Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob


U bilan, sistemaning bajargan ishini  W



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

U
bilan, sistemaning bajargan ishini 
W
bilan, sistemaga berilgan issiqlikni esa 

bilan belgilasak, quyidagiga ega bo„lamiz: 
Termodinamikaning birinchi bosh qonuning eng mashhur xulosalaridan biriga ko„ra, mashina 
tashqaridan energiya qabul qilmasdan ishlay olmaydi degan tasdiqdir. Ishning to„liq sikli 
yakuniga ko„ra, mashining yakuniy holati, o„zining boshlang„ich holatiga tenglashadi, shu 
sababli ham, 
Δ
U
=0
bo„ladi. Agar biz mashina bitta sikl mobaynida muayyan 
W
ishni 
bajarishini istasak, biz unga shunday 
Q
issiqlik uzatishimiz kerakki, 
Q−W
=0 bo„lsin. 
Tashqaridan energiya olmasdan ishlaydigan mashinaning mavjud bo„lishi termodinamikaning 
birinchi bosh qonuniga ziddir. Bunday mashina 
birinchi tur abadiy dvigateli
deyiladi.


23 
Yukni ko„tarish va o„z issiqlik manbaini sovitishdan boshqa biror ish 
bajarmaydigan hamda muayyan davriylikka asoslanib ishlaydigan mashinani 
yasashning iloji yo„q
.
.
Termodinamikaning birinchi bosh qonunidan ko„p o„tmay, uning ikkinchi 
bosh qonuni ham shakllantirildi. Ikkinchi bosh qonun turli olimlar tilida turlicha 
talqin qilinsa-da, lekin bu talqinlarning barchasi yagona mohiyatni iddao etardi. 
Bizningcha, Klauziusning ta‟rifi kundalik amaliy tajribaga ko„proq mos keladi: 
«
Yagona natijasi sovuqroq jismdan issiqroq jismga issiqlik miqdori tashishdan iborat 
bo„lgan jarayon mavjud emas
». Boshqacha, oddiyroq aytganda esa, issiqlik faqatgina 
harorati balandroq jismdan harorati pastroq jismga o„tadi xolos. Hech qachon 
aksincha bo„lmaydi.
Ba‟zan, olingan barcha iq miqdorini to„laligicha ishga aylantira oladigan 
hayoliy dvigatelni ikkinchi tur abadiy dvigatel deyiladi. Plank ta‟rifiga ko„ra, bunday 
dvigatelni yasash inkonsizdir. Biroq, agar biz internetga nazar tashlaydigan bo„lsak, 
o„zining termodinamika qonunlariga zid bo„lgan shunday abadiy dvigatel yasay 
bilishini aytib jar solayotgan yuzlab odamlarni topamiz. Ulardan ayrimlari hatto 
shunday abadiy dvigatellarni sotuvga ham chiqarishgan! Plank va Klauzius 
ta‟riflarining shaklan va mazmunan turlichaligiga qaramay, termodinamika bo„yicha 
istalgan boshlang„ich qo„llanmalar matnida ham, shunga o„xshash ekvivalent, o„zaro 
muvofiq mohiyatli misralarni topish mumkin. 
Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni bilan, Klauzius tominidan fanga 
kiritilgan 
entropiya
tushunchasi uzviy bog„liqdir. Olim ushbu atama uchun, yunoncha 
έντροπία, ya'ni, «almashinish» ma‟nosidagi so„zdan foydalandi. Entropiyani belgilash 
uchun fanda odatda 
S
belgisidan foydalaniladi. Entropiya – gap bitta jism haqidami
yoki, bir necha jismlarning o„zaro ta‟siridan iborat sistema haqidami, bundan qat‟iy 
nazar, barcha makroskopik fizik sistemalarga taaluqli bo„lgan xossadir. Biz biror 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin