10
tinchlik zamonasida Plank, olmon jamiyatining ilm-fan va texnikaga oid siyosatlarni
yuritishda eng nufuzli mansablarni egallab keldi. Lekin zamonning o„zi alg„ov-
dalg„ov edi. Moddiy resusrlar yetishmas, boz ustiga mamlakatda
doimiy siyosiy va
iqtisodiy bo„hronlar tinmasdi. Olimning gitletchilar siyosati bilan munosabati
murakkab va ziddiyatli bo„lgan. Ikkinchi jahon urushining yakuniy pallalarida Plank
yana bir o„g„lidan judo bo„ldi. Ervin Plankni nemis fashist natsistlari qatl etishdi.
Ervin 1944 yil oktaybrida polkovnik Shtauffenberg va reyxskansler la‟nati gitlerning
joniga qilingan suiqasd, ya'ni, «Valkiriya» operatsiyasiga aloqador deb topildi.
Olimning olmon ilm-fanida egallagan obro„ e‟tibori ham, nemis ilmiy jamoatchiligi
oldidagi ko„rsatgan yuksak xizmatlari ham o„g„lini qutqarib
qolishi uchun yordam
bear olmadi.
Maks Plank shuningdek ilm-fanning va bilish jarayonining falsafiy mohiyati
bilan ham shug„ullangan. U o„z davrining eng ko„zga ko„ringan faylasuflaridan
bo„lgan Ernst Max bilan, ilmiy tadqiqotlar va ularning tabiati borasdagi jadal falsafiy
munozaralarni olib borgan edi. Hayotining so„nggi yillarida Maks Plank ilm-fan, din,
e‟tiqod, falsafa kabi sohalarni qamrab oluvchi bir necha ilmiy-ommabop mashhur
maqolalarni yozdi va ular keng jamoatchilik tomonidan qizg„in qarshi olindi.
Kvant fizikasi bizning olam tuzilishi haqidagi tasavvurlarimizni o„zgartirib
yubordi. U bugun allaqchon hayotimizga kirib kelib,
turmush tarzimizda muqim
o„rnasihib qilgan ko„p sonli texnologik yangiliklarga yo„l ochib berdi. Lekin biz bu
borada kashf etayotgan har bir yangi ochilishlar ortidan o„nlab yangi g„aroyib savollar
maydonga chiqmoqda. Maks Plank olam tuzilishi va uning fenomenlari haqida
yanada ko„proq bilishni taqozo etuvchi ichki ehtiyojni doimiy his etib turardi va
aynan ushbu ehtiyoj undagi muttasil, betinim ilmiy izlanishlar uchun turtki
beruvchi
kuch bo„lib xizmat qildi. Haqiqat va mutlaq haqiqatni izlash masalasi olimning
murakkab va sertashvish hayotida yo„lchi yulduz yanglig„ namoyon bo„ldi.
«Arian-5» raketasi samoga nafaqat yuzlab tonna yoqilg„i bilan, balki biz
insonlarning o„zimiz yashayotgan olam haqidagi eng inja sirlarni bilishga bo„lgan
azaliy oruz-umidlarimiz bilan birgalikda parvoz qildi...
11
1909
yil Mariya Plank (Merk) vafot etdi.
Bir yil o„tib Maks Plank ikkinchi
marta turmush qurdi. U birinchi
xotinining
jiyani
Marga
fon
Xyosslingga uylandi.
Dostları ilə paylaş: