27
Shunday bo„lishiga sabab esa, yorug„likning to„lqin tabiati tufaylidir. Biz
ko„rib sezayotgan yorug„lik nurlari, tarqalayotgan to„lqinlarning ikkita yonma-yon
maksimum va minimumi orasidagi masofani ifodalovchi to„lqin uzunligiga
chambarchas bog„liqlikda taraladi. Qizil rangning to„lqin uzunligi taxminan 700
nanometrga teng (nanometr – metrning milliarddan bir qismi, belgilanishi:
nm
). Sariq
rangning to„lqin uzunligi 580 nm; moviyniki esa 500 nm dan sal qisqaroq. Kamalak
ranglari bo„ylab harakat qilganda, qizildan moviy (ko„k) rang tomon to„lqin uzunligi
qisqarib boradi.
Buyuk ingliz-olmon astronomi Uilyam Gershel (1738-1822) 1800 yilda
hayratlanarli kashfiyotni amalga oshirdi. U Quyosh nurini prizma orqali o„tkazdi.
Bunda nur turli ranglarga ajraldi, bu effekt Nyuton zamonasidan buyon ko„plab
ziyolilarga ma‟lum edi. Gershel ish stolida, binafsharangdan qizilgacha bo„lgan
barcha ranlar jilosini namoyon qiluvchi yo„laklar akslangan edi. Shunda Gershel uchi
harorat sezuvchanligi ortirilgan qilib maxsus qora rangga bo„yalgan bir necha simobli
termometrlarni, quyidagi rasmda ko„rsatilgandek tarzda, spektrdan taralayotgan har
bir rang chiziqlariga qo„yib chiqdi.
Gershel spektrdagi har bir rang, termometrni turlicha qizdirayotganini payqab
qoldi: qizil nurlar termometrni nisbatan kuchliroq, sariq rnag pastroq va ko„k rang esa
ancha past darajada qizdirardi. Lekin bu hali hammasi emasdi! Tadqiqotchi olim qizil
rang tushib turgan chiziqdan nariroqda, hech qanday rang bo„lmagan shunchaki bo„sh
joyga ham tasodifan bir termometr joylashtirdi. U termometr ham qizishda davom
etdi, boz ustiga u ranglar hududidagi termometrlarga nisbatan tezroq isidi va
yuqoriroq daraja namoyon etdi! Shu tarzda Uilyam Gershel infraqizil nurlanishlarni
kashf etdi. Infraqizil nurlanishlarni avvalroq hech kim payqamaganligining yagona va
oddiy sababi shuki, bu nurlarning to„lqin uzunligini inson ko„zi ilg„ay olmaydi.
Amaliy tajribada, mazkur termometrning shisha oynasi, ko„rinadigan spektrning sariq
Dostları ilə paylaş: