Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob


yil 4-oktyabrda Maks Plank  Gyottingenda vafot etdi.  1958



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

1947
yil 4-oktyabrda Maks Plank 
Gyottingenda vafot etdi. 
1958
yil Maks Plank tavalludining yuz 
yilligi Berlinda katta tantana 
qilindi. Tantanalarda har ikkala 
Germaniyaning siyosiy va ilm-fan 
arboblari ishtirok etishdi.


12 
Yosh olim Plankning ilmiy qiziqishlari termodinamikaga qaratildi.
Aynan esa, u issiqlik va energiyaning boshqa turlari orasidagi o„zaro ta‟sirlar 
borasida izlanar edi.
Ilmiy ahamiyatidan tashqari ushbu fan Plank uchun ilhom manbai bo„lib 
xizmat qiluvchi fizikaviy voqe‟liklar tabiati haqidiagi bahslar uchun 
munozara maydoni sifatida namoyon bo„ldi.
O„sha zamon ilm-fani va texnikasning barcha sohalarida bo„lgani kabi 
termodinamika borasidagi tadqiqotlarda ham,
Germaniya shubhasiz eng ilg„or mamlakat sanalardi. 


13 
Maks Plank 1858 yilda, Germaniyaning shimolidagi Kil shahrida, huquqshunos 
professor oilasida tavallud topdi. Plankning onasi uchun uning otasi bilan nikohi 
ikkinchi turmush bo„lgan. Olimning onasi 93 yil umr ko„rgan edi va ehtimol, Maks 
Plankning ham uzoq umr ko„rishi sababi aynan onasidan meros qolgandir. Uning ota 
tomondan bobosi va dadasining bobosi ham, din ishlari bo„yicha xodim, dinshunos 
mutaxassislar bo„lishgan. Ona tomondan aksar qarindoshlari ham xudojo„y, dindor 
kishilar edi. Plank mansub bo„lgan oila va yaqin qarindoshlar doirasi, hamda uning 
do„st-birodarlari – asosan ziyolilar, o„qituvchilar, advokatlar, oliy mansabdor davlat 
xizmatchilari va dindorlardan iborat bo„lgan. Maks Plank yoshlik yillarida intellktual 
rivojlanishga to„sqinlik qiluvchi moddiy yetishmovchiliklarni ko„rmagan. Uning 
ermak va qiziqishlari esa (masalan Boltiq dengizidagi yozgi oromgohda dam olish 
kabi) o„sha davrdagi o„rtahol va boy olmon xonadoni uchun oddiy holat edi. 
Bunday oilada konsevratik ruh bo„lmasligining imkoni yo„q. Lekin Planklar 
oilasining konservatizmi, samimiy, ziyoliy va anchayin tolerant ruhiyat hukmron 
konservatizm bo„lgan. Maks Plank avvalo o„z aqliga tayanib ish qiladigan, munozara 
uchun doimo ochiq shaxs bo„lib, siyosiy qarashlariga ko„ra turli qutblarga mansub 
kishilar bilan ham juda oson va yengil til topisha olgardi, zero u o„z hayoti 
mobaynida, hokimiyatga intilishning eng ekstrimal ko„rinishlarini ham kuzatishiga 
to„g„ri kelgan. U xotin-qizlarning ham oliy ma‟lumot olishga teng huquqli ekanligini 
ta‟kidlardi va doimo shunday huquq himoyachilari trafida bo„lardi. Xususan u XX 
asrning mashhur atoqli olimalaridan bo„lmish Liza Meytnerning (1878-1968) ustozi 
bo„lgan. Oshkora radikal millatchilik va antisemiizm kayfiyati hukmronlik qilgan 
mustabid yillarda ham Plank, doimo kishilarning millati va irqidan qat‟iy nazar 


14 
ularning qadr-qimmati va izzat-nafsi hurmat qilinishini, huquqlari ta‟minlanishini 
tarafdori bo„lgan va buni amalda ta‟minlashga intilgan.
1867 yilda Planklar oilasi Myunxenga ko„chib o„tadi. Qahramonimiz mahalliy 
gimnaziyada o„rta ta‟limni tugallab, Universitetga o„qishga kiradi. Maks Plank o„ta 
iste‟dodli talaba bo„lib, u chet tillarini, matematika, tarix va ayniqsa musiqani juda 
yaxshi o„zlashtirgan. Do„stlari va ustozlari esa uni to„g„riso„zligi hamda, 
haqiqatparvarligi uchun qattiq hurmat qilishgan. U gimnaziyani a‟lo baholarga 
tamomlagan. Gimnaziyadagi ustozlaridan biri German Myullerning ta‟siri ostida unda 
ilm-fanga nisbatan ishtiyoq uyg„ondi va u, Myunxen Universitetining amaliy fizika va 
matematika fakultetiga o„qishga topshirdi.
Maks Plankning olim va shahxs sifatidagi timsolini to„liq tasavvur etish 
uchun, uning bolalik va yoshlik yillari kechgan davrning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy 
manzarasi bilan tanishmoq darkor. Bu paytlarda olmon siyosati to„liq bitta shaxsga – 
Otto fon Bismarkka (1815-1898) bo„ysunardi. Prussiya kansleri Bismark, barcha 
olmon yerlarini birlashtirish g„oyasi bilan yashagan. Birin-ketin yuz bergan uchta 
urushlar natijasida Prussiya davlati Germaniyaning boshqa yerlariga nisbatan, 
shuningdek Avstro-Vengriya imperiyasiga nisbatan ham yetakchi nufuzli mamlakatga 
aylanib oldi. Mazkur urushlarning dastlabkisi, ya'ni Daniya bilan urush yuz bergan 
vaqtda hali bolakay bo„lgan Plank, o„zining kichikkina ona shaxrini Prussiya askarlari 
qanday egallab olganini guvohi bo„lgan edi. Bu Plankning hayotidagi birinchi marta 
urush bilan yuzma-yuz kelishi edi (hayotining so„nggi yillari u ona shaxri tuprog„ida 
yana begona askarlarni ko„rishiga to„g„ri keldi, faqat bu safar ular amerika askarlari 
edi). Shlezvig-Golshteyn gersogligi bilan birgalikda, Kil shahri ham Prussiyaga 
qo„shib olindi. 1866 yili ikkinchi urushda Prussiya Avstriyani mag„lub etdi, uchinchi 
– Fransiya-Prussiya urushida esa, faranglar ustidan ham g„alaba qozondi.
Fransiya ustidan erishilgan g„alaba barcha janubiy olmon yerlarini Prussiya 
qo„l ostida birlashuviga olib keldi va 1871 yilning 18 yanvarida Vilgelm I (1797-
1888) Versalda birlashgan Germaniyaning Imperatori sifatida taxtga o„tirdi. 
Ikkinchi 
imperiya
deb nomanuvchi bu davrda, Prussiya va Otto fon Bismark German 
davlatlarining birlashuvi borasida siyosat yuritishdi. Parlament shunchaki ziynat 
uchundek ko„rinardi va u amalda unchalik katta siyosiy ahamiyat kasb etmasdi. 
Deyarli barcha hokimiyat Imperator, kansler va boshqa amaldorlar qo„lida bo„lgan. 
Bismark hokimiyat tepasida to 1890 yilgacha, ya'ni, imperator Vilgelm I ning ikkinchi 
o„g„li, davlat boshqaruvi borasida otasinikidan farq qiluvchi o„z shaxsiy qarashlariga 
ega bo„lgan shahzoda Vilgelm II (1859-1941) anchayin qarib qolgan kanslerning 
xizmatlaridan voz kechguniga qadar hukumat tepasida bo„ldi. Bismark hokimiyatdan 
mosuvo bo„lgan chog„da Maks Plank 34 yoshda edi.


15 
Yuqoridagi chapdagi rasmda: 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin