24
Bunday ta‟rif nisbatan mavhumroq va jumboqli ko„rinadi. Shunga qaramay, u
nazariy fizika nuqtai nazaridan anchayin foydaliroqdir. Maks Plank o„zining qora
jism nurlanishiga oid ilmiy ishlarida aynan ushbu ta‟rifdan foydalangan bo„lib, shu
sababli biz ham u haqida mufassalroq to„xtalamiz.
Biz ushbu ta‟rifning Klauzius ta‟rifi bilan ekvivalent ekanini yaqqol ko„rish
uchun,
T
1
va
T
2
haroratli ikkita jismni, masalan, quyidagi rasmdagidek ikkita suvli
stakanni tasavvur qilamiz. Biz birinchi stakanda
Q
issiqlik miqdorini ajratib olib, uni
ikkinchi stakanga uzatamiz. Birinchi stakanning entropiyasi miqdorga kamayadi.
Ikkinchi stakanniki esa
ga ortadi.
....................................
Sistemaning umumiy entropiyasi esa quyidagicha o„zgaradi:
Entropiyaning ortishi uchun,
farq
musbat bo„lishi lozim. Buning uchun esa,
T
1
ning
qiymati
T
2
dan katta bo„lishi kerak. Ya'ni, issiqroq
jism o„z haroratining ma‟lum qismini uzatdi, sovuqroq
jism esa uni qabul qildi. Entropiya kamayishi kerak
bo„ladigan aks jarayon esa imkonsizdir.
Termodinamikaning
ikkinchi
qonunidan
ko„plab xulosalar kelib chiqadi va biz ularni kundalik
turmushda yaqqol kuzatishimiz mumkin. Shulardan
biri, energiyaning bir turdan boshqa turga o„tishidir.
Agar biz toshni yerga tashlasak nima yuz beradi? u bir yoki ikki marta sapchib
sakrab, oxiri baribir to„xtaydi. Toshga uzatilgan energiya yo„qotildimi? Yo„q, havo va
yer bilan ishqalanish uni issiqlikka aylantirdi. Tosh bilan bog„liq holatda ushbu
issiqlik uzatilishini sezish juda mushkul. Lekin keskin tormozlangan mototsiklning
tormoz diski borasida tekshirib ko„rsak, tormoz diski va uni o„rab turgan boshqa
jismlar o„rasidagi harorat farqini yaqqol ko„ramiz. Shuningdek biz, Yer sirtiga kelib
urilgan meteoritlarning zarbasidan qolgan kraterlarga nazar solish orqali ham,
energiyaning bir turdan boshqasiga aylanishini ko„rishimiz mumkin. 160 yaqin
kraterlar ma‟lum va ularning sirtidagi tuproq hamda toshlar erib, qayta qotgan va
endilikda ularning tashqi ko„rinishi oddiy jinsdoshlarinikidan tafovutlanadi. Bu
jarayonlar bizga shundan tilsiz guvohlik berib turibdiki, toshning, tormoz diskining
hamda meteoritning boshlang„ich mexanik energiyasi issiqlikka aylangandir.
Biz yerga kelib urilgan toshning sochilib ketgan energiyasini qayta yig„ib olib,
uni toshga yana avvalgidek boshlang„ich tezlik bilan teskari yo„nalishda qaytib uchib
keta oladigan qilib sarlasak bo„ladimi? Afsuski aynan o„sha energiya miqdori bilan
Dostları ilə paylaş: