21
Plankning Berlinda tahsil olgan yillarida unga kuchli ta‟sir ko„rsatgan uchinchi olim
Rudolf Klauzius (1822-1888) bo„lgan edi. Olim bilan shaxsan tanishishga bo„lgan
barcha urinishlari zoe ketishiga qaramay, Plank Klauziusning termodinamika
borasidagi ilmiy ishlarini batafsil o„qib chiqdi va ularni ishtiyoq bilan puxta
o„zlashtirishga kirishdi. Aytish joizki, ushbu ishtiyoq unda oxirigacha ham
son‟nmagan.
Maks Plank Berlinga o„qishga yo„l olgan vaqtda termodinamikaning dastlabki
ikki bosh qonunlari ta‟riflab bo„lingan edi. Birinchi bosh qonun energiyaning
saqlanishini ifodalaydi va uning eng mashhur talqinlaridan bir quyidagicha yangraydi:
«Energiya yo„qdan bor bo„lmaydi, bordan yo„q bo„lmaydi. U faqat bir shakldan
boshqasiga o„tadi xolos». Bu qonunni asr o„rtalarida olimlar Jeyms Joul (1818-1889),
Yulius fon Mayer (1814-1878), Uilyam Tomson (1824-1907; keyinroq u lord Kelvin
nomi bilan yanada mashhur bo„lgan) hamda Gelmgoltsning o„zi tomonidan kashf
etilgan edi. Kashfiyotning mohiyati shunda ediki, ish bajaradigan va issiqlik hosil qila
oladigan turli energiya shakllari va mexanik ish o„rtasida miqdoriy tenglik-muvozanat
mavjud bo„lib, 1840-chi yillarda Britaniyalik Jeyms Joul, turli energiya shakllari
orasidagi ekvivalentlikni isbotlovchi amaliy tajribalar seriyasini o„tkazgan edi. Ushbu
tajribalardan eng soddasini tushuntirish ham oson, lekin uni qayta tiklash juda qiyin
masala: bu tajriba mohiyati shundaki, pastga tushyotgan yuk, suvga botirilgan
parraklarni aylanishga majbur qiladi. Quyidagi rasmda ko„rsatilganidek, blok, arqon
va o„q, yukning harakatini parraklarga uzatadi. Suvli idish termik izolyatsiyalangan
bo„lgan va Joul bunda yuk tushayotgan vaqtda suv ilib qolayotganini payqab qolgan.
Yukning potensial gravitatsiya energiyasi issiqlikka aylangandi. Joul quyidagicha
xulosaga keladi: bir funt suvni Farengeyt bo„yicha 50 darajadan 51 darajagacha isitish
uchun, vazni 817 funtga teng bo„lgan yukni bir fut pastga tushirish kerak ekan.
Dostları ilə paylaş: