‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Frederik Bastianing 
bosh asari 
«Iqtisodiy
garmoniyalar» 
deb atalishi bejiz emas.
Seyning 
daromadlar nazariyasida 
«mehnat» ishchilar uchun ish 
haqini «kapital» sohib uchun foydani «yer» esa yer egasi uchun renta 
daromatlarini yuzaga keltiradi deb izohlanadi. Ma’lumki, foyda ssuda 
foizi va tadbirkorlik daromadidan iborat, uning birinchisi kapital egasi 
sifatida kapitalist tomonidan (kapital yaratadi), ikkinchisi korxona 
boshlig‘i sifatida kapitalist tomonidan o‘zlashtiriladi. Seyning fikricha, 
tadbirkorlik foydasini yollanma boshqaruvchi ham olishi mumkin 
bo'lgan ish haqi turi bo'lmay, maxsus va muhim jamoat funksiyasini 
bajaiganlik, ya’ni mohiyat - e’tiboriga ko‘ra ishlab chiqarish omillarini 
ratsional birlashtirganligi uchun berQadigan mukofotdir. Shunday qi­
lib, tadbirkor va ishchi o‘rtasidagi farq ish haqi darajasida deb ko‘rsati- 
ladi. Tadbirkor, ishbilarmonning maoshining yuqori bo‘lishi esa yuqori 
labozimlari, talanti, faoliyati, tartib va boshqarish ruhi tufaylidir.
Sey ishchilaming ekspluatatsiyasini inkor etib qolmasdan, ular- 
ning kelajagi porloq degan g‘oyani ilgari suradi. U, kapital o‘sishi


bilan «quyi sinflar»ning ahvoli yaxshilanadi va ular «yuqori sinflar» 
safini to'ldirib boradi, deb o'ylagan. Sey sanoat to'ntarilishi bilan 
vujudga kelgan salbiy hodisalami yumshatib ko'rsatishga urindi, 
«kompensatsiyalar nazariyasi»ni ilgari surdi. Uning tasdiqlashicha, 
mashinalar birinchi paytda ishchilami ishdan siqib chiqaradi, 
keyinchalik ular ishchilaming ish bilan bandligini oshiradi va mahsu- 
lotlar ishlab chiqarishni arzonlashtirib, ishchilarga «eng yuqori foyda» 
keltiradi. Shunday qilib, Seyning fikricha, kapitalizm davrida sanoat 
to‘ntarilishidan ishchilar sinfi manfaatdordir. Oqibatda mehnat man- 
faatlari kapital bilan «garmoniya»da — uyg‘unlikda bo'lishi «isbotlanadi» 
(uyg'unlik nazariyasi).
Takror ishlab chiqarish nazariyasi Seyning eng muhim kashfi- 
yotlaridan biri «Sey qonuni», «bozorlar qonuni» yoki «sotish naza­
riyasi» hisoblanadi. Fiziokratlar merkantilizmni tanqid qilganda shu 
g'oyadan foydalanganlar. Unda shunday fikr keltiriladi: «Har bir odam 
bir vaqtning o‘zida ham sotib oluvchi, ham sotuvchidir». Kenening 
fikricha, hamma sotib olingan narsa sotilgan, barcha sotilgan narsa 
sotib olingan («Iqtisodiy jadval»ga e’tibor bering) bo‘ladi. Seyga asos- 
lanib, J.M. Keyns «taklif shunga mos talabni yaratadi» degan fikmi 
ilgari suradi. Bu fikr Sey g‘oyasini chippakka chiqarish uchun o‘ylab 
topilgan, chunki u yoki bu tovar alohida-alohida ortiqcha ishlab chiqa- 
rilishi mumkin. Vaholanki, barcha tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishi 
mumkin emas.
Keynsning fikricha, Sey qonunini tan oluvchi barcha mualliflar 
klassik deb atalishi mumkin ekan. Bundan kapitalistik jamiyatning 
takror ishlab chiqarishida «garmoniya» mavjudligi va oqibatda umumiy 
ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari «prinsipda bo‘lmasligi» isbotlana­
di, ya’ni taklif avtomatik ravishda talabni vujudga keltiradi. Bu qonun 
Maltusning «Nufus qonuni»ni eslatadi (keyinroq ko‘rib chiqiladi). 
Agar barter (mahsulotni mahsulotga almashuv - T-T) iqtisodiyoti 
ko‘zda tutilsa, bunda pul faqat hisob birligi bo'ladi, unga umumiy 
talab barcha pulga almashtirilishi kerak bo‘lgan tovarlar qiymatiga teng 
bo‘ladi, bunda esa ortiqcha ishlab chiqarish mumkin bo‘lmay qoladi. 
M.Blaugning fikricha, «Mahsulotlar mahsulot uchun to‘lanadi» 
qoidasining ichki va tashqi savdoda qo'llanilishi Sey qonunining mo- 
hiyatidir.


Seyning «bozorlar nazariyasi» ko‘p munozaralarga sabab bo'ldi. 
Haqiqatan ham, ibtidoiy davrda almashuv natural holda olib borilgan, 
ya’ni mahsulot boshqa mahsulotga ma’lum nisbatda almashtirilgan, 
unda xarid qilish va sotish jarayonlari mos kelgan. Ammo eng oddiy 
tovar muomalasida yoki xarid qilishda tovami sotgan odam darhol 
boshqa tovar xarid qilmasligi ham mumkin bo‘lib qoldi. Sotish va 
xarid qilish vaqt va makon jihatdan ajralib turadi, shu tufayli inqiroz- 
laiga abstrakt imkoniyat tug'iladi. Kapitalizm davrida bu imkoniyat 
haqiqatga aylanib qoldi. Dastlabki kuchli iqtisodiy krizis 1825-yilda 
ro‘y berdi va ma’lum qonuniyatlar asosida takrorlanib turibdi.
0 ‘z davrida Sismondi, Maltus va J.Mill bu qonun to‘g‘risida fflcr- 
mulohazalar bildirdilar. Bunda kapitalistik xo‘jalikda tovarlaming bahosi 
xo‘jalik konyunkturasiga mos ravishda absolut moslashuv va darhol 
reaksiya qilish xususiyatiga ega deb hisoblanadi.
Hozirgi davrda ham bu masala bo'yicha iqtisodchilar o‘rtasida 
neoklassik yo'nalish bilan keynschilik tarafdorlari orasida munozara 
davom etmoqda (bu haqda quyida gapiriladi). «Sey qonuni»ning ijobiy 
tomoni shundaki, unga ko‘ra kapitalizm o‘z rivoji davomida o‘ziga o‘zi 
bozor yaratadi, kelajagi bor jamiyat deb qaraladi va Sismondining 
kapitalizm rivojiga qarshi fikrini inkor etadi, realizatsiya muammosini 
hal etishda «Uchinchi shaxslar»ga ehtiyoj qolmaydi (bu haqda oldingi 
bobda fikr yuritilgan).
Sey aigumentlariga asoslanib, buijuaziya demokratik davlat apparatini 
qisqartirish, savdo va sohibkorlik erkinliklari to‘g‘risida progressiv 
g‘oyalar ilgari surildi.

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin