Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. J.Millning iqtisodiy qarashlari qanday?
2. J.Mill ishlab chiqarish qonunlari bilan taqsimot qonunlarini
qanday baholaydi?
3. Minimum ish haqi va fiziologik minimum nima?
4. J.R. Mak-Kulloxning asosiy g'oyalariga tushuncha bering.
5. Iqtisodiyotga matematik uslub kim tomonidan kiritildi? «Talabning
elastikligi» nimani bildiradi? Baho va mahsulot miqdori o'rtasida qanday
bog‘lanish bor?
6. Tyunenning iqtisodiy modelini izohlab bering.
Samarali va
samarasiz xo'jalik qanday aniqlanadi? Klassik maktab va hozirgi zamon.
UCHINCHI QISM
KLASSIK MAKTABGA MUQOBIL TA’LIMOTLAR
XI b о b. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL
IQTISODIY G‘OYALARNING VUJUDGA KELISHI
11.1. XIX asming birinchi yarmida islohotchilik ilmiy
konsepsiyalarining shakllanishi
XVIII-XIX asr boshlaridagi sanoat to‘ntarishi
katta ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlarga olib kelish bilan birga, A. Smit ta’limotini
turlicha tanqid qiluvchi nazariy maktablami shakllanishiga yetarli zamin
tayyorladi. Bu nazariy maktablar umuman klassik iqtisodiy maktabga
muxolif bo‘lib, uch asosiy yo‘nalishda: iqtisodiy romantizm, xayoUy
sotsializm, nemis tarixiy maktabi (ijtimoiy-tarixiy) yo‘nalishida
rivojlandi. Bulaming asosiy vakillari klassik iqtisodiy maktabga qarshi
chiqish bilan birga ulardan o'zgacha jamiyatning nisbatan ideal ijtimoiy-
iqtisodiy tuzilish modelini taklif qildilar.
Darslikning shu va keyingi boblarida
klassik iqtisodiy maktabga
qarama-qarshi g'oyalaming ba’zilari bilan yaqindan tanishamiz.
Kapitalistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab
chiqarish ustun bo'lgan sharoitda sanoat to'ntarishi davriga kirayotgan
mamlakatlarda bu tuzumni tanqid qilib, unga mayda ishlab chiqa
ruvchilar manfaatini bergan iqtisodchilami paydo bo'lishi
tabiiy bir
hoi edi. Mayda ishlab chiqaruvchilar nazariyotchilar klassik iqtisodiy
maktabga ham, xayoliy-sotsialistlarga ham qarshi turuvchi iqtisodiy
ta’limotni ilgari surishga intildilar. Ular kapitalistik jamiyatning mayda
tovar ishlab
chiqarishni siqib chiqarish, yollanma mehnatni kengay-
tirish bilan bog'liq bo‘lgan ko'pgina belgilarini tanqid qilib,
xususiy
mulkchilikni, sohibkorlik erkinligini yoqlab chiqadilar.
XIX asming birinchi choragida iqtisodiy ta’limotlarda, shuningdek,
ilk bor ishchilar sinfining ahvoli asosiy muammo qilib ajratib ko‘rsatila
boshlandi. Chunki aynan mana shu davrdan boshlab sanoat rasman
shakllandi va ularga xos muammolar ko‘zga tashlana boshlagan edi.
Mayda ishlab chiqarish nazariyotchilari «iqtisodiy romantizm»ga xos
islohotchilik harakatlarini targ‘ib qilib, o‘z rivojida bir necha bosqichni
bosib o'tdi. Agar birinchi bosqich vakili hali kapitalizmdan voz kechishga
uni cheklab qo‘yishga intilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqich maktabi vakili
esa kapitalizmni isloh qilish loyihasini ilgari surib, «kichik kapitalizm»ni
saqlab qolish tarafdori edi. Markscha-lenincha ta’limotdan farq qiliuvchi,
bu maktab vakillari ijodini, ta’limotlarini o‘rganish nihoyatda zarurdir.
Chunki ilmiy maktab vakillari o‘z davrlarida
klassik iqtisodiy maktab
vakillarini tanqid qilib, xayoliy sotsialistlar g'oyalariga qarshi kurashdilar,
marksizm ta’limoti ommalashuviga qarshilik qilishga urindilar.
Ushbu bobda shu maktabning asosiy vakillari S.Sismondi, P.Prudon,
K.Rodbertusning iqtisodiy ta’limotlariga xos xususiyatlar, ulaming
uslubiyati bilan yaqindan tanishamiz. Bu olimlar qoldirgan ilmiy meros
uzoq davr davomida turli mamlakatlardagi
iqtisodiy qarashlaming
shakllanishiga katta ta’sir o'tkazib keldi.
Dostları ilə paylaş: