Germaniyaning texnologik qudratidan darak beruvchi uch misol O„z ta‟sischisi Ernst Verner fon Simens (1816-1892) familiyasiga ko„ra nomlangan «Siemens»
firmasi, Germaniyani va umuman Yevropa qit‟asini elektrlashtirish borasida yetakchi ijrochi
kompaniya sanalgan. U tomondan tashkil qilinga telegraf-qurilish firmasi, elektr toki hosil qiladigan
dinamo-mashinalar va alternatorlarni va ulardan chiqqan tokni ste‟mol qiluvchi lampalar hamda
elektrodvigatellarni ishlab chiqarar edi. Korxona shuningdek elektropoyezdlar ishlab chiqarilishi
masalalari bilan ham shug„ullangan. Yuqorida qayd qilingan Imperial fizika va texnoligiya instituti
Simens tomonidan moliyalashtirilar va unga ko„ra institutda elektr bilan yoritish masalalari
bo„yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ikkita jahon urushlaridan keyin ham Simens qudratli
transmilliy koorporatsiya maqomini saqlab kelmoqda.
1846 yilda olmon optik ustasi Karl Seyss (1816-1888) tomonidan asos solingan «Zeiss»
kompaniyasi avvalboshdanoq, o„ta aniq optik asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi yetakchi
korxonaga aylangan. Aynan «Zeiss» ishlab chiqargan mikroskop orqali, Ramon-i-Kaxal neyron
sinapsini kashf qilgan va sut emizuvchilarning ko„z to„r pardasi strukturasini tadqiq qilgan edi. Bu
kompaniya bugungi kunda ham mazkur soha yetakchisi sanaladi.
Yuqorida yodag olingan kompaniyalar ichida uchinchisi va ehtimol eng mashhuri «Bayer»
bo„lib, unga 1863 yilda Frirdrix Bayer (1825-1880) tomonidan asos solingan. O„sha mashhur
aspirinning savdosini Bayer XIX asr oxirida yo„lga qo„ygan edi va bu hanuzgacha davom etmoqda.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Bayer nemislarning kimyo sanoati konglomerati bo„lmish Farben IG
tarkibiga kirgan. Bu konglomerat Osvensim konslageri yaqinida, konslagerdagi asirlarning qullik
mehnatidan foydalangan holda sun‟iy kauchuk ishlab chiqarish zavodi qurgan edi. Urushdan keyin
konglomerat uch qismga qayta bo„lingan: Beyer, Basf va Hoechst – ularning har uchalasi ham
hozirda transmilliy gigantlar sanalishadi.
Elberfeld. Germaniya. 1878 yil. Fridrix Bayer tomonidan asos solingan «Bayer AG»
laboratoriyasi ishchi-xodimlari