Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

Mexanikaning differensial 
tenglamalari termodinamikaning ikkinchi bosh qonini bilan hech bir umumiylikka 
ega emasligi tufayli, uni mexanika nuqtai nazaridan tassvur qilish uchun faqat 
boshlang„ich shartlar yuzasidan ayrim farazlarga yo„l berish orqaligina erishish 
mumkin
». Jismning harakati nafaqat unga berilgan kuch yordamida, balki uning 
boshlang„ich vaziyati va tezligiga ham bog„liq bo„ladi. Professional hujumchi 
tomonidan savatga uloqtirilgan basketbol to„pi havodalik chog„ida, uni oddiy odam 
itqitgandagi bilan bir xil fizik kuchlar ta‟siri ostida bo„ladi. Lekin uning savatga borib 
tushish-tushmasligi, buyuk basketbolchilar mukammal darajada egallagan va 
benuqson bajaradigan bilak-panja hatti-harakatlariga bog„liq bo„ladi. Aynan shu omil 
to„pning yo„nalishi va tezligining boshlang„ich parametrlarini belgilaydi.
Issiqlikning molekulyar nazariyasida makroskopik bosim hamda energiya 
kabi makroskopik tushunchalar statik izoh bilan ifodalanadi – bu parametrlar aslida 
molekulalarning mexanik xossalarining o„tacha qiymatining mahsulidir. Idishga 
qamalgan gazning idish devorlariga beradigan bosimi, gaz molekulalarining idish 
devoriga kelib urilganda beradigan kuchining o„rtacha qiymatiga bog„liq bo„ladi. 
Ideal gazning harorati, molekulalarining o„rtacha kinetik energiyasiga proporsional 
bo„ladi. Boltsman entropiya tushunchasining statik izohini topishga muyassar bo„ldi. 
Muayyan holatdagi jismning entropiyasi 
S
, sistemaning termodinamik ehtimolligi 
W
ning logarifmiga proporsionaldir. Boltsmanning Venada joylashgan sag„anasidagi 
yodgorlik qabrtoshida quyidagi tenglama o„yib bitilgan:
Bundagi proporsionallik koeffitsiyenti 
k
– fanda Boltsman doimiysi deb ataladi.
Issiqlikning 
molekulyar 
nazariyasiga 
ko‘ra, jismni 
tashkil qiluvchi 
molekulalar 
xaotik harakat 
qiladi. Barcha 
issiqlik 
hodisalarining 
asosi ayni shu 
xaotik harakat 
sanaladi.


36 
Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuning ta‟riflaridan biriga shunday 
yangraydi: berk sistemaning entropiyasi doim kattalashadi. Boltsmanning ehtimollik 
izohiga ko„ra, sistemaning maksimal entropiyaga intilishi, uning ehtimolligi eng katta 
bo„lgan qiymatga intilishini anglatadi. Buni oson tushunish uchun, sodda bir misolni 
ko„rib chiqamiz. Tasavvur qilamiz, bizda to„rtta shar va ikkita quti bor. Sharlarni 1 
dan 4 gacha raqamlar bilan belgilaymiz. Qutilarni esa 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin