Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob


Illyustratsiyalarni quyidagilar taqdim etishgan



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

Illyustratsiyalarni quyidagilar taqdim etishgan: 
Age Fotostock, Album, Archivo RBA, AQSH Milliy Arxivi, AQSH Kongressi 
Kutubxonasi Arxivi, Corbis, Benjamin Couprie, Fundación Nobel, Photoasia, 
G.J. Stodart, Frankfurt Universteti, Siegen Universiteti, Joan Pejoan. 
Barcha huquqlar himoyalangan. 
Muallif hamda uning agent-noshirning roziligi asosida o„zbek tiliga
o„girildi va chop etildi. 



 .......................................................................................................................................... 5 
 ................................................................................................................................................... 6 
 ........................................................................................................ 12 
 ............................................................................................ 38 
 ...................................................................................................................................... 70 
............................................................... 117 
 ............................................................................................................................. 149 
 ........................................................................ 150 
 ................................................................................................................... 151 



 
2009 yil 14-may sanasida, Fransuz Gvianasida mahalliy vaqt bilan soat ertalabki 10 
dan 12 daqiqa o„tganida Yevropa Kosmik Agentligi (ESA) bazasida «Arian-5» 
raketasining dvigatellari o„t oldirildi va u parvozni boshladi. Ikki daqiqa o„tib raketa 
70 km balandlikka ko„tarildi va unda qo„shimcha ikkita qattiq yoqilg„ili dvigatellar 
ajralib chiqib ketdi. Raketa o„z ortidan qoldirib ketayotgan uzun va ulkan tutun 
chizig„i bulutlar orasida to„zib yo„q bo„lib ketdi. Bu vaqtda raketaning tezligi 2 
bo„lib, tovush tezligidan deyarli olti barobar ortiq tezlik bilan uchmoqda edi. «Arian-
5» yoqilg„i baklarida manfiy haroratda suyuq holatda saqlanuvchi kislorod va 
vodorod yoqilg„isi evaziga harakatda davom etmoqda. Vodorodning yonishi 
harakatni ta‟minlash uchun yetarli energiyani ta‟min etib berardi. Raketaning 
boshlang„ich massasini amalda to„liq yoqilg„i miqdori tashkil qilardi va zaruriy 
balandlikka ko„tarilib olgan «Arian-5»ning endigi massasi, boshlang„ich massadan 
atiga 1% ulushni tashkil etardi xolos.
«Arian-5» bortida ikkita qurilma o„rnatilgan: «Plank» va «Gershel». 
«Gershel» - 3.5 metr diametrga ega bo„lgan infraqizil teleksop. «Plank» esa, 
mikroto„liqnli fonli nurlanishlarni tadqiq etishga mo„ljallangan uskunalar bilan 
jihozlangan sun‟iy yo„ldosh. Qayd etish joizki, butun koinot elektromagnit 
nurlanishlar bilan liq to„la bo„lib (uni yana reliktiv nurlanitish ham deb yuritiladi) bu 
nurlanishlar koinotda hali yulduzlar ham paydo bo„lmagan, fazoning o„zi esa, hatto 
atomlarni ham barqaror tura olmay, bir odnayoq parchalanib ketishga majbur 



qiladigan darajadagi intensivlikka ega zarrachalardan iborat sho„rva misol bo„lgan 
o„sha olis va qadim zamonlardan paydo bo„lgandir. Materiya va nurlanishlar 
muayyan doimiy harorat ostidagi termik muvozanatda bo„lgan. Koinotning 
kengayishi va sovishi natijasida nurlanishlar energiya pasaydi va shu paytdan boshlab 
dastlabki atomlar shakllana boshladi. O„shandan buyon nurlanish materiya bilan 
o„zaro ta‟sirlashmasdan, butun olam, koinot bo„ylab kezib yuribdi. Hozirda u barcha 
yo„nalishlarda bir xil intensivlik bilan tarqaladigan mikroto„lqinli signal tarzida 
namoyon bo„lmoqda.
«Plank» sun‟iy yo„ldoshining yakuniy marrasi sayyoramizdan bir yarim 
millon kilometr olislaikdagi masifada joylashgan Yer-Quyosh tizimining ikkinchi 
Lagranj nuqtasi edi (qiyoslash uchun, Oy va Yer o„rtasidagi masifaniong 380 ming 
km ekanligini esga oling). Nisbatan kichik jism ikkita ulkan jismlar orasidagi ikkinchi 
Lagranj nuqtasiga erishganida, ular orasidagi gravitatsion ta‟sir oqibatida ushbu uchun 
jismdan iborat tizimning bir-biriga nisbatan joylashuvi doimiy o„zgarmas bo„lib 
qoladi. «Plank» bilan bo„lgan holatda uning vaziyati Yer va Quyoshga nisbatan 
o„zgarmas bo„lib qolishi lozim edi. Bu joylashvudan mikroto„lqinli fon nurlanishlari 
ustidan doimiy o„lchashlarni yuritish juda qulay bo„lib, aynan shu vazifa mazkur 
sun‟iy yo„ldoshning birlamchi vazifasi sanaladi.
Mikroto„lqinli fon nurlanishlari qizigan jismlar nurlatadigan issiqlik 
nurlanishlariga o„xshash nurlanishlardir. Maks Plank hayotining katta qismi davomida 
issiqlik nurlanishlarining xarakteristikalarini tadqiq qildi; aniqroq aytadigan bo„lsa, 
uning tadqiqotlarining asosiy masalasi, bizlarga 
mutlaq qora jism nurlanishi
nomi 
ostida tanish bo„lgan muammolar bo„lgan. 1900 yilda tajribakor fiziklar qizigan 
jismning nurlanish intensivligi harorat va to„lqin uzunligiga bog„liq ekanligini katta 
aniqlik bilan isbotlab berishdi. Ulardan biri Rubens Genrix bo„lib, 7-oktyabr kuni u 
shaxsan Plankka so„nggi o„lchash natijalari amaldagi formulalar orqali olinadigan 
natijalardan farq qilayotgani haqida xabar berdi. Ehtimol ayna no„sha kuni Plank 
tajriba natijalarini aniq ifodalovchi matematik formulani topgan bo„lsa kerak. Bizga 
Plank nurlanish qonuni
orqali yaxshi tanish bo„lgan mazkur formula, amaliy tajribalar 
bilan olinayotgan barcha o„lchov natijalarini mukammal nazariy asoslab bera olardi. 
Mikroto„lqinli fon nurlanishlari ham uning formulasiga aniq va so„zsiz bo„ysunadi. 
Plank kashfiyoti, olimning qo„lida shunchaki yetarli axborot va bilimlar 
to„plangani sababidangina emas, balki uning yuksak zehn zakovat sohibi bo„lganidan 
hamda, sinchkovlik va mehnatsevarlik hislatlarini o„zi uchun e‟tiqod darajasida 
shakllantirganidan ham yuzaga chiqqan edi. U beqiyos ilmiy ilhom manbasiga ega 
edi. Izlanayotgan ma‟lumotlar unga birinchi bo„lib yetib kelardi, chunki u o„z 
zamonasining eng yetuk fiziklar qurshovida ishlardi. U qaralayotgan muammoning 
mohiyatini tub-tubidan yaxshi anglar, bu boradagi so„nggi ilmiy yutuqlar bilan 
hamnafas yashar, hamda, eng asosiysi juda mukammal matematik tayyorgarchilikka 



ega edi. Biz bejizga Plankning ilhom manbai haqida so„z ochmadik, zero aynan 
ilhomlana olish hislati tufayligina u o„z formulasini, rad etib bo„lmas dalil yoki, 
boshlang„ich ma‟lumotlarning inkor qilib bo„lmas xulosasi sifatida emas, balki, 
tayanib ishlanayotgan amaldagi ilmiy qonunlarni biroz o„zgartirish orqali, ilmiy 
tajribalarni amalga oshirsa bo„ladimi degan savollarga qiziqish asnosida kashf etgan 
edi. Aytmoqimizki, uning kashfiyoti empirik xarakter kasb etgan. 
O„z formulasini keltirib chiqarga Plank, uning uchun fizik tushuntirish 
berishni istardi va uni boshlang„ich ma‟lumotlar bilan aloqasini qidirardi. Buning 
uchun u o„z zamonasi fizikasining eng ilg„or yutuqlaridan foydalandi: bir tomondan 
Genrix Gers va Jeyms Klark Maksvellarning elektrodinamikasini, ikkinchi tomondan 
esa termodinamikaning ikkinchi qonuni va entropiya tamoyillarini keng qo„lladi. 
Shuningdek u bir necha yillar muqaddam Avstriyalik fizik Lyudvig Boltsman 
tomonidan ilgari surilgan entropiya tushunchasining ehtimloylik talqinini ham 
e‟tiborga oldi. Vanihoyat, Plank tomonidan, anchayin kutilmagan, lekin ilm-fanda 
keskin qadamlar ila tub burilish yasagan 
kvant gipotezasini
o„rtaga tashladi. Ushbu 
nazariyaga muvofiq, ossilyatorning mexanik energiyasi (masalan prujinadagi jism 
energiyasi) tasodifiy kattalik kasb etishi mumkin emas va uning qiymati ko„plab 
elementar zarrachalar – kvantlar orqali cheklanadi. 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin