamrab oladiganlari ham bor. Bunday
hujayralarda ozuqa zarralari hazm bo‘ladi.
52
Hazm boMmagan ovqat qoldiqlari har bir hujayra tomonidan
mustaqil ravishda gastral bo‘shliqqa, undan
esa suv bilan birgalikda
og‘iz orqali tashqariga chiqariladi. Gidralarda bu tarzda ovqatning
hujayra ichida hazm boMishi bir hujayrali hayvonlarning ovqat hazm
qilishiga o‘xshab ketadi.
Shunday qilib, ektoderma va endoderma ikki xil maxsus
hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, ular ko‘p hujayrali hayvonlar
tanasida ma'lum bir vazifani bajarishga moslashgan holatda tuban
tuzilgan
to‘qimalami
hosil
qiladi.
Ovqat
moddalari
qisman
endodermadagi hazm qiluvchi hujayralar tomonidan iste'mol qilinadi,
qisman esa ikkala qavat oralig‘ida mezogleya yordamida boshqa
organlarga tarqaladi. Ektoderma hujayralari
ham ana shu mezogleya
orqali oziqlanadi.
Endodermadagi bezsimon hujayralar ovqat hazm qiluvchi shira
ishlab chiqaradi va gastral bo‘sh!iqdagi yirik ovqat zarralarini
parchalaydi. Demak, gidralarda ovqat hazm qilish ikki xil: hujayra
ichida va faqat ko‘p hujayrali hayvonlarga xos boMgan hujayralardan
tashqarida kechadi. Bu esa bo‘shliqichlilarda birinchi marta kuzatiladi.
Morfologik tuzilishi va bajaradigan vazifasi jihatidan gidraning tana
bo‘shlig‘i yuksak hayvonlarning ichagiga o‘xshaydi. Shuning uchun uni
gastral bo'shliq deb atash ham mumkin. Lekin gidralarda ozuqa
tashuvchi maxsus organlar sistemasi yo‘q.
Bu vazifani ham qisman
gastral bo‘shliq bajarganligi uchun gastrovaskulyar sistema deyish ham
mumkin.
Gidralar jinssiz va jinsiy usullarda ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishda
kurtaklar hosil qiladi. Gidra tanasining o‘rta qismida bo‘rtma paydo
bo‘lib o‘sadi, unda og‘iz teshigi va paypaslagichiar rivojlanadi. Oldin
kurtak «опа» gidra hisobiga oziqlanadi, keyin esa o‘zi mustaqil ravishda
mayda jonivorlami ushlab oziqlanadi. Keyin kurtaklar gidra tanasidan
ajralib, o‘zlari alohida yashashga o‘tadi. Erta bahordan kech kuzgacha
gidra kurtaklanish usuli bilan ko‘payadi, ba'zan
bitta gidrada ikki-uch
kurtak hosil boMishi mumkin. Suv havzalari sovigan va ozuqa moddalar
kamaygan paytlarda esa gidra jinsiy usulda ko‘payadi. Gidralar orasida
ayrim jinsli va ikki jinsli-germafrodit turlari uchraydi. Ektoderma
qismidagi interstitsial hujayralarining ayrimlari tuxum hujayrasini,
ba'zilari esa juda ko‘p marta boMinib, urug‘ hujayralarini hosil qiladi.
Tuxurh hujayrasi gidra tanasining tovon qismida, urug‘ hujayralari esa
ogMz tomoniga yaqinroq joyda rivojlanadi.
Tuxum hujayrasi gidra
organizmida urugManib, usti qalin po‘st bilan o‘raladi va shu holatda
53
qishlaydi. Bahorda ulardan yosh gidralar rivojlanadi. Urug‘ hujayralari
tuxum hujayrasiga nisbatan oldinroq yetishganligi uchun ikki jinsli
gidralar o‘z-o‘zini urag‘lantira olmaydi.
Ishni bajarilish
tartibi. Gidrani stol lupasi (shtativ lupa) yordamida
kuzating. Birinchi navbatda tanasining shakliga e’tibor bering. Tanasi
qopsimon.
Uning
uchidagi
paypaslagichlari
soni,
otiluvchi
hujayralarning joylashishini, og‘iz, tovon qismlarini va suvdagi
harakatini kuzating. So‘ngra gidraning ovqatlanishini
kuzatish uchun
chuvalchang yoki siklopni gidra turgan soat oynasidagi suvga tushiring.
Bunda gidraning paypaslagichlariga va ular bilan oziqni ushlashiga
e’tibor bering. Gidraning ko‘ndalang kesigini mikroskop ostida
tekshiring. Ektoderma va endoderma qavatlarini aniqlab, ulardagi
hujayralami kuzating.
2-ish. Obeliya (Obelia geniculata) ning tuzilishi va ko'payishi
Obeliyaning sistem atik o‘rni
Tip. Bo‘shliqichlilar-CoeIenterata
Sinf. G idrozoylar-Hydrozoa
Kenja sinf. Gidroidlar-Hydroidea
Turkum . Dengiz gidroid poiiplari yoki leptolidlar-leptolida
Vakil. Obeliya-Obelia geniculata
Kerakli jihozlar: gidroid poliplarning va gidromeduzaning
tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar, gidrant va gonangilarning karmin
bilan bo'yalgan
preparatlari, gidroid meduzaning mikropreparatlari,
obeliya koloniyasining formalinda fiksatsiya qilingan ko'rgazma
material, mikroskoplar.
Boshqa gidroid poliplar singari obeliya ham dengiz sohillarida
o'troq holda kichik «daraxtsimon» koloniya hosil qilib yashaydi.
Koloniya tarkibida yuzlab, hatto minglab poliplar-gidrantlar bo'lib, ular
kichik poyachalarning ustida joylashgan (19-rasm).
Har bir gidrant tanasining oldingj qismida og'iz teshikchasi, uning
atrofida esa paypaslagichlari bor. Paypaslagichlardagi va og’iz atrofldagi
otiluvchi hujayralar himoya qilish va ovqat moddalarini ushlash
vazifasini bajaradi. Gidrantlar o'ziga xos tuzilgan. Ulaming tanasi
ektoderma, endoderma va ular orasidagi mezogleyadan iborat. Gastral
bo’shlig'i esa koloniya navdasiga borib bevosita qo'shiladi.
54