28
va ko„k ranglarini ko„proq akslantiradi, ko„rinadigan
spektrning qizil rangi hamda,
ko„rinmas infraqizil nurlarni esa nisbatan kamroq akslantirib, ko„proq yutadi.
Natijada shisha qoplama va simob qiziydi. Aksariyat qizigan jismlar o„z
energiyasining katta qismini quyidagi sxemada ko„rsatilgani kabi, infraqizil nurlanish
ko„rinishida nurlatadi.
Endi muayyan dallilardan voz kechib, o„zimizga o„zimiz savol beramiz: nima
uchun qora jism muayyan sharoitlarda nurlanish taratishi lozim? Bu savol g„alati
tuyilishi mumkin, axir qora jism o„ziga kelib tushayotgan
barcha nurlanishlarni
yutishi va hech nima nurlatmasligi kerak. Lekin, keling shunday tasavvur qilamiz:
qora jism qarshisida boshqa bir qizigan jism turibdi va ularning har ikkalasi ham
tashqi muhitdan butunlay to„sib qo„yilgan (izolyatsiyalangan), ya'ni,
issiqlik boshqa
jismlarga uzatilishi imkonsiz holat yuzaga kelgan. Bunday holda,
qora jism narigi
qizigan jism nurlatayotgan barcha issiqlikni o„ziga yutadi sh vu tarzda qiziydi:
qizigan jismdan qabul qilayotgan energiyaning ortgani sari,
qora jismning ham
harorati ortib boradi. Ya'ni, ma‟lum vaqtdan keyin, qora jism bilan boshqa bir qizigan
jismning haroratlari o„zaro tenglashadi. Ushbu ondan keyin, qora jism yana nurlanish
yuta oladimi? Yo„q. Chunki bu termodinamikaning ikkinchi bosh qonuniga ziddir:
issiqlik sovuqroq jismdan issiqroq jismga uzatilishi, bizning misolimizda esa – qora
jismga o„tishi mumkin emas. Unda energiyaning yutilmay
qolgan qismi bilan nima
yuz beradi? Energiya nurlanishi kerak. Shu tarzda xulosaga kelish mumkinki, qora
jism energiya nurlatishi lozim. Qora mato qiyqimini oling va uni ma‟lum muddatga
quyosh nurlari tig„ida qoldiring. Keyin esa o„sha qora qiyqimni olib, tanangizga bosib
ko„ring va siz albatta u energiyasining bir qismini nurlatayotganini
his qilasiz
(tanangizga uning harorati ta‟sir qila boshlaydi).
10
Dostları ilə paylaş: